Get Mystery Box with random crypto!

Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi Xaba | Judo Uz

Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Bosniya va Gertsegoviniyaning Sarayevo shahri mezbonligida o‘tgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgandi.

Tohir Fayziev murabbiyligidagi o`smirlarimiz dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-o‘rinni egallagandi. Jamaoviy mikst bahslarida esa ilk bor bronza medali qo`lga kiritilgan edi.

Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari:

Oltin medal

-70 kg: Barchinoy Qodirova

Kumush medallari

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-66 kg: Shohjahon Otaboyev
-81 kg: Alisher Samanov
-90 kg: Abbos Shermahmatov

Bronza medallari

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova
-63 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-73 kg: Samariddin Muhibiddinov

Biroz avval terma jamoamiz delegatsiyasi Saraevodan yurtimizga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati qahramonlarini Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, dzyudochilarning oila a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qarshi olishdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram