Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-05-31 17:06:08
«Tak, nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

@ITmavzu
1.8K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-05-30 18:37:34
Guru.com - bu frilanser va ish beruvchilar uchun qulay hamda tezkor platforma hisoblanadi. Ushbu saytda yangi loyihalar tez-tez yangilanib turadi

Guru orqali quyidagi sohalar boʻyicha ish topishingiz mumkin:
• Dasturlash
• Dizayn
• Savdo va marketing
• Biznes va moliya
• Muhandislik va arxitektura
• Huquq
• Ta'lim va trening
va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha.

@ITmavzu
1.7K views15:37
Ochish/sharhlash
2023-05-29 13:10:12
Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

@ITmavzu
1.8K views10:10
Ochish/sharhlash
2023-05-28 16:01:29
Frilanserlar duch keladigan muammolar

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

P.S. Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "atmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

@ITmavzu
1.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-05-27 16:37:49
Elektron-hamyonlar: Ular bizga kerakmi?

Siz chet elllik John Doe'ning buyurtmasini qilib berdingiz, ammo siz Toshkentda, John Nyu-Yorkda. Xo'sh, John pulni Clickdan o'tkazadimi? Axir unda Click nima qilsin.

Javob — yo'q. Bizni elektron-hamyonlar qutqaradi.

John buyutmasini ko'rib, xursand bo'ldi va toshkentlik frilanser Toshmatjonga pul o'tkazmoqchi. Uning uchun u hozirgi trenddagi elektron-hamyonlarning biridan unga pul o'tkazadi.

Elektron-hamyonlar
qiwi.com, webmoney.ru, paypal.com, payeer.com, Yandex.Деньги,

P.S. Xohlagan biridan, iloji bo'lsa barchasidan ro'yxatdan o'ting. Chet elliklar bilan ishlash uchun elektron-hamyonlar muhim omil sanaladi.

@ITmavzu
1.6K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-05-26 17:07:11
Frilans = Sog'liq. Bular qanchalik bir-biriga bog'liq?

Frilanser emas ishchilar kuniga kamida bo'lsa ham 1 km yo'l bosishadi. Ammo frilanser uyda o'tiradi va o'tirib ishlaydi. Sog'liq-chi?

1. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullaning;
2. Sutli mahsulotlar, mevalar iste'mol qiling;
3. O'tirib ishlasangiz, har soat turib, oyoqlarni yozing;
4. Har yarim soatda 5 daqiqa ko'zlarga dam bering;
5. Tez-tez suv ichib turing;
6. Kuniga kamida 30minut ko'chada sayr qiling;
7. Erta uxlang, erta turing va kunni 1-qoidadan boshlang.

Agar ushbu 7 qoidaga amal qilsangiz, hech qayeringiz og'rimaydi va o'zingizni tetik his qilasiz!

@ITmavzu
1.7K views14:07
Ochish/sharhlash
2023-05-25 18:00:19
Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar

1. Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta ko'zimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

2. Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

3. Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

4. Apple'ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

5. Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

6. Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

@ITmavzu
1.7K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-24 17:39:07
Startap uchun qayerdan g‘oya olsa bo‘ladi?

1. Xaqiqiy biznes-loyihalar jamlangan Crunchbase.com sayti bor (ingliz tilida). Sayt ixtisoslashuvi, moliyalashtirish bosqichi, texnologiyasi va boshqalar bo‘yicha saralangan venchur loyihalar ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

2. Gʻoyalarni qayerdan izlashni aniqlab oldik. Endi qaysi sohada tajribangiz bor, qayerda ishlagansiz, va nimaga qiziqishingizga qarab saytdan kerakli loyihalarni saralab oling. Masalan SMM va dasturlashga qiziqsangiz, sizga marketingga yo‘nalgan g‘oyalar qiziq bo‘lishi mumkin.

@ITmavzu
1.7K views14:39
Ochish/sharhlash
2023-05-23 18:40:41
Frilanserlar uchun yana bir mega sayt

Barcha freelancerlarning sevimli sayti - Fl.ru

• Sayt yaratish
• Matnlar
• Dizayn va art
• Dasturlash
• Audio/Video
• 3D grafika
• Rasmlar
• Animatsiya
• Reklama va marketing
• Tarjimalar

Va yana shunga o'xshash juda ko'p sohalarda o'z xizmatlaringizni ko'rsatishingiz va shu tariqa pul ishlashingiz mumkin. Bu yerga kuniga juda ko'p minglab insonlar o'zlariga kerakli bo'lgan narsalarni yozishib, e'lon joylashtiradi. Bu yerda asosan dasturchilar ko'p.

Bu yerda nafaqat xizmat ko'rsatish, balki portfolio sifatida foydalanish yoki vakansiya izlash mumkin.

@ITmavzu
2.0K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-05-22 18:42:19
Sizni ruhlantiruvchi maslahatlar

1. Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.
2. Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz - dangasa bo`lmang.
3. Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin.
4. Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir.
5. Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.

@ITmavzu
2.0K views15:42
Ochish/sharhlash