Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.45K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-12-19 16:10:15
Yangilik – qahraton qishning zahrini kesadigan qaynoq loyiha.

Siz bilan kitoblar olamini qanday zabt etishni, aslida kitoblarning ichi nomidan koʻra qiziqroq boʻlishini oʻrganamiz!

8 kunlik “Oʻqish sanʼati” nomli kitobxonlik saviyasi va samaradorligini oshirishga koʻmaklashadigan malaka darslari.

Speaker: Salohiddin Qurbonov

Manzil:
https://t.me/+5M7o_EDVuLpkYzM6
14.8K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-12-19 05:55:47


Bugun 19-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#muhim_voqealar
1884 – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida savdogar Saidazimning o‘g‘li Said G‘ani Azimboyev hovlisida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi.
1983 – Rio-de-Janeyroda sport olamida "asr o'g'irligi" deb nomlangan jinoyat sodir etildi.
1991 – Eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi.
1994 – Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a'zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.  
1997 – XX asrning eng daromadli filmi - "Titanik" katta ekranga chiqdi.
2001 – Butun dunyo bo‘ylab "Uzuklar hukmdori" filmining premyerasi boshlandi.

#tavalludlar
1906 – Leonid Brejnev (1982) – sovet davlat arbobi va siyosatchisi, SSSR rahbari (1964-1982).
1933 – Farhod Musajon – bolalar yozuvchisi.
1942 – Begali Qosimov (2004) – adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.
1987 – Karim Benzema – Al-Ittihod futbolchisi, Fransiya MTJ a’zosi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
19.1K views02:55
Ochish/sharhlash
2023-12-18 18:44:36
Ona yerimizni qanday ahvolga keltirib qo‘ydik?

Ushbu videoni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi yoshlar tayyorlashgan. Ingliz tilida global muammolar haqida juda chiroyli gapirishibdi. Qoyil

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.7K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-12-18 18:28:01
Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!

Yapon Xalqaro Universiteti - bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun Yaponiyaning CAL va SSI tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

Universitet yoshlar uchun grantlar ajratmoqda. Agarda siz kuchli bilim va iqtidor sohibi bo‘lsangiz JIU sizni qidirmoqda.

JIUʼda quyidagi:
— Biznes Boshqaruv
— Moliya
— IT
— Pedagogika
— Turizm  yo‘nalishlardan birida sifatli taʼlim olishingiz va Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlashingiz mumkin.

Grant asosida talaba bo‘lish va qo‘shimcha maʼlumot uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Shoshiling, joylar soni cheklangan!

P.S.: Bu postni 2024-yil universitetga topshirmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ulashing. Ehtimol imtihonda qatnashib grantni qo‘lga kiritar.

https://bit.ly/tybl
16.2K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2023-12-16 19:09:23


Bugun 16-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Choʻqqilarni zabt etish kuni.
Qozog'iston – Mustaqillik kuni.
Tailand – Sport kuni.
Eron – Tadqiqotlar kuni.

#muhim_voqealar
1899 – "Milan" futbol klubi tashkil etildi.
1946 – Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
1991 – Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
1991 – Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
1992 – O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a'zo bo'ldi.

#tavalludlar
1770 – Lyudvig Van Betxoven (1827) – nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
1775 – Jeyn Osten (1817) – ingliz yozuvchisi.
1882 – Koday Zoltan (1967) – Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
1956 – Abdujabbor Abduvohidov – oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.

Shuningdek bugun, sizlar uchun tanlovlar tashkil qilib charchamaydigan Izzatxo'ja, ya'ni kaminaning volidayi muhtaramalari, onajonim tavallud topgan kun. Umrlari uzoq bo'lsin!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.7K views16:09
Ochish/sharhlash
2023-12-16 17:02:03
Kitobxo'rlar qanisiz?

100 ta filtrdan o‘tgan kitoblar sovg‘a qilinadigan marafon — "O‘zgaramiz" marafoniga 11-bor start berildi!

Tekinga kitob olish zavqini bilasiz-a? Lekin biz kitoblarni tekinga emas, siz o'zlashtirgan bilimlar evaziga beramiz!

