Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 17-aprel chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bi | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 17-aprel chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro hayku sheʼriyati kuni.
Xalqaro ko'rshapalaklarni qadrlash kuni.
Qozog‘iston – Yong‘in xavfsizligi xizmati kuni.
Turkmaniston – Migratsiya xizmati xodimlari kuni.
Rossiya – Ichki ishlar organlari va ichki qo'shinlar faxriylari kuni.
Iroq – Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti kuni.

#muhim_voqealar
1492 – Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
1790 – Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o'tdi.
1824 – Shimoliy Amerikada Rossiya Imperiyasi hududlari chegaralari aniqlab olindi.
1992 – Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

#tavalludlar
1403 – Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1474) – XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi.
1820 – Aleksandr Kartrayt (1892) – amerikalik sportchi, beysbol qoidalarini ishlab chiqqan.
1855 – Semyon Vengerov (1920) – rus adabiyotshunosi, tanqidchi, muharrir, bibliograf.
1946 – Georg Koxler (1995) – nemis biologi va immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling