Get Mystery Box with random crypto!

Endi Fargʻonada: Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m | Jalol Murad

Endi Fargʻonada: Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beriladi

Bugun Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov xalqqa murojaat bilan chiqdi va Farg‘onada amalga oshirilgan ishlar va qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida vazn tashlagan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tegishli poliklinikaga borib, joriy vaznini belgilatib qo‘yadi. 6 oydan keyin vazni yana qayta o‘lchanadi. Yo‘qotilgan har bir kilo uchun 500 ming so‘m beriladi.

«5 kilo vazn tashlasa 2,5 million, 10 kilo vazn tashlasa, 5 million pul oladi. Keyin unga pul berishning hojati qolmaydi. 10 kilo vazn tashlasa, o‘zi ham yengil bo‘lib qoladi. Ko‘zlari ochiladi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydi», — dedi Xayrulla Bozorov.

@jalolmurad • Manba