Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 58

2021-12-04 12:35:52
Bizga shogird tushib kursimizni tugatganlar haqida qisqacha

Bu rasmlar ularning ishlari!

18 ta
modelchi yigitga akkaunt ochib model biznesini yo‘lga qo‘yyapmiz.
22 ta interyer dizayner yigitga portfolio qilishga yordam beryapmiz.
4 ta yigitni o‘zimizga ishga oldik.

Boshqa yigitlar o‘zlari ish topishib ayrimlari 300-600 $ oylik oylik olib dars berishyapdi ekan. Hayron qoldim ochig‘i

Sizlarni shogirdlikga taklif qilaman 3-guruhga qabul davom etyapti.

Kurs haqida batafsil maʼlumot telegra.ph/3Ds-Max-kursi-08-02

Murojaat:
Telefon orqali
+998994008800
Telegram orqali @dizipro_chat

@abdusattor
4.3K views09:35
Ochish/sharhlash
2021-12-03 19:52:59
Microsoft Chrome'ning ustidan kulmoqda

Microsoft'ga tegishli Edge brauzeri Google'ga tegishli Chrome brauzerini o'rnatishdan oldin foydalanuvchilarga turli xabarnomalar ko'rsatmoqda. Masalan:

«Microsoft Edge ham Chrome ishlaydigan texnologiyalar asosida ishlaydi, biroq Microsoft unga ko'proq ishonadi»

«Bu brauzer xuddi 2008-yildan kelgandek. Kim yangiligini bilasizmi? Microsoft Edge!»

«"Men pul tejashni yomon ko'raman" — hech kim hech qachon bunday demaydi. Microsoft Edge — onlayn xaridlar uchun eng zo'r brauzer».

Internet foydalanuvchilari ham qolishmadilar: «Edge aslida juda qulay brauzer. Ayniqsa, Windows o'rnatgandan so'ng, Chrome'ni yuklab olish uchun».
6.0K views16:52
Ochish/sharhlash
2021-12-02 11:33:15 Nakrutka kanallarni qanday bilsa bo'ladi? (Kanallarni analiz qilish)

1. Kanal obunachisiga, kanaldagi postlar prasmotrlari bilan solishtiring.

Postlar bir yoki 2-3 daqiqada qancha ko'rilyabdi?

2. Misol uchun 100.000 ta obunachisi bor kanal soat 16:00 atrofida post chiqardi. Bu post bir daqiqada 200 ta prasmotr bo'ldi, 2-3 daqiqadan so'ng esa 2000 ta prasmotr yig'di.

Bu kanal nakrutkami yoki nakrutka emasmi?

Albatta 80% dan oshiq obunachilari nakrutka hisoblanadi.

Agarda bir daqiqada o'rtacha 1.500 ta prasmotr va yana 2-3 daqiqadan so'ng 2.500 - 3.500 atrofida ko'rilsa, ushbu kanal 99% nakrutka emas.

Kanaldagi "comment" larga e'tibor bering (agarda comment lar ochiq bo'lsa)

3. Bu kanalni auditoriyasi qanchalik aktiv va qanchalik saviyali auditoriya ekanligini bildiradi.

TGStat bot orqali analiz qilish kerak, bu bot orqali qanday analiz qilsa bo'ladi va bu qanaqa bot?

4. Ushbu botdan foydalanish uchun kanalingizni yoki biror bir kanalni linkini botga yuborishingiz kerak bo'ladi va bu bot orqali kanalingizni to'liq statistikasini yoki biror bir kanalni statistikasini ko'ra olasiz.

Eng asosiysi siz analiz qiladigan kanal, qaysi kanallarda qanaqa "Рекламный пост" bilan reklama qilayotganini ham bilishingiz mumkin.

Bu bot orqali "Любой" kanalni ham analiz qila olmaysiz. Faqat ushbu botdan ro'yxatdan o'tganlarni kanallarini analiz qila olasiz!

5. Kanallarni analiz qilayotganda, bir kunda nechta reklama chiqdi va qancha obunachi qo'shildi? Shularni ham tahlil qilib boring.

Ba'zi kanallar, yangi kanal ochib bot qo'shishadi va bot bilan to'lgan kanaliga qo'yilgan reklamani saviyasiz kanal va guruhlarga forward ya'ni tarqatadilar. Shu bilan ko'rilishlar sonini ko'paytirishadi!

