Get Mystery Box with random crypto!

Ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga! Toshkent sh | Judo Uz

Ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati startiga ham roppa-rosa bir oy vaqt qoldi.

Xabaringiz bor, 6-13 oktabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzyudosi tarixida ilk bor bunday nufuzdagi musobaqaga mezbonlik qilamiz.

Sir emas, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning talablari anchayin jiddiy hisoblanadi. Toshkentga dunyoning 140 ga yaqin davlatidan dzyudochilarning kelishi kutilmoqda. Tabiiyki, yilning eng nufuzli musobaqasini yoritish uchun ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari ham yurtimizga keladi.

Shundan kelib chiqib ma’lum qilamizki, ayni paytda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan akreditatsiya jarayoni davom etmoqda. Jahon chempionatini yoritish istagida bo‘lgan har bir xodim quyidagi havola orqali kirib, onlayn tarzda akreditatsiyadan o‘tishi mumkin.

http://ijfmedia.datastat.si/?p=register&id=242

Ma’lumot uchun, akreditatsiya jarayoni jahon chempionati startiga bir hafta qolganida yopiladi.

Обуна бўлинг Telegram