Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.36K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 50

2021-12-22 18:12:01
Qamashida 4 nafar bola o‘qiydigan maktab filiali aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qishloqda 37 ta xonadon mavjud. Qishloqda 41 nafar bolalar maktab yoshida. Ularning aksariyati 15 maktabning asosiy qismida tahsil olishadi. Faqatgina 4 nafar bolajonlar maktab filialida ta’lim olib kelmoqda. Tarqalgan videoda bolalar soni 11 nafarni tashkil qilgan.

Tuman hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati va tuman XTB hamda hokimlik mas’ullari ishtirokida joyida o‘rganish olib borilgan.

Mas’ullarni axborotiga ko‘ra, filial maktabda jami 4 nafar (2-sinfda 1 nafar, 3- sinfda 1 nafar, 4-sinfda 2 nafar) o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Ushbu qishloqdagi filial maktab komplekt-sinf ko‘rinishida shakllantirilgan.

Mutasaddilar tomonidan holat o‘rganildi va maktab filiali binosi foydalanishga yaroqsiz deb topilib, yopildi. 4 nafar bolalarning asosiy maktabda o‘qishi uchun esa tuman hokimligi hisobidan avtotransport vositasi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

@jalolmurad • Manba
1.6K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:12:01
AQSH Rossiyani telefon yetkazib bermaslik bilan “qo‘rqitmoqchi”

AQSH rasmiylari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qo‘shimcha cheklov choralarini, jumladan, Rossiyaga eksportni cheklash bo‘yicha “favqulodda” choralarni qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ismini oshkor etmagan rasmiysiga tayanib xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, bunday chora-tadbirlar sifatida ular telefonlar, asosiy aviatsiya va avtomobil komponentlari hamda “ko‘plab boshqa sohalardan” materiallar yetkazib berishni taqiqlashni muhokama qilmoqda. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar avval muhokama qilinganlardan tashqari taklif qilingan.

@jalolmurad • Manba
1.7K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-22 16:12:01
2025-yilgacha Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi 600dan ortiq elektrobuslar xarid qilinadi

Hukumat “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgacha Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi 1000dan ortiq avtobuslar xarid qilinadi. Shuningdek, 190 dona 12 metrlik va 200 dona 9 metrlik avtobuslar sotib olinishi ham nazarda tutilmoqda.

@jalolmurad • Manba
1.9K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:08:01
Minskdan Toshkentga uchgan samolyot texnik nosozlik sabab ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Belarusning “Belavia” reysi texnik nosozlik tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘lganidan so‘ng yana Minskdan Toshkentga uchdi. Bu haqda Minsk aeroportiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 22 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Minsk aeroportidan Toshkentga uchgan Belarus aviakompaniyasining “Boeing 737-800” samolyoti respublika chegarasiga etib bormay, ortiga burilib, poytaxt aeroportidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda aylana boshlagan.

Minsk aeroportining xabar berishicha, ekipaj texnik sabablarga ko‘ra qaytishga qaror qilgan. Toshkent vaqti bilan 01:30 da “Boeing-737 Belavia” Minsk milliy aeroportiga eson-omon qo‘ngan. Qo‘nish odatdagidek amalga oshirilgan. Aviakompaniya hozircha vaziyatga izoh bermagan, biroq uning rasmiy saytida Toshkentga parvoz 02:30 ga ko‘chirilgani haqida xabar paydo bo‘lgan.

@jalolmurad • Manba
2.2K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:08:01
Andijonlik talaba quyosh energiyasida yuradigan avtomobil ixtiro qildi

Ixtiro qilingan avtomobillar quyoshdan energiya oladi. Ochiq havoda 2.5 soat davomida quvvatini tiklaydi.

Bir quvvatda 40-60 km masofani bosib o‘tadi. Tabiatga zarar keltirmasdan, shovqinsiz harakat qiladi. Tezligi 45-60 km/s ga chiqadi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 12:08:01
YHXB ustidan shikoyat qilib borgan fuqaro qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

Fuqaro E.S. qoidabuzarlik bo‘yicha unga yozilgan jarimadan noroziligi sababli YHXBga borib e’tiroz bildirgan. Uning hujjatlari tekshirilganda, Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan ayblanib, qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgan. Buni bilgan xodimlar uni qo‘lga olishgan.