Nakrutka bu - soxta obunachilar ya'ni mavjud bo'lmagan odamlar (botlar)

P.s: Nakrutka kanallarda aldanib qolmaslik uchun yuqoridagi usullarni sinab ko'rishingizni maslahat beraman :)

@mirfayz_ashurov
5.9K views08:33
Ochish/sharhlash
2021-11-30 18:37:22
Oʻzbekistonga asosan qaysi davlatlardan telefonlar olib kelinayotgani maʼlum boʻldi

Spot nashri Davlat statistika qo'mitasiga tayanib xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $154,2 mln ga teng boʻlgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Mobil telefonlar yurtimizga, asosan, 14 ta davlatdan import qilingan. Xususan:

• Xitoy — $79,5 mln;
• Vyetnam — $60 mln;
• Hindiston — $7,2 mln;
• Qozogʻiston — $5,3 mln;
• BAA — $1,4 mln;
• Germaniya — $647 ming;
• Rossiya — $175,8 ming.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan.

@ITMavzu
6.3K views15:37
Ochish/sharhlash
2021-11-27 12:32:33
Yangi PUBG o'z mualliflariga bir necha kun ichida $2.6 mln olib keldi

Krafton studiyasi PUBG o'yinining kelajak janglariga asoslangan New State deb nomlanuvchi yangi versiyasini taqdim qildi. Birinchi haftaning o'zida o'yinchilar unda $2.6 mln sarflashdi.

Eng ko'p AQSH, Yaponiya va Turkiya o'yinchilari pul sarflashgan. Shunda o'yinning 23 millionta yuklanishidan 7 milliontasi Hindistonga to'g'ri keladi.

Yaxshi startga qaramay, 11-noyabrda chiqarilgan New State, PUBG franshizasidagi avvalgi o'yin — PUBG Mobile'ning muvaffaqiyatiga yetishiga hali ancha bor. Analitiklarning, hisob-kitobiga ko'ra, butun 2021-yil davomida PUBG Mobile kuniga $8.1 mln foyda olib kelgan.

@ITMavzu
9.1K views09:32
Ochish/sharhlash
2021-11-25 12:01:21 Shvetsiyalik ota-onalar noqulay maktab onlayn platformasidan charchashib, o'zlarining variantini yaratishdi. Hukumat ularga bosim uyushtira boshladi.

2013-yilda Stokgolm shahri ma'muriyati 117 ta maktab va 600 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qamrab oluvchi Skolplattform kompyuter tizimini joriy etishni boshladi.

Biroq byudjeti $116 mln bo'lgan loyihaning ishga tushishi cho'zilib ketdi. Nihoyat, 2018-yilda tizimning mobil versiyasi ishga tushdi va tezda murakkab va chalkash interfeysi hamda doimiy «otib» yuborishlari tufayli ota-onalar, o'qituvchi va o'quvchilarning nafratiga uchradi. Google Play da ilova reytingi — 1.0.

2021-yilda uchta dasturchi hamda farzandlarning otasi 2 oy ichida dasturning soddalashtirilgan varianti — Öppna Skolplattformen ni taqdim etishdi. Google Playda uning reytingi — 4.2. Shuningdek, dastur kodi ochiq litsenziya asosida Github ga joylashtirildi. Bu degani hukumat ushbu dasturdan o'z tizimini yaxshilash uchun qonuniy ravishda foydalanishi mumkin.

Hamkorlik o'rniga bosim

Öppna Skolplattformen ommaga taqdim etilgach, amaldorlar unga nisbatan tish-tirnog'i bilan qarshi chiqa boshlashdi. Avvaliga, ular dastur o'quvchi va o'qituvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo'yadi deb bayonot qilishdi. Dastur mualliflari bu bayonotga nisbatan, ular faqat ochiq manbalardagi ma'lumotlar bilan ishlashini aytishib javob qilishdi. Keyinchalik, amaldorlar dastur xavfsizligini tekshirish uchun mustaqil kompaniyaga tekshiruv buyurtma berishdi. Tekshiruv tizim butunlay xavfsizligini ko'rsatdi, ammo ma'muriyat uning natijasini taqdim qilmadi.

Va nihoyat, hukumat oxirgi chora sifatida politsiyaga murojaat qildi. Ular arizani iloji boricha qo'rqinchli qilib yozishdi. Shundan so'ng, politsiya dastur mualliflarini so'roq qila boshladi. Ushbu vaqtda Öppna Skolplattformen ustida 40 ga yaqin odam ishlayotgan edi — dasturchilar, dizaynerlar, yuristlar va tarjimonlar.

