Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 55

2021-12-31 12:01:35
Huawei smartfonlarida video player ilovalarini o'rnatish haqida

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Об установке приложений видеоплеера на смартфонах Huawei
2.0K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 18:01:01 Pavel Durov oʻzining kanalida katta post qoldirdi. U yana nimadan norozi

Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda bugungi kunda maʼlumotlar xavfsizligini uchinchi tomonga uzatadigan ilovalar va bu narsaga eʼtiborsizlik bilan qaraydigan kompaniyalar haqida soʻz boradi. Pavel mana shu vaziyatdan Telegramning pozitsiyasi hamda oʻsha kompaniyalarni Telegram bilan tenglasha olmasligi haqida oʻz fikrini bildirgan.

Spot nashri ushbu postni o'zbek tiliga tarjima qilibdi:

«Yaqinda eʼlon qilingan
hisobot Telegram oʻz foydalanuvchi maʼlumotlarini maxfiy saqlash vaʼdasiga sodiqligini isbotladi, WhatsApp kabi ilovalar esa real vaqt rejimida foydalanuvchi maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga beradi va “E2E shifrlash” haqidagi koʻplab daʼvolariga qaramay, xabarlar mazmunini ham oshkor qilishi mumkin.

Hisobot Telegram foydalanuvchilarning ishonchini buzmaydigan kam sonli xabar almashish ilovalaridan biri ekanligini tasdiqladi.

Men unchalik ham hayron emasman. Koʻplab boshqa ilovalar oʻz foydalanuvchilari xohlasa ham, ularning maxfiyligini kafolatlay olmaydi. Ularning injenerlari AQShda istiqomat qilishlari sababli, AQSh hukumati ularga buyruq berganida, ular oʻz ilovalarida yashirincha “bekdor” oʻrnatishlari kerak. Agar injener bu haqda omma oldida oshkor qilsa, “gag order“ni buzgani uchun qamoqqa tushishi mumkin.

Aksariyat hollarda agentliklarga WhatsApp kabi xabar almashish ilovalaridan shaxsiy maʼlumotlarni olish uchun sud qarori ham kerak emas, boshqa hollarda esa sud hujjatlari maxfiylik saqlanadi. U ayrim xavfsiz ilovalar yaratilganidan beri davlat idoralari tomonidan moliyalashtirilgan (masalan, Anom, Signal).

Koʻp yillar davomida Milliy xavfsizlik agentligi (NSA) xalqaro shifrlash standartlari NSA shifrlashi mumkin boʻlgan narsaga mos kelishiga ishonch hosil qilib keladi va shifrlashning boshqa barcha yondashuvlari “nostandart” yoki “home-brew” deb etiketlanadi. NSA shifrlash sanoatidagi proksi-serverlari orqali (masalan, shunga oʻxshash) butun dunyo tomonidan ishlatiladigan shifrlash uchun notoʻgʻri standartlarni oʻrnatdi va boshqalarni “oʻz shifrlashini tarqatishdan” ogohlantirdi.

AQShda joylashgan WhatsApp kabi ilovalarning “bekdor” sababli qiynalayotgani ajablanarli holat emas.

Eshitishimcha, AQShdagi raqobatchilarimiz marketingga katta sarmoya kiritganiga qaramay (Telegram hech qachon investitsiya qilishga majbur boʻlmagan) Telegram oʻsishiga tenglasha olmayotganidan norozi. Ammo bizning oʻsishimizga teng kelish uchun ular birinchi navbatda oʻz xatti-harakatlari marketing daʼvolariga mos kelishiga ishonch hosil qilishlari kerak. Ungacha, afsuski, ularning ilovalaridagi maʼlumotlar buzilishi va xavfsizlik muammolari muqarrar boʻlib qoladi
».


@ITMavzu
2.0K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 17:00:31
Huawei smartfonlariga ijtimoiy tarmoqlar va messenjer ilovalarini o'rnatish

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установите приложения социальных сетей и обмена сообщениями на смартфонах Huawei
1.7K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-30 16:26:14
Frilansermisiz? Quyidagi 3 maslahat siz uchun.

1. Kun grafigini tuzib oling

Kunning har bir soatini biror narsa uchun ajrating. Grafik ayni muddao. Besaranjom, tartibsiz kunda ishning mahsuldorligi tushib ketadi. Asosiysi, hobbingiz uchun kamida 2 soat ajrating.

2. Charchadingizmi? Dam oling.

Ko'pchilik frilanserlar buyurtmani olishib, unga ulgurmay qolishsa, tuni bilan ham ishlab chiqadi. Bu nafaqat ishning mahsuldorligiga, balki organizmga ham ta'sir o'tkazadi. Agar ish jarayonida charchasangiz, dam oling! Kuch to'plab, kofe ichib, yana ishga qayting.

