Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 52

2022-02-26 15:10:32
Россия-Украина уруши шиддатли тус олмоқда. Йўқотишлар ҳар икки томонда мавжуд. Воқеалар ривожи ҳақида турли ракурслардан хабарлар оқими тўхтагани йўқ. Фейк ва асоссиз хабарлар ҳам кам эмас.

Бу борадаги тезкор, муҳим ва ишончли хабарларни Human.uz телеграм каналида берилмоқда.

Асл маълумотларни норасмий, кўчирмакаш ва ўғри-плагиатор каналлардан эмас, расмий ОАВ лицензиясига эга HUMAN.UZ манбаларидан олинг!

Ҳозироқ уланинг: @humanuzofficial
2.4K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-02-26 11:54:05
3D'dan Meta olamgacha

Xabaringiz bor, Facebook meta olam yaratish loyihasi ortidan oʻz nomini oʻzgartirgan edi. Yaqinda Abdusattor Abdurahimov ham barcha loyihalarini yopib, bor diqqat-eʼtiborini 3D sohalariga qaratdi. Xoʻsh, bugun dunyo qayerga qarab ketmoqda? 3D'ga aloqador kasblar — kelajak kasblarimi?

Agarda sizda ham ushbu savollar tugʻilgan boʻlsa, sizni 27-fevral soat 11:00 da bo'lib o'tadi bepul ochiq darsimizga taklif etamiz! Ochiq darsda siz ushbu sohaga aloqador barcha savollaringizga javob olasiz.

Spiker: Abdusattor Abdurahimov
Sana va vaqt: 27-fevral, 11:00 da
Manzil: Yoshlar Ijod saroyi

Administrator bilan bog'lanish

Telefon raqam: +998994008800
1.8K views08:54
Ochish/sharhlash
2022-02-20 09:37:42
Inernet orqali mehnat qilib daromat topish shunaqa bo’ladi!

3Ds MAX dasturini o’rganmoqchi bo’lganlar + belgisini @dizipro telegram kanalida qoldirsin!

@dizipro
1.6K views06:37
Ochish/sharhlash
2022-02-19 16:55:21 Navbatdagi ultra-og'ir OS yoki "qariyalar" uchun yangi hayot? — Chrome OS Flex by Google.

Google Fuchsia OSdan so'ng Chrome OSni yaratishga qaror qildi. Ammo bu safargi OS kutganimizdan a'lo. Nega?

— Chrome OS Flex haqida.
Chrome OS Windows, Mac va Linux OSlarini «ko'tara oluvchi» barcha kompyuterlarga mos kelaveradi. Buning ustiga OS bepul, va eng qizig'i Apache 2.0 litsenziyasiga ega.

— «Mening kompyuterim eski, Chrome OSni torta oladimi?»
2-Jahon urushini ko'rgan kompyuterlar, albatta, Windows 7dan nariga o'ta olishmasada, quyidagi xarakteristikalar ushbu OSga to'g'ri keladi:

64-bitli Intel yoki AMD protsessori
4 Gb OZU

Shuni qayd etish lozimki, OS ARM-arxitekturani qo'llab-quvvatlamaydi.

Сhrome OS Linuxga asoslangan, shu tariqa Linux ilovalarini ham ishga tushurish mumkin. Google ayni damda OSda Windows ilovalarini ham ishga tushurish ustida ish olib bormoqda. Ammo bu hammasi emas, OSda Android-ilovalarni hech qanaqa qo'shimcha dasturlarsiz ham ishga tushurish mumkin.

— OS bepul. Google'ga bundan qanday foyda?
Bu haqida Google hozircha birorta ham izoh bermadi. Ekspert-analitiklarning fikricha, Google OS bozorida o'z foizini ko'tarmoqchi. Chunki Statcounter statistikaga e'tibor qiladigan bo'lsak, Chrome OSning dunyo bo'yicha ulushi atigi 2.6%, lekin Linuxdan 0.41% ga ko'p. O'zbekiston bo'yicha esa Windowsning ulushi 88.54%, Chrome OS esa 0.06%.

Ammo butunlay Chrome OSga o'tishni maslahat bermaymiz, negaki OS hali "xom", baglar, xatoliklar va kamchiliklar istisno emas. Agarda Chrome OSni yaqin 1-2 yil ichida to'liq optimizatsiya qilishsa, sizning qariya kompyuteringiz uchun ayni muddao bo'ladi.

Chrome OS Flex

@ITMavzu / #chromeos #google #OS
1.6K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-02-19 14:25:10
1 soat 40$ ishlash mumkin!

3Dmax ni biz bilan o’rganing!

@dizipro
1.8K views11:25
Ochish/sharhlash
2022-02-18 18:40:23 Houserning ketishi, TakeTwo'ning "ishorasi", analitikning tahmini — GTA 6 chiqadi(mi)?

Fevral oyi geymerlar uchun shov-shuvli yangilik bilan boshlandi. Redditda 1 kun ichida mingdan ortiq muhokamalar, Youtuberlar uchun virusli kontent — barchasi GTA 6 bilan bog'liq. Rostdan ham GTA 6 chiqadimi?