YHXBga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgani va hozirda qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi bo‘yicha jarimasiga e’tiroz bildirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBga murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaro viloyat IIBB YHXB xodimlari Sh.Shomirzayev va A.Hamroqulovlar tomonidan ushlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Rasmiy axborotda fuqaro qachon qidiruvga berilganiga aniqlik kiritilmagan.

@jalolmurad • Manba
2.0K views09:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 11:08:01 ​​"Men million foiz haqman" — Ozodbek Nazarbekov hamon do‘ppi kiyishda turib oldi

2021 yil 20 dekabr kuni Toshkent yoshlar forumida ishtirok etgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov do‘ppi masalasida jamoatchilik tomonidan e’tirozli fikrlarga munosabat bildirdi.

"Bu masalada shu darajada pastga tushgim kelmayapti. Bu yerda haqligimni million foiz bilaman. Shu millatning vakili sifatida hammamiz do‘ppi kiyaylik, deyishga haqqim bor", - dedi Ozodbek Nazarbekov. Vazir bu zo‘rlash yoki majburlash emasligini, u shunchaki hammaga eslatib qo‘yganini aytdi.

"Ko‘chada yoshlar chechenlarning do‘ppisini kiyib yuribdi, ularga hech kim indamayaptiku, men do‘ppi kiymoqchi bo‘lsalaring, bu bizda ham bor, o‘z ota-bobolarimizning bosh kiyimini kiyinglar degan ma’noda aytgandim.

Uyingga borib kiy, ertaga chopon kiydirib, belbog‘ ham chaqtirasizlar qabilidagi gaplar bo‘ldi. Biz zo‘ravonlik yoki majburiy tartibda hamma shunday qilsin demayapmiz. Men bitta qadriyatimizni targ‘ib qildim. Agar bunday qilishga haqqim bo‘lmasa, aytinglar", - deydi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov endi vazirlik xodimlari ishga do‘ppida kelishlarini aytib, barcha soha vakillarini bunga jalb qilgandi.
Shundan so‘ng, u vazirlikda xodimlariga majlis o‘tkazib, unda do‘ppisiz qatnashgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views08:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 10:08:01
Va nihoyat siz kutgan mahsulot keldi

GREEN MASK

Yuzingizdagi dog‘lar va boshqa teridagi notekisliklarni tozalovchi dorivor krem

Yuzdagi ugrilarni tez fursatda yo‘qotadi

Yuzdagi ajinlarni dog‘larni yo‘qotadi

Peshonadagi va yuzdagi chiziqlarni husnbuzarlarni yo‘qotadi

Siz uchun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish mutlaqo bepul!

Mahsulot narxi: 129 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
1.9K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:08:01
Rossiyada migrantlar uchun yangicha patent joriy etiladi

Rossiyada mehnat muhojirlariga yuzining elektron tasviri va barmoq izlarini o‘z ichiga olgan chipli karta ko‘rinishida patent berish boshlanadi.

“Rossiya Federatsiyasiga vizani talab qilmaydigan tartibda kelgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga elektron ma’lumot tashuvchisi bo‘lgan karta ko‘rinishida berilgan patent shakli tasdiqlansin”, - deyiladi hujjatda.

Xabarda ta’kidlanishicha, karta ichiga o‘rnatilgan kontaktsiz interfeysga ega mikrosxema patentda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni, shuningdek egasining shaxsiy biometrik ma’lumotlarini yuzning elektron tasvirini va qo‘lining ikki barmog‘ izini o‘z ichiga oladi hamda uning identifikatsiyasiga mos keladi.

Bundan tashqari, hujjatda karta egasining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ma’lumot uchun, ushbu farmon joriy yilning 29-dekabridan kuchga kiradi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views05:08
Ochish/sharhlash
2021-12-22 06:12:01
Madagaskarda kema cho‘kib ketdi

Madagaskarning shimoli-sharqiy qirg‘oqlari yaqinida kema halokatga uchradi. Uning bortida jami 130 nafar inson bo‘lgan. Voqea oqibatida 17 kishi qurbon bo‘lgan, ularning jasadlari suvdan olib chiqilgan. 60 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Ta’kidlanishicha, 40 kishi qutqarib olingan.

Kema Antanambedan chiqib, Soanerana-Ivangoga qarab yo‘l olgan edi. Yo‘lda dvigatel xonasiga suv oqib kela boshlagan, shundan so‘ng kema cho‘kib ketgan. Davlat port ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, cho‘kib ketgan yuk kemasi yo‘lovchi tashish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

@jalolmurad • Manba
2.0K views03:12
Ochish/sharhlash