Avvalo, marafonga qo'shilib olasiz, keyin esa
darslarda faol ishtirok etib, testda bilimingizni sinaysiz;
tayyor qo'llanma bilan time menejment'ni shakllantirasiz;
guruh bilan birgalikda 3 ta kitobni o'qiysiz va tahlil suhbatida faol boʻlasiz.

Mana shu foydalar evaziga yana 100 kitobdan biriga ham ega bo'lasiz!

Yoqdimi? Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
Qizlar:
@Qizlar_Qabul
Yigitlar:
@Qabul_Profil

Batafsil maʼlumot uchun:
@nega_ozgardim
16.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-12-15 14:31:46
Diqqat yangilik, “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2-mavsumida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Sertifikatni olish uchun @kitobtanlovbot manziliga kirasiz;
Botga /start buyrug‘ini berasiz (rasmga ko'rsatilgan);
“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz;

Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi;
Kamida 5 referal ballga ega ishtirokchilarning barchasi sertifikat olishi mumkin.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
19.3K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-12-15 07:51:11


Bugun 15-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro choy kuni.
Ukraina – Sud xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1875 – Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
1923 – "Skoda" avtomobil kompaniyasining emblemasi ro'yxatga olindi.
1939 – "Shamollarda qolgan hislarim" filmi premyerasi.
1972 – BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.

#tavalludlar
1832 – Gyustav Eyfel (1932) – Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
1852 – Antuan Anri Bekkerel (1908) – radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
1859 – Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) - polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
1921 – Nizomxo’jayev Jamol (1992) – opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti.
1925 – Saodat Qobulova (2007) – opera xonandasi, ashulachi, O'zbekiston va SSSR xalq artisti.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
17.8K viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2023-12-14 09:42:51
#kitob_tavsiya

Alisher Saʼdullayev yoshlarga qaysi asarlarni oʻqishni tavsiya qiladi?

Ushbu tavsiya qilayotganlarimiz qatʼiy roʻyxat emas, keling, bu ketma-ketlikni nisbiy tushunamiz. Demak, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev yoshlar oʻqishi uchun 10ta kitob tavsiya qiladi.

“Boburnoma”, Zahiriddin Muhammad Bobur
“Asrga tatigulik kun”, Chingiz Aytmatov
“Kecha va Kunduz”, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
“Otamdan qolgan dalalar”, Togʻay Murod
“Martin Iden”, Jek London
“Urush va Tinchlik”, Lev Tolstoy
“Usta va Margarita”, Mixail Bulgakov
“Puankare”, Abduqayum Yoʻldoshev
“Baxt yetkazish” (Milliard dollarlik internet doʻkon tarixi), Toni Shey
“Kichkina shahzoda”, Antuan de Sent Ekzyuperi

Batafsil maqolani o'qish

Hayotni anglash, tafakkur qila olish uchun oʻnta kitob kifoya. Biroq oʻsha oʻntani topish uchun esa yuzlab, minglab kitoblarni oʻqib chiqishga toʻgʻri keladi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
12.9K views06:42
Ochish/sharhlash
2023-12-14 07:08:37


Bugun 14-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro maymunlar kuni.
Ukraina – Chernobil halokatchilari kuni.
Hindiston – Milliy energiya tejash kuni.
Turkmaniston – Neft sanoati va geologiya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1799 – AQShning birinchi yetakchisi Jorj Vashington hayotdan ko’z yumdi.
1900 – Kvant mexanikasi ta’limoti nashrdan chiqdi..
1955 – Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Seylon, Vengriya BMTga qabul qilindi.
1990 – 1936-yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.
1992 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 
2004 – Dunyodagi eng baland transport ko‘prigi - Miyo Viadugi ochildi.

#tavalludlar
1789 – Zinaida Volkonskaya – rus yozuvchi, shoira, adabiy salon bekasi.
1895 – Ejen Emil Pol Grendel (1952) – fransuz shoiri. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
1914 – Zoxidov Voxid (1983) – Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist, O’zbekiston FA akademigi.
1924 – Radj Kapur (1988) – mashhur hind aktyori, kinorejissyor.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.0K views04:08
Ochish/sharhlash