Fevralning boshida Rockstar o'zining rasmiy Twitter-akkauntida GTAning yangi versiyasi ustida ishlar avjida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Bundan avvalroq esa TakeTwo investorlar uchun hisobotida 2024-yili kompaniya byudjeti 2023-yilga qaraganda 14% oshishini kutayotganini bildiradi. Analitiklar fikricha, TakeTwo bunday natijaga erishishi uchun o'yinlarni kamida 9mlrd $ ga sotishi kerakligini aytishdi, ekspertlar esa bunday natijaga faqat GTA o'yinlarini sotish bilan erishish mumkinligini ta'kidlashdi.

Bundan avvalroq TakeTwo GTA 5ning chiqishini ham shu tariqa bildirgan edi.

Ammo Twitterda AccNGT nomi ostida tanilgan analitik GTA 6 ustida olib borilayotgan ishlar tartibsiz va xaotik ketmoqdaligini, o'yin uni kutayotganlarni umidini puchga chiqarishini aytib o'tdi.

Bunga esa Dexerto portalining yozishicha, Rockstar Gamesdan studiyaning vitse-prezidenti Den Houserning ketishi sabab bo'lmoqda ekan.

Reytingi eng past va baglar bo'yicha rekordsmen GTA Trilogydan boshqa 2013-yildan beri biror tayinli yangilik qilmayotgan Rockstardan vanihoyat sado chiqdi. Nima bo'lganda ham, asosiy e'tiborni syujetga emas, funksionallik va optimizatsiyalashgan grafikaga qaratishsa soz bo'lardi. Baribir xohlagan o'yinni uni multipleyeri "ushlab turadi".

@ITMavzu
1.6K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-02-18 17:40:24 "Yaxshi turmush oʻrtoq boʻla olasizmi?" Startʼup gʻoyasi

Aynan shu va boshqa oilaga oid muhim masalalar yuzasidan ajoyib suhbat boʻlib oʻtibdi.

Oilaga oid Startʼup va boshqa oilaviy masalalar haqida bilishni istasangiz, "Alohida mavzu" loyihasining ilk sonini tomosha qiling.

Suhbat premyerasi bugun, soat 20:00 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi.

Havola:

2.0K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-02-15 14:20:42
Marketing sohasiga kirish bo‘yicha bepul onlayn vebinar!

Marketing olamiga qadam qo‘yish istagidamisiz? Yangi kasbni egallash bo‘yicha aniq yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarga ehtiyoj sezyabsizmi? U holda bu vebinar aynan siz uchun!

17-fevral, soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn vebinarda siz Marketing kasbi bo‘yicha barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Spiker: 8 yillik tajribaga ega marketing mutaxassisi, Space Marketing va Space Academy asoschisi Azizbek Umaraliyev.

Shoshiling, vebinarda sizni SPARK avtomobiliga ega bo‘lish imkoni kutmoqda!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Space_Academy_bot

Telegram kanalimiz: @spaceacademy_uz

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
1.9K viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2022-02-11 17:50:08 Rivojlanaman degan odamni qutqarish uchun hech kim kelmaydi

Xorijda taʼlim olishning bir qator ustun tomonlari boʻlib, shu bilan birga qiyinchiliklari ham yoʻq emas. Bu mavzuda xorijda ancha yillardan beri taʼlim olib, faoliyat yuritib kelayotgan ustozlar fikrini bilish foydali.

Aynan oʻsha ekspert “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi mehmoni, tibbiyot boʻyicha Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlarda taʼlim olgan, Garvard universitetda faoliyat yuritgan, oʻz sohasida havas qilarlik yutuqlarga erishgan hamda koʻpchilik uchun Bek Olimjon taxallusi bilan tanish boʻlgan inson Behzod Tashbayev boʻlibdilar.

Suhbatni koʻrish davomida siz chet elda taʼlim olish, bunda nimalarga e'tibor berish, shaxsiy rivojlanish, til oʻrganish va intizomni shakllantirishga oid maslahat va tavsiyalarni bilib olishingiz mumkin.

Suhbatni bugun soat 19:30 da quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Havola
:

2.4K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-02-10 18:31:15
Yanvar oyining eng kuchli smartfonlari eʼlon qilindi

Spot nashrining xabar berishicha, AnTuTu benchmark yaratuvchilari 2022-yil yanvar oyining eng yaxshi 10 ta smartfonini maʼlum qilishdi.

Unda ham Master Lu benchmark talqiniga koʻra reytingda yetakchilik qilgan modellar — iQOO 8 Pro va iQOO 9 yuqori oʻrinlarni egallashdi.

Bu gadjetlar SoC Snapdragon 8 Gen 1 asosida yaratilgan va ularning premyerasi Xitoy bozorida yanvar oyi boshida boʻlib oʻtgan. Hozirda bu smartfonlar Xitoydan boshqa joyda sotilmayapti.

Uchinchi pogʻonani yana bir Xitoy flagmani Realme GT2 Pro band etdi. Xiaomi 12 Pro va OnePlus 10 Pro mos ravishda toʻrtinchi va beshinchi oʻringa joylashdi. Snapdragon 8 Gen 1 asosida ishlab chiqarilgan birinchi flagman smartfoni Moto Edge X30 AnTuTu reytingida atigi oltinchi oʻrinni oldi. Yettinchi oʻrin esa Xiaomi 12 ga nasib qildi.

Top-10 talikni SoC Snapdragon 888 Plus devaysdagi Black Shark 4S Pro, Nubia Red Magic 6S Pro va iQOO 8 Pro yakunlab berdi

@ITMavzu
1.8K views15:31
Ochish/sharhlash