Get Mystery Box with random crypto!

IT-MAVZU

Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU I
Telegram kanalining logotibi itmavzu — IT-MAVZU
Kanal manzili: @itmavzu
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.60K
Kanalning ta’rifi

IT haqida yozuvchi eng sara telegram-loyihalardan biri.
Reklama uchun — @Itmavzuads

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 50

2022-04-23 17:55:56
1.5K views14:55
Ochish/sharhlash
2022-04-23 17:27:51
Xitoylik bloger o‘zining shaxsiy iPhone-ini yaratdi.

Blogger yangi korpusga iPhone SE 2022 ichki qurilmalarini o‘rnatdi. Qo'lda yasalgan iPhone MIX 2.0 modelida qalqib chiquvchi selfi kamerasi, USB-C porti, naushnik uyasi va orqada Touch ID mavjud. Ekrani esa 6 dyuym va og‘irligi iPhone SE 3 ning og'irligidan 25 gramm kamroq.

Natijada klassik iPhone-ning yoqimli va funktsional yangilanishi hosil bo'ldi

@ITMavzu
1.9K views14:27
Ochish/sharhlash
2022-04-21 14:27:29 Mutaxassislar bilan yuzma-yuz

Dasturlashga qiziquvchi, sohaning buguni va kelajagi haqida o'zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqchi bo'lgan yoshlar uchun yangilik: “Najot Taʼlim” markazi 8-may — yakshanba kuni soat 10:00 da keng qamrovli ochiq dars tashkil qilmoqda.

Ushbu katta masshtabli ochiq dars Oʻzbekiston Milliy universiteti yonidagi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri boshqarmasida bo'lib o'tadi. Soha bo'yicha barcha savollaringizga mutaxassislardan javob olish uchun, hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish

Dasturlashni o'rganmoqchimisiz? Unda bu ochiq dars aynan siz uchun!

@ITMavzu
2.0K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-04-20 13:02:01
AQSh hukumati Shimoliy Koreya xakerlari haqidagi ma'lumot uchun 5 million dollar taklif qilmoqda

Pxenyan manfaatlarini ko‘zlab, “butun dunyo bo‘ylab moliyaviy institutlar va kriptovalyuta birjalari kiberxavfsizligiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar” uchun AQSh hukumati 5 million dollar mukofot kafolatladi.

Shuningdek, AQSh Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In manfaati uchun “xorijiy jismoniy shaxslar, hukumatlar yoki boshqa shaxslarga qarshi kompyuter tarmoqlari yoki tizimlaridan foydalanish orqali kiberxavfsizlikka putur yetkazuvchi faoliyatni bila turib amalga oshirgan” har qanday shaxs haqidagi maʼlumot uchun toʻlaydi.

Qizig'i shundaki, katta mukofotlar haqidagi e'lon FBI Shimoliy Koreyani tarixdagi eng yirik kriptovalyuta o'g'irlashlaridan biri uchun javobgar deb hisoblaganidan ko'p o'tmay paydo bo'ldi: o'tgan oy Ronin blokcheyni buzilib, 600 million dollardan ortiq kriptovalyuta o'g'irlangan.

@ITMavzu
2.9K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-04-20 12:02:24
Бугун ҳар қадамимизда рақамлашган технологияга дуч келамиз. Қўлимиздаги телефон орқали ўзимиз учун янги платформа - янги дунё кашф қиламиз.

Шундан ҳам тушунса бўладики, IT - бу келажак!

Нафақат йигитлар, балки қизлар ҳам бу соҳада ўз ўринларини топиши мумкин. Бунинг учун эса, албатта, уларни қўллаб-қувватлаш зарур. Инновация технология ва стратегия маркази, Швейцариянинг Ўзбекистондаги элчихонаси билан ҳамкорликдаги ICT4Girls лойиҳаси ҳам қизларга бу борада кўмаклашади. Лойиҳа доирасида яқинда 100 нафар қиз учун бепул IT-оромгоҳ ташкил этилган.

