Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 20-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y be | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 20-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro inson birdamligi kuni.
Qozogʻiston – Davlat kuryerlik xizmati kuni.
Rossiya, Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1398 – Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
1699 – Pyotr I o'zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1-sentabrdan 1-yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
1938 – SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.

#tavalludlar
1841 – Ferdinand Byuisson (1932) – fransuz tinchlikparvari, Inson huquqlari Ligasi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
1873 – Mehmet Akif Ersoy (1936) – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
1891 – Mariya Skobsova (1945) – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
1896 – Rahim Pirmuhamedov 1972) – aktyor, O‘zbekiston va SSSR xalq artisti.
1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling