Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 56

2021-12-28 18:01:13 ​​Amazon Alexa yosh bolaga halokatli chellenj taklif qildi

Bleeping Computer nashri Twitter foydalanuvchisi Kristin Livdalning baham ko'rgan dahshatli hikoyasiga e'tibor qaratdi. Aleksa virtual yordamchisi Kristinning 10 yoshli qiziga hayoti uchun xavfli bo'lgan "chellenj" (vazifa) taklif qilgan.

Gap shundaki, aqlli kolonkaga “Tell me a challenge to do” degan savolni berish mumkin va bunga javoban u odatda qandaydir oddiy masalani hal qilishni yoki viktorina savoliga javob berishni taklif qiladi. Biroq, qiz Alexadan qiyinchilik so'raganidan so'ng, sun'iy intellekt unga quyidagicha javob berdi: «Vazifa oddiy: telefon zaryadkasini elektr rozetkasiga yarmigacha tiqing va "vilka"ning qolgan ochiq joyiga tanga bilan teginib ko'ring».

Qiz onasi bilan birga bo'lganligi sababli hech qanday ko'rgilik sodir bo'lmagan.

Jurnalistlarning tushuntirishicha, virtual yordamchilar odatda qidiruv tizimlari va turli xil saytlardan bunday chellenjlar uchun kontent to'playdi va har doim ham saytlar o'z ma'lumotlarini nazorat qilishmaydi. Yuz bergan vaziyatda esa, maslahat TikTok xavfli chellenjlarini muhokama qilgan ourcommunitynow.com saytidan olingan.

@ITMavzu
1.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-12-28 17:01:46
Huawei smartfonlarida AppGallery marketida ro‘yxatdan o‘tish

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Регистрация в AppGallery на смартфонах Huawei
1.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-28 12:18:42
Huawei smartfonlariga Google xizmatlarini o‘rnatishni o‘rganamiz

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Устанавливаем приложения Google на смартфоны Huawei
2.2K views09:18
Ochish/sharhlash
2021-12-27 18:21:32
Tarmoqda Netflix, Disney + va boshqa onlayn kinoteatrlardan videolarni yuklab olish uchun mo'ljallangan vositalar tarqalib ketdi

Onlayn kinoteatrlarning ko'plab egalari foydalanadigan Widevine DRM texnologiyasini chetlab o'tish uchun kod uzoq vaqtdan beri «qaroqchilar» orasida aylanib yurgandi, biroq dekabr oyining oxirida u ommaviy saytlarga joylandi.

Tegishli repozitoriy GitHub’ga widevinedump nomli foydalanuvchi tomonidan yuklangan. Ularning nomlaridan ko'rinib turibdiki, Netflix, Amazon Prime Video, HBO Max, Disney+, Paramount+ va Apple TV+ kabi turli onlayn-kinoteatrlardan videolarni bevosita yuklab olish imkonini beruvchi maxsus skriptlar mavjud.

TorrentFreak manbalariga ko'ra, GitHub'da joylashtirilgan barcha skriptlar ishlaydi, ammo ular Widevine'ning so'nggi versiyasiga asoslanmagan. Onlayn kinoteatrlar egalari sizib ketgan koddan foydalangan foydalanuvchilarni osongina aniqlashlari va bloklashlari ehtimoli katta.

@ITMavzu
2.1K views15:21
Ochish/sharhlash
2021-12-27 17:01:10
Huawei smartfonlariga to'lov ilovalarini - Payme, Click va boshqalarni o'rnatish

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установка платежных приложений - Payme, Click и другие на смартфоны Huawei
1.5K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-27 16:19:36
Samsung boshqa operatsion tizim foydasiga Androiddan voz kechishi mumkin. Bu nima bo'ladi?

Insayderlarning ta'kidlashicha, yaqin kelajakda Samsung smartfonlarda Android operatsion tizimi bilan xayrlashishi mumkin. Uning o‘rnini boshqa Google tizimi — Fuchsia OS egallaydi.

Fuchsia nima?

Google 2016 yildan beri Android-ga ushbu muqobil tizimni yaratmoqda. Bu Zircon mikroyadrosida qurilgan ochiq kodli operatsion tizim. Ushbu arxitektura tufayli tizim turli xil qurilmalar uchun yaxshiroq moslashtirilgan, tezroq yangilanadi va kamroq resurslarni sarflaydi.

To'g'ri, hozirda istiqbolli ishlanma "yashil robot"ni almashtirishga hali tayyor emas. Fuchsia hozirda beta-sinovda. U faqat birinchi avlod Google Nest Hub’ning smart-ekranlarida to‘liq ishlaydi.

@ITMavzu
2.7K views13:19
Ochish/sharhlash
2021-12-27 13:09:04
Huawei smartfonlariga ilova va o‘yinlarni o‘rnatish haqida

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установка приложений и игр на смартфоны Huawei
2.7K views10:09
Ochish/sharhlash
2021-12-27 10:57:11
Tasnif Group jamoasi sizni Tasnif Dizayn Maktabi o'quv kurslariga taklif etadi

Agar siz kompyuter grafikasini tarjibali mutaxassislardan o'rganmoqchi bo'lsangiz sizga aynan Tasnif Dizayn Maktabini tavsiya etaman. Dizayn maktabida kompyuter grafikasining ikki yo'nalishlari: grafik dizayn va moushn grafika bo'yicha qabul davom etmoqda. Yangi guruhlar yanvardan start berilar ekan.

Biz ham jamoamizning ikki a'zosini Tasnif Dizayn Maktabining grafik dizayn va moushn grafika yo'nalishlarida kursga berdik, ularning natijalari bilan ma'lum muddatdan so'ng ulashamiz!

Ushbu soha va kurslar qiziq bo'lsa, @tasnifcontact orqali kurslarga yozilishingiz mumkin. Kelajakda ushbu sohalarga talab ortishi tayin.
Batafsil ma'lumot uchun: +998938051666

Telegram • Instagram • Facebook
3.2K views07:57
Ochish/sharhlash
2021-12-25 17:00:49
Tajribali web-dasturchilardan yosh izdoshlariga ajoyib sovg'a

Kuzatishimizcha, Web Dasturlashni o'rganish uchun sifatli va to'liq kontent yo'q. Shu sababli, dasturchilar jamoasi bu sohadagi professional @WebLessonBot ni ishlab chiqdi.

WebLessonBot — dasturlashga oid bepul va mukammal video darsliklar, maqolalar hamda web resurslarni o'zida jamlagan milliy platforma.

Haqiqiy ekspertlardan o'rganish uchun manzil: @WebLessonBot
1.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-24 19:00:57
Pavel Durovning xabari ortidan Toncoin kriptovalyutasining qiymati oshib ketdi

Kun davomida kriptovalyutaning narxi 20,3% ga oshib, bir birlik uchun $2,85 ni tashkil qildi

23-dekabr kuni Pavel Durov oʻzining Telegram-kanalida TON loyihasining yangi egalari haqida oʻz fikrini eʼlon qildi. Uning aniqlik kiritishicha, endi kriptovalyuta Toncoin deb nomlanadi va u Telegramga aloqasi boʻlmaydi. Shunday boʻlsa-da u loyiha jamoasiga muvaffaqiyatlar tilagan.

Telegram dasturlash tanlovlari chempionlari ochiq kodli TON loyihasini ishlab chiqishda davom etishi meni mamnun qildi, endilikda u Toncoinʼga oʻzgardi. Biz yaratgan texnologiya tirik va rivojlanib borayotganligidan faxrlanaman. Kengaytirish va tezlik haqida gap ketganda, TON hali ham barcha blokcheyn loyihalaridan oldinda. Loyihaning insoniyatga foyda keltirmasligini koʻrish uyat boʻlardi”, dedi Pavel.

Shu postdan keyin, kun davomida kriptovalyutaning narxi 20,3% ga oshib, bir birlik uchun $2,85 ni tashkil qildi.

Manba

@ITMavzu
2.2K views16:00
Ochish/sharhlash