180 gradusga burilish

Politsiya o'z hisobotini e'lon qildi. Unga ko'ra, Öppna Skolplattformen foydalanuvchilar ma'lumotlarini xavf ostiga qo'ymaydi hamda uchinchi shaxslarga yetkazmaydi. Hisobotga shuningdek, hukumat e'lon qilishni xohlamagan tekshiruv ham kiritilgan edi. Politsiya amaldorlarni dasturchilarga nisbatan har qanday bosimni tugatishga chaqirdi.

Qisqacha qilib aytganda

$116 millionlik muvaffaqiyatsiz davlat loyihasi o'rniga ota-onalar birlashishib, o'zlarining bepul va qulay variantini taqdim qilishdi. Bu esa hukumatga yoqmadi va ular ota-onalarga nisbatan bosim o'tkaza boshlashib, ular ustidan politsiyaga murojaat qilishdi. Politsiya tekshiruv o'tkazib, ota-onalar tarafini oldi.

Manba: wired.com/story/sweden-stockholm-school-app-open-source/

@ITMavzu
7.8K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-11-23 17:29:31
Dasturchilar uchun soft skills kerakmi?

IT mutaxassislariga talab kundan-kunga ortib borayotgani hech kimga sir emas. Lekin, shu bilan birga raqobat ham oshib bormoqda. Yaxshi kompaniyada ishlash uchun endi hard skills'ning o'zi yetarli bo'lmaydi.

Ish beruvchilar soft skills ya'ni, moslashuvchan ko'nikmalarga ham e'tibor berishni boshladilar. Bu dasturlash sohasiga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan, ko'proq shaxsiy fazilatlarga (muloqot qobiliyatlari, ijodkorlik, jamoaviy ishlash va boshqalar) tegishli bo'lgan ko'nikmalardir.

Qizig'i, bu kabi ko'nikmalarni rivojlantirish mumkin. Bir necha hafta avval Najot Ta'lim markazi "Amazon", "DHL", "xLTee" kabi loyihalarda ishlagan o'zbek yigiti Abdulla Xaydarov bilan shu mavzu doirasida master-klass o'tkazgan edi. Unda qanday qilib yuqoridagi ko'nikmalarni rivojlantirish borasida ham so'z borgan.

Master-klassning premyerasini bugun, 23-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola:



@ITMavzu
6.6K views14:29
Ochish/sharhlash
2021-11-20 19:07:41
Winamp qaytmoqda

2000-yillarning eng mashhur musiqa pleyeri Winamp o'zining sayti va logotipini yangiladi hamda dastur beta-sinovi uchun ro'yxatdan o'tishni ochdi.

Aslida yangilanish 2 yil oldin sodir bo'lishi kerak edi. 2018-yilda Winamp ga egalik qiluvchi Radionomy Group keyingi yildan dastur qaytadan ishga tushadi deya xabar bergan edi. Ammo noma'lum sabablarga ko'ra bu yuz bermadi.

Winamp pleyeri 1997-yilda Nullsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1999-yilda uni AOL mediaholdingi, 2014-yilda esa Radionomy Group sotib olgan. Dastur oxirgi marta 2013-yilda yangilangan.

@ITMavzu
7.4K views16:07
Ochish/sharhlash
2021-11-19 17:31:35
Hadeb noliyverish bu yechim emas

Hayot bizga berilgan eng katta ne'matdir. Kimdir undagi mashaqqatlarni yengishga irodasi yetmasdan, vaqtini keraksiz narsalarga sarflashga o'tishadi. Boshiga tushgan sinovlardan noliy boshlashadi.

Biroq, shunday kuchli iroda egalari borki, ular bu sinovlarga qaramasdan olg'a qadam bosishadi va maqsadlariga birin-ketin erisha boshlashadi.

Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi hamkorligida tashkil etilgan IMKON loyihasi doirasida bilim olayotgan Muhammadqodir ham ana shunday insonlardan biridir.

IMKON loyihasining navbatdagi premyerasi orqali, hayotning past-u balandliklaridan sabr ila o'tib kelayotgan qahramonimizning hayot hikoyasi haqida bilib olishingiz mumkin. Premyera bugun, 19-noyabr, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Havola:



@ITmavzu
6.5K views14:31
Ochish/sharhlash