Улар ўтказаётган сўровномада иштирок этинг, янги фикр ва ғоялар беринг.

Instagram | Telegram
2.5K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-04-18 22:44:45 4500 wmz (web money) bor sotib oladiganlar yo’qmi
3.8K views19:44
Ochish/sharhlash
2022-04-18 18:07:10
EPAM oʻz xodimlarini Rossiya va Belarusdan Oʻzbekistonga koʻchirdi.

Gap yuzlab xodimlar haqida bormoqda - taxminan 800-900 ta dasturchilar.

Kompaniya xodimlariga ularni ko'chirishda ham moliyaviy (kunlik nafaqa, chiptalar), ham amaliy (uy-joy qidirish) yordam berdi.

EPAM dunyodagi eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniya S&P 500 reytingidan joy olgan va butun dunyo bo'ylab 60 000 ga yaqin xodimga ega. O'zbekistonda 2019-yildan beri o'z ofisi bor.

EPAM o'tgan yili 3,7 milliard dollar daromad ko'rgan.

@ITMavzu
4.3K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-04-18 10:54:04
Oʻz sohangizda professional boʻlmoqchimisiz, unda bu aynan siz uchun!

Kuzatgan boʻlsangiz, deyarli har bir intervyuda kishi oʻz sohasini professionali boʻlishi kerakli haqida gapiraman. Lekin hech shu mavzuda batafsil toʻxtalmagan, tajribalarim bilan boʻlishmagan ekanman. Buni sezgan Astrum jamoasi "Noldan professionallik darajasigacha qadam" mavzusida oflayn trening tashkil qilishni taklif qilishdi. Men esa rozi boʻldim

Demak, 19-aprel soat 14:00 da boshlanadigan treningga har biringizni taklif qilaman. Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Astrum IT academy

Borishni istasangiz, 19-aprel soat 13:00 da Oʻzbekiston mehmonxonasining yonida bepul avtobus sizni kutadi.

Roʻyxatdan oʻtish: forms.gle/mqWkZZC2WfBs2kuV8

@abdusattor
2.7K views07:54
Ochish/sharhlash
2022-04-17 18:00:40
Windows XP yangi Windows 11 ga qaraganda mashhurroq bo'lib chiqdi

Lansweeper tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqotga ko'ra, Windows 11 hozirda barcha ro'yxatdan o'tgan shaxsiy kompyuterlarning atigi 1,44 foizida ishlaydi, bu esa yangi operatsion tizimni hatto Windows XP kabi eski platformalardan ham ortda qoldiradi. XP ning ulushi 1,71 foizga to'g'ri kelishi ma'lum bo'ldi.

Boshqa versiyalarga kelsak, Windows 7 operatsion tizimida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlarning umumiy soni 4,7% ni tashkil etdi, Windows 10 esa 80,34% bilan mutlaq yetakchi bo'ldi.

@ITMavzu
3.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-04-15 19:00:50
iBeer ilovasining yaratuvchisi kuniga 2000 dollardan ishlab topgan

Apple 2008-yilda AppStore do'konini ishga tushirganida, mashhur fokuschi Stiv Sheratonga murojaat qilib, undan endi chiqqan iPhone'ning imkoniyatlarini namoyish etuvchi ilova yaratishni so'ragan. Fokuschi ilova animatsiyasini akselerometr ma'lumotlari asosida smartfon harakati bilan bog'langan haqiqiy video tasvirlar bilan almashtirdi. Natijada, foydalanuvchi go'yoki telefonga quyilgan suyuqlikni ichayotganday illyuziya hosil bo'lar edi.

Ilova darhol katta shuhrat qozondi, chunki hamma o'z do'stlariga bunday hiylani ko'rsatishni xohlardi. Uning narxi 2,99 dollar bo'lgan. Qisqa vaqt ichida iBeer o'z yaratuvchisiga kuniga 2000 dollargacha olib kela boshlagan va birinchi chiqqan iPhone'ning xit ilovalaridan biri bo'lgan.

@ITMavzu
4.1K views16:00
Ochish/sharhlash