Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Jahon chempionatining bronza medali sovrindori! | Judo Uz

O‘zbekiston Jahon chempionatining bronza medali sovrindori!

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kunidan o‘rin olgan jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan bellashuvda tunislik dzyudochilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlabki ikki juftlik bellashuvida tunislik dzyudochilar tatamiga chiqmagani bois, g‘alaba avtomatik tarzda terma jamoamizga taqdim etildi. Qolgan ikki uchrashuvda esa Elnur Xolmo‘minov (+81 kg) Karim Garbidan, Sardor Himmatov (-60 kg) Hilalidan ustun keldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu ushbu jahon chempionatidagi 9-medalimiz bo‘ldi.

Jahon birinchiligining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagandik.

Обуна бўлинг Telegram