Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 62

2021-12-13 16:16:56
“Koinot go‘zali – 2021” go‘zallik tanlovi g‘olibi aniqlandi

Kecha, 12 dekabr kuni “Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovining g‘olibi aniqlandi. U hindistonlik 21 yoshli Harnaaz Sandxu bo‘ldi. Bu haqda “TV line” xabar bermoqda.

Bu yil mazkur go‘zallik tanlovi ilk bor Isroilda bo‘lib o‘tdi. Unda 80 mamlakatdan 80 nafar qiz ishtirok etdi. Final jahonning 170 dan ortiq davlatida jonli efirda namoyish etildi.

Qayd etilishicha, pandemiya munosabati bilan tanlov ishtirokchilari niqob kiyishga va dezinfeksiya vositalaridan foydalanishga majbur qilingan.

Bulardan kanalimizdagi qiz bola obunachilarim chiroyli

@jalolmurad • Manba
1.7K views13:16
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:12:01
Qoraqalpog‘istonda xotinini 7 marotaba pichoq urib o‘ldirgan erkak sud qilindi

Joriy yilning 23 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda ayoli bilan ajrashgan erkak qizlarini ko‘rish uchun ularning oldiga borgan.

Erkak ayoli bilan ajrashganidan so‘ng unga aliment pullarini to‘lamagan. Bu esa ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtada janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ayol sobiq erining yuziga tarsaki tushirgan. Shundan so‘ng, erkak jahl ustida ayolni 7 marotaba pichoqlagan. Natijada ayol vafot etgan.

Sobiq ayolini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan JKning 97-moddasi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

@jalolmurad • Manba
1.7K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 14:12:01
Moskvadagi turnirda Oʻzbekistonlik va Qirg‘izistonlik MMA jangchilari ommaviy janjal chiqardi

Moskvadagi WEF turnirda o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik MMA jangchilari ommaviy janjal chiqardi. Bu haqda “Eurosport” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bir g‘alabadan so‘ng o‘zbekistonlik jangchi Namoz Samiev har kim bilan jang qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Tashkilotchilar zudlik bilan sportchiga raqib topib, sterdaun uyushtirdi, bu vaqtda Samiev kutilmaganda potentsial raqibining tizzasi va boshiga zarba berdi.

Qayd etilishicha, Samievning xatti-harakatidan yig‘ilganlar qattiq g‘azablangan. 50 ga yaqin odam qafasga bostirib kirib, katta janjal boshlangan.

Jurnalist Aleksandr Lyutikovning so‘zlariga ko‘ra, hammasi tomoshabinlardan birining mushtlashuvni yarashtirishi bilan yakunlangan. “O‘zbeklar! Qirg‘izlar! Biz birodarlarmiz! Nega bunday qilyapsiz? Bu sport, shunday bo‘lib turadi!” — degan erkak.

@jalolmurad • Manba
2.1K views11:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 12:44:01
O‘zbekistonda ilk bor murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi

Kuni kecha akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga chalingan bemorda murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi.

Sog'liqni saqlash vazirligining xabariga ko'ra, ushbu jarrohlik amaliyoti xirurg, professor Mirshavkat Akbarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan mustaqil amalga oshirildi.

Ta'kidlanishicha, 12 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyotida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Rabot mahallasida yashovchi 18 yoshli bemor — Feruzbek Shamsiddinovga 44 yoshli onasi Gulchehra Yuldashevaning jigaridan bir bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi.

@jalolmurad • Manba
2.1K views09:44
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:44:01
"Real Madrid" ketma-ket to'rtta o'yindan beri gol o'tkazmayapti

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida “Atletiko”ni mag‘lub etdi (2:0).

Karlo Anchelotti jamoasi barcha turnirlarda g‘alabali seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazdi. Oxirgi to'rtta o'yinda klub birorta ham gol o'tkazib yubormadi.

Oktyabr boshida "Espanyol"dan 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan beri Madrid klubi hech qachon bir uchrashuvda bittadan ortiq gol o'tkazib yubormagan.

Shu bilan birga, "Real" o'zining asosiy raqiblari "Barselona" (2:1) va "Atletiko" (2:0) bilan o'yinlarda faqat bitta gol o'tkazib yubordi.

@jalolmurad • Manba
2.1K views08:44
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:14:02
Telefoningiz zaryadi tez tugab qolyaptimi?

Mi Powerbank


Akkumulyator sig’imi 10 000

Bu har qanday zamonaviy smartfonni 3 marta quvatlantirish uchun yetarli

Batareyani to’liq zaryad qilish 4 soat



Tezkor zaryadlaydi

O'zbekiston bo'ylab qo'lingizgacha yetkazib berish mutlaqo bepul!

Mahsulot narxi: 269 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
2.0K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:24:27
Toshkentda 8 ta transport to‘qnashdi

Kecha, 12 dekabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 15:00 da Chilonzor tumani Do‘mbirobod chorrahasida yuz bergan. 70-son yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, Nexia-3, ikkita Matiz, Lacetti va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida avtobus yo‘lovchisi va Labo haydovchisiga tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.2K views06:24
Ochish/sharhlash
2021-12-13 07:12:01
1-yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshishi kutilyapti

Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Hujjat bilan Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkirani naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshirishda 1 700 so‘m miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda “Toshkent metropoliteni” UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy budjetida 128-130 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar tejalishi kutilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.5K views04:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 20:12:01
Kanadada yomon ob-havo tufayli 200 mingdan oshiq odam elektr quvvatisiz qolgan

Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan kuchli shamol 200 mingdan oshiq fuqaro uyida chiroq o‘chishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda provinsiyada elektr energiyasini yetkazib berish vazifasini bajaruvchi Hydro One kompaniyasi ma’lum qildi.

"200 mingdan oshiq iste’molchi davom etayotgan shtorm tufayli elektr energiyasisiz qoldi. Provinsiyaning po‘rtanadan ko‘proq zarar ko‘rgan janubiy, markaziy va sharqiy tumanlari ham tunda elektrsiz qolishi kutilmoqda" – deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida.

Tezligi 100 km/s bo‘lgan kuchli shamol shanba kuni, g‘ayritabiiy issiqlikdan so‘ng boshlangandi. Kanada milliy meteobyurosining aytishiga qaraganda, hali ham davom etayotgan shamol bino derazalari oynalarini sindirmoqda, daraxtlarning qulashiga sabab bo‘lmoqda.

@jalolmurad • Manba
3.1K views17:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:44:01
Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 8 ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 12-dekabr kuni 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 15:00 da tumanning Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu avtobusi haydovchisi harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, 2 ta Nexia-3, 2 ta Matiz va Lacetti avtomobillari to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida avtobus va Labo haydovchisiga badan shikastlari yetgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

@jalolmurad • Manba
2.5K views16:44
Ochish/sharhlash