3. Deadline (muddat) tugashini kutmang
Siz buyurtma olayotgan payt, byudjet bilan birga, ish muddatini ham kelishasiz. Frilanserlar muddat ko'p bo'lsa, ishni bemalol, xohlasa bugun, xohlasa ertaga bajarishadi. Bu oxirgi kunlar ishning ko'payishiga olib keladi. Siz muddat tugashini kutmang, grafik asosida, ish uchun nechi soat ajratganingizga qarab, ishni bajarib ketavering — oxirida esa natijaga erishasiz!

@ITMavzu
2.2K views13:26
Ochish/sharhlash
2021-12-30 13:08:01
Huawei smartfonlariga ilova va o‘yinlarni o‘rnatish

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установка приложений и игр на смартфоны Huawei
2.2K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-12-29 21:03:38
AQSHda kam ta'minlangan oila uchun 3D-printerda uy bosib chiqarishdi

Uy Alquist kompaniyasi tomonidan chop etilgan — u qurilish va infratuzilma xarajatlarini kamaytiradigan "maxsus dizayn" uchun 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanadi. Kelajakda kompaniya nafaqat yakka tartibdagi uylar, balki butun Qo'shma Shtatlar bo'ylab ko'p xonadonli, aralash va qariyalar uylarini qurishni rejalashtirmoqda.

Eypril Stringfild va uning 13 yoshli o'g'li kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun xayriya dasturi doirasida o'zlarining birinchi 3D-bosma uyining kalitlarini olishdi.

111 kvadrat metrlik inshoot Virjiniya shtatining Uilyamsburg hududida odatiy 4 hafta o'rniga 12 soat ichida qurib bitkazilgan.

Uch xonali va ikki hammomli konstruksiya tez qotuvchi beton karkasiga asoslangan. Quruvchilarning fikriga ko'ra, material uzoq muddatli foyda keltiradi — u haroratni yaxshi saqlaydi va shikastlanishga chidamli. Printerlar qurilish xarajatlarini 15 foizga kamaytirgan.

@ITMavzu
1.6K views18:03
Ochish/sharhlash
2021-12-29 19:19:17
Onlayn xaritalar ilovalarini Huawei smartfoniga o‘rnatamiz

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установка приложений просмотра карт Yandex Maps, 2GIS, Maps.me на смартфоны Huawei
1.7K views16:19
Ochish/sharhlash
2021-12-29 13:22:19
YouTube’dagi The Brick Wall kanali muallifi LEGO konstruktor to‘plami va undan turli qurilmalarni yig‘ish haqidagi videolarni joylashtirib boradi. Videolardan biri LEGO-fabrika yordamida kichik bodring kulbasini yig'ishga bag'ishlangan.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, g‘oyani amalga oshirish uchun unga 18 ta bodring kerak bo‘lgan, ulardan oltitasi qurilish jarayonida singan. Fabrikaning o'zi uchun 23 mingdan ortiq konstruktor detallari, 21 dvigatel va yettita BuWizz dasturlashtiriladigan kontrollerlari ishlatilgan. Hammasi bo'lib, chizmalarni tuzish, fabrika va bodring uyni qurish va suratga olish uchun 83 kun kerak bo'lgan.

Shuningdek, The Brick Wall kanali xuddi shu LEGO-fabrika orqali pitsa, takos, ispan yeguligi tapasni tayyorlash va kartoshka tozalash haqidagi ko'plab videolarga ega.

Muallifning kanali | Xabar manbasi

@ITMavzu
2.8K views10:22
Ochish/sharhlash
2021-12-29 11:59:59
Huawei smartfonlariga o’yinlarni o’tkazish

#hms #huaweimobileservices #hmscore #huawei #appgalery

Установка игр на смартфоны Huawei
2.3K views08:59
Ochish/sharhlash
2021-12-28 18:34:01 Odamlar stressga tushishi mumkin lekin kompyuter stressga tushmaydi

Sun'iy intellekt odamlar va hayvonlar tomonidan ko'rsatiladigan tabiiy intellektdan farqli o'laroq, ong va hissiyotlarni o'z ichiga olgan, mashinalar tomonidan namoyish etiladigan aqldir. Oddiy qilib aytganda sun’iy intellekt bu insonlarga taqlid qiluvchi mashinalardir.

Bugungi kunda butun dunyoda jadal rivojlanayotan sohalardan biri bu sun’iy intellektdir. Agar siz Tesla avtomobilidan foydalansangiz Teslaning sun’iy intellektini tarbiyalayapsiz. Qanday qilib, deysizmi? Tesla avtomobili sizning mashina haydashdagi xatti-harakatlaringizni va yo’llarni avtomatik tarzda eslab qoladi va bu ma’lumotlarni to’plab boradi. XXI asda eng muhim narsa bu-ma’lumotlar hisoblanadi.

Sun’iy intellektga doir boshqa qiziqarli ma’lumotlarni shu sohaning mutaxassisi Anvar Narzulloh bilan bo’lib o’tgan master-klassni ko’rish orqali bilib olishingiz mumkin.

Havola:



@ITMavzu
1.7K views15:34
Ochish/sharhlash