Get Mystery Box with random crypto!

European Open musobaqasini ikkita bronza medali bilan yakunlad | Judo Uz

European Open musobaqasini ikkita bronza medali bilan yakunladik

Avstriyaning Obervart shahri mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati hamyurtlarimiz uchun yakunlandi.

Biroz avval European Open 2022 musobaqasi medali uchun kurashgan so‘nggi vakilamiz ishtirokidagi bahs ham yakuniga yetdi. -78 kg vazndagi terma jamoamiz a’zosi Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkiyalik Nurxan Yilmazga imkoniyatni boy berib, 5-o‘rin bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kuni Sita Kadambayeva (-52 kg) va Nilufar Yermaganbetova (-57 kg) tomonidan qo‘lga kiritilgan ikkita bronza medali bilan Yevropa Ochiq chempionatidagi ishtirokini nihoyaladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram