Get Mystery Box with random crypto!

​​#Kitobxon_pedagog O'zingizga bo'lgan ishonch hissini tarb | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

​​#Kitobxon_pedagog

O'zingizga bo'lgan ishonch hissini tarbiyalashni o'rganing

Kitobxon pedagoglarimizga eng sara kitoblarni tavsiya etishda davom etar ekanmiz navbatdagi kitobimiz nafaqat o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishni istagan pedagoglar balki kasbiy yuksaklikka erishmoqchi bo'lgan har bir shaxs uchun foydalidir.

Shuhrat Sattorov " Biz g'alaba qozonamiz"

Ushbu kitobda jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan bo'lib barcha soha vakillari uchun shaxsiy rivojlanish yo'lida eng yaxshi hamroh bo'lib xizmat qiladi.

Kitobni o'qish orqali nimalarni o'rganishingiz mumkin?

Muvaffaqiyat psixologiyasini o'zlashtirish;
O'z - o'ziga ishonch hissini tarbiyalash;
Munosib va baxtiyor umr kechirish;
Kasbiy yuksaklikka erishish va liderlik;
Vaqtni to'g'ri taqsimlash;
Jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash bo'yicha qimmatli tavsiyalar.

Har bir kunini muvaffaqiyatlar bilan boyitib borishni istagan barcha kuzatuvchilarimizga yoqimli mutolaa

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali