Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.37K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 79

2022-10-05 21:29:26
Biz tayyormiz!!! Sizchi?

Обуна бўлинг
Telegram
5.7K views18:29
Ochish/sharhlash
2022-10-05 15:53:09
Azizjon Kamilov medallar hal bo‘ladigan tatamida dzyudochilarimiz bilan suhbatlashdi

Обуна бўлинг
Telegram
4.7K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-10-05 15:52:31
Azizjon Kamilov medallar hal bo‘ladigan tatamida dzyudochilarimiz bilan suhbatlashdi

Ertaga poytaxtimizdagi "Humo Arena" saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 35-jahon chempionati boshlanadi.

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov "Humo Arena"da yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ushbu suhbatning aynan bellashuvlar o‘tadigan tatamida o‘tkazilgani ahamiyatga molik holat.

Azizjon Yakubjanovich musobaqaning ahamiyati, yangi O‘zbekistonning tarixiy g‘alabalarini qo‘lga kiritish va shu orqali yurtdoshlarimizni xushnud etish asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerakligi urg‘uladi. Buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgani, bundan esa maksimal darajada foydalanishimiz lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.5K views12:52
Ochish/sharhlash
2022-10-05 15:19:37
Ertaga Toshkentda start oladigan 35-jahon chempionatining O`zbekiston ayollar terma jamoasi uchun ga qur`a natijalari...


-48 kg: Xalima Qurbonova - Merve Azak (Turkiya)

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sumiya Iraoui (Marokash)

-52 kg: Sita Kadambayeva - Yoana Diogo (Portugaliya)

-57 kg: Nilufar Yermaganbetova - Rafaela Silva (Braziliya)

-57 kg: Shukurjon Aminova - Adina Kochkonbayeva (Qirg`iziston)/Mimi Huh (Janubiya Korea)

-63 kg: Sevinch Isoqova - Azhar Isayeva (Qirg`iziston)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Chantal Rayt (AQSH)

-70 kg: Shohista Nazarova - Yu-Jung Liao (Xitoy Taypeyi)

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Bita Pasut-Klojko (Polsha)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.7K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2022-10-05 15:18:44
Ertaga Toshkentda start oladigan 35-jahon chempionatining O`zbekiston erkaklar terma jamoasi uchun ga qur`a natijalari...


-60 kg: Dilshodbek Baratov - Muhammad Akkash (IJF Refugee team)

-66 kg: Sardor Nurillayev - Bogdan Yadov (Ukraina)

-73 kg: Shahram Ahadov - Dominik Rodriges (AQSH)

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Faye Njie (Gambiya)

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev - Fransua Gautier (Kanada)/Somon Mahbadbekov (Tojikiston)

-90 kg: Davlat Bobonov - Peter Jilka (Slovakiya)/Robert Florentino (Dominikan)

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev - L.A. Smit (AQSH)

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov - Yakiv Hammo (Ukraina)

+100 kg: Alisher Yusupov - Yerassil Kajbayev (Qozog`iston)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.0K viewsedited  12:18
Ochish/sharhlash
2022-10-05 14:43:59
35-jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimidan fotorepotaj

Обуна бўлинг
Telegram
4.6K views11:43
Ochish/sharhlash
2022-10-05 08:31:58
Ayni daqiqalarda Hilton mehmonxonasida dzyudo bo'yicha jahon chempionatiga bag'ishlangan Xalqaro iqtisodiy forum bo'lib o'tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjayev, Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, shuningdek, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

——
В эти минуты в гостинице Hilton проходит Международный экономический форум, посвященный Чемпионату мира по дзюдо.

В нем принимают участие заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан, министр инвестиций и внешней торговли Ж.Ходжаев, министр развития спорта А.Икрамов, Президент Международной федерации дзюдо Мариус Визер, а также представители ответственных министерств и ведомств.
2.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:00:19
Bugun akreditatsiya jarayoni yakuniga yetadi

Ertaga poytaxtimizdagi "Humo" ko‘ptarmoqli arenasida dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionati boshlanadi.

Ayni paytda rasmiy akreditatsiyadan o‘tgan va jahon chempionatida turli sohalarda faoliyat yuritadigan mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlariga beyjiklarni tarqatish jarayoni davom etmoqda.

Hurmatli hamkasblar, bugun soat 10:30dan 13:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasi (sobiq "Dedeman")dan jahon chempionati bellashuvlarini yoritish huquqini taqdim etuvchi beyjiklaringizni olib ketishingiz mumkin.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
3.4K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-10-05 06:59:33 Dzyudo. Toshkent 35-jahon chempionatiga shay!!!

Rishod Sobirov yaponiyaliklarni qanday mag’lub etish haqida tavsiya berdi


"Humo Arena"dan reportaj



2.8K views03:59
Ochish/sharhlash
2022-10-05 05:40:47
Sportni rivojlantirish vaziri tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi bilan tanishdi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi muhtasham “Humo arena” kompleksi mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiladi. Ayni paytda arenada katta hajmdagi tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov u yerda olib borilayotgan jarayonni ko‘zdan kechirdi. Unga Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi rahbari Azizjon Kamilov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, O‘zbekiston karate WKF federasiyasi raisi Rashid Talipov hamrohlik qilishdi.

Обуна бўлинг Telegram
4.0K views02:40
Ochish/sharhlash