Get Mystery Box with random crypto!

Winamp qaytmoqda 2000-yillarning eng mashhur musiqa pleyeri W | IT-MAVZU

Winamp qaytmoqda

2000-yillarning eng mashhur musiqa pleyeri Winamp o'zining sayti va logotipini yangiladi hamda dastur beta-sinovi uchun ro'yxatdan o'tishni ochdi.

Aslida yangilanish 2 yil oldin sodir bo'lishi kerak edi. 2018-yilda Winamp ga egalik qiluvchi Radionomy Group keyingi yildan dastur qaytadan ishga tushadi deya xabar bergan edi. Ammo noma'lum sabablarga ko'ra bu yuz bermadi.

Winamp pleyeri 1997-yilda Nullsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1999-yilda uni AOL mediaholdingi, 2014-yilda esa Radionomy Group sotib olgan. Dastur oxirgi marta 2013-yilda yangilangan.

@ITMavzu