Get Mystery Box with random crypto!

Angrenda ikki yuk poyezdi toʻqnashdi 19-dekabr kuni soat 05:0 | Jalol Murad

Angrenda ikki yuk poyezdi toʻqnashdi

19-dekabr kuni soat 05:03 da Toshkent viloyatidagi «Oʻzbekkoʻmir» kompaniyasiga qarashli Angren koʻmir razrezi hududida ikkita elektrovoz toʻqnashib ketdi. Buni FVV tasdiqladi.

Taʼkidlanishicha, tormoz tizimidan siqilgan havo sizib chiqishi sababli 010-raqamli elektrovoz yurib ketgan va harakatlanayotgan 017-poyezd bilan toʻqnashgan. Oqibatda 20 ta vagon — birinchi poyezdning koʻmir ortilgan 14 ta va ikkinchi poyezdning 6 ta boʻsh vagonlari relsdan chiqib, agʻdarilib ketgan. Ikki poyezdda jami 33 ta vagon boʻlgan.

Hodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

@jalolmurad • Manba