Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.45K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-12-23 07:22:40


Bugun 23-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).
Sudan – Bolalar kuni.
Meksika – Rediska kuni.
Hindiston – Fermerlar kuni.

#muhim_voqealar
1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
1876 – Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
1888 – Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
1947 – Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
1993 – Xalqaro Bobur jamg'armasi tashkil etildi.
1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
2007 – Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

#tavalludlar
1790 – Jan-Fransua Shampolyon (1832) – fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
1881 – Xuan Ramon Ximenes – Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
1908 – Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1982) – muftiy, din va jamoat arbobi.
1920 – Asqad Muxtor (1997) – Atoqli shoir va yozuvchi.
1943 – Najimatdin Ansatboyev – qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
1976 – Sevarа  Nazarxonova – xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
1978 – Samandar Hamroqulov – oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
1989 – Yulduz Rajabova – oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.9K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-12-22 07:18:40


Bugun 22-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
O‘zbekiston – Energetiklar kuni.
Indoneziya – Onalar kuni.
Hindiston – Milliy Matematika kuni.
Kuba – O‘qituvchilar kuni.
Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina – Energetika sanoati kuni.

#muhim_voqealar
1857 – Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi.
1989 – Germaniya birlashuvi sifatida 28 yildan so‘ng Berlindagi Bradenburg darvozasi yana ochildi.
2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.

#tavalludlar
1890 – Ahmad Zaki Validiy (1970) – boshqird milliy-ozodlik harakatining rahbari, turkshunos, falsafa doktori.
1908 – Rustam Abdushukurov (1981) – faylasuf olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi
1963 – Mirza Azizov (2021) – sovet va oʻzbek aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.7K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2023-12-21 14:42:06 Kanalimiz rivoji uchun foydali kontentlarni ulashing!

Yon atrofingizda, ko‘cha-kuyda ko‘pchilikka ibrat bo‘ladigan, insonlarni kitob o‘qishga undaydigan voqealarga duch kelsangiz yoki kitobxonlikka taalluqli bo‘lgan qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz ushbu postlarni @mrkitobadmin profiliga yuborishingiz mumkin. Ularni sizning nomingizdan kanalimizda ulashamiz. Eng faol post yuboradigan obunachilarimizni rag‘batlantirib boramiz!

Bu orqali siz ham, boshqa kanalimizdagi kuzatuvchilar ham ma’naviy manfaat olishadi deb ishonamiz.

KitobxonYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.2K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-12-21 07:06:58


Bugun 21-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Qishki quyosh turishi kuni (Winter Solstice).
Butunjahon basketbol kuni.
AQSH – Milliy uysizlarni xotirlash kuni.

#muhim_voqealar
1891 – AQSHdagi Springfild kolleji talabalari tarixda birinchi basketbol o‘yinini o‘tkazishdi.
1913 – «New York World» gazetasida tarixda birinchi marta krossvord chop etildi.
1937 – Uolt Disneyning birinchi to‘liq metrajli «Oppog‘oy va yetti gnom» multfilmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
1945 – Amir Temur qabrini ochgan ekspeditsiya o‘z ishini nihoyasiga yetkazdi.
1991 – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991-yil 8-dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
2012 – Tarixda ilk bor “YouTube” va internetda bitta videoklip (PSYning "Gangnam Style" qo'shig'i) bir milliard marta ko‘rildi.

#tavalludlar

1773 – Robert Broun (1858) – britaniyalik botanik, Broun harakatini kashf qilgan.
1913 – Mansurov Rustam (1996) – aktyor, O'zbekiston xalq artisti.
1917 – Genrix Byol (1985) – nemis yozuvchisi, tarjimon, ssenariynavis, Nobel mukofoti sohibi (1972).
1977 – Emmanuel Makron – fransuz siyosatchisi, Fransiyaning 25-prezidenti (2017-yildan).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.3K viewsedited  04:06
Ochish/sharhlash
2023-12-20 16:36:18
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimi videolavhasini tomosha qilib, ajoyib atmosferani o‘zingiz his qilib ko‘ring!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
14.8K views13:36
Ochish/sharhlash
2023-12-20 14:57:45
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi vakili Laziz Mingishov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 215 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashkiliy ishlarida faol bo‘lgan tashkilotchilarga vazirlik tashakkurnomalari hamda tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

Kitobxonlik tanlovi davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini “Kitobxon yoshlar ligasi” loyihasi muallifi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
16.3K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-12-20 10:39:24
“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

Videoni sifatli formatda ko‘rish

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.8K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-12-20 06:31:00


Bugun 20-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro inson birdamligi kuni.
Qozogʻiston – Davlat kuryerlik xizmati kuni.
Rossiya, Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1398 – Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
1699 – Pyotr I o'zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1-sentabrdan 1-yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
1938 – SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.

#tavalludlar
1841 – Ferdinand Byuisson (1932) – fransuz tinchlikparvari, Inson huquqlari Ligasi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
1873 – Mehmet Akif Ersoy (1936) – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
1891 – Mariya Skobsova (1945) – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
1896 – Rahim Pirmuhamedov 1972) – aktyor, O‘zbekiston va SSSR xalq artisti.
1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.3K views03:31
Ochish/sharhlash
2023-12-19 18:36:38 Ertaga soat 10:00 da “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi, barchangizni taklif qilamiz!

P.S.: G‘olib bo‘lmaganlar ham yuqsin-yuqsin qilishga kelsa bo‘ladi.
14.1K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2023-12-19 16:40:48
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
17.7K views13:40
Ochish/sharhlash