Get Mystery Box with random crypto!

100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish: Doim o'qishni xohlaga | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish:

Doim o'qishni xohlagan, lekin jazm qilolmagan biror bir qiyin kitobingizni tanlab, ipidan ignasigacha o'qib chiqing.

Har kuni yangi nimadir o'rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo'yi olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz, lug'at olib, yangi so'zlar yodlashingiz mumkin.

"Tonggi sahifalar" - tongda keladigan fikrlar oqimini maxsus daftarga yozib boring. Bu uyg'onganingizdan keyin qiladigan birinchi ishingiz bo'lsin.

Butun dunyo ruhshunoslari bir ovozdan tasdiqlaydigan tavsiyaga amal qiling - har kuni bir varoq qog'ozga hayotingizda sizni mamnun qiladigan 5-10 ta narsani qayd etib qo'ying - Shukronalik izhorlarini yozing.

Shikoyat qilishni bas qiling. Salbiy fikrlar salbiy natijalarga olib keladi.

Asosiysi, bu mashg'ulotlarni shunday ishtiyoq bilan bajaringki, 100 kun ichida ular odatga aylanib qolsin!

Dam olish kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!