Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 21-mart payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bila | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 21-mart payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro Navro‘z bayrami.
Butunjahon she'riyat kuni.
Butunjahon qo'g'irchoq teatri kuni.
Arab dunyosi – Onalar kuni.
AQSh – Milliy qayta tiklanadigan energiya kuni.
Belgiya, Lesoto, Portugaliya – Daraxt ekish kuni.
Suriya – Oʻqituvchilar kuni.

#muhim_voqealar
1846 – Belgiyalik Adolf Saks saksofonni patentladi.
1871 – Otto fon Bismark Germaniya Kansleri etib tayinlandi.
2006 – Jek Dorsi o‘zi yaratgan “Tvitter” ijtimoiy tarmog‘idan ilk xabarni jo‘natdi.

#tavalludlar
1685 – Iogann Sebastyan Bax (1750) – buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi.
1851 – Ismoilbek Gasprinskiy (1914) – Jadidchilik harakatining asoschisi.
1922 – Nazokat Neʼmatova (2002) – Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
1941 – Abdulla Oripov (2016) – atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni.
1980 – Ronaldinyo – braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
1991 – Antuan Grizmann – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018 yil).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling