Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonga asosan qaysi davlatlardan telefonlar olib kelina | IT-MAVZU

Oʻzbekistonga asosan qaysi davlatlardan telefonlar olib kelinayotgani maʼlum boʻldi

Spot nashri Davlat statistika qo'mitasiga tayanib xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $154,2 mln ga teng boʻlgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Mobil telefonlar yurtimizga, asosan, 14 ta davlatdan import qilingan. Xususan:

• Xitoy — $79,5 mln;
• Vyetnam — $60 mln;
• Hindiston — $7,2 mln;
• Qozogʻiston — $5,3 mln;
• BAA — $1,4 mln;
• Germaniya — $647 ming;
• Rossiya — $175,8 ming.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan.

@ITMavzu