Get Mystery Box with random crypto!

Navbatdagi ultra-og'ir OS yoki 'qariyalar' uchun yangi hayot? | IT-MAVZU

Navbatdagi ultra-og'ir OS yoki "qariyalar" uchun yangi hayot? — Chrome OS Flex by Google.

Google Fuchsia OSdan so'ng Chrome OSni yaratishga qaror qildi. Ammo bu safargi OS kutganimizdan a'lo. Nega?

— Chrome OS Flex haqida.
Chrome OS Windows, Mac va Linux OSlarini «ko'tara oluvchi» barcha kompyuterlarga mos kelaveradi. Buning ustiga OS bepul, va eng qizig'i Apache 2.0 litsenziyasiga ega.

— «Mening kompyuterim eski, Chrome OSni torta oladimi?»
2-Jahon urushini ko'rgan kompyuterlar, albatta, Windows 7dan nariga o'ta olishmasada, quyidagi xarakteristikalar ushbu OSga to'g'ri keladi:

64-bitli Intel yoki AMD protsessori
4 Gb OZU

Shuni qayd etish lozimki, OS ARM-arxitekturani qo'llab-quvvatlamaydi.

Сhrome OS Linuxga asoslangan, shu tariqa Linux ilovalarini ham ishga tushurish mumkin. Google ayni damda OSda Windows ilovalarini ham ishga tushurish ustida ish olib bormoqda. Ammo bu hammasi emas, OSda Android-ilovalarni hech qanaqa qo'shimcha dasturlarsiz ham ishga tushurish mumkin.

— OS bepul. Google'ga bundan qanday foyda?
Bu haqida Google hozircha birorta ham izoh bermadi. Ekspert-analitiklarning fikricha, Google OS bozorida o'z foizini ko'tarmoqchi. Chunki Statcounter statistikaga e'tibor qiladigan bo'lsak, Chrome OSning dunyo bo'yicha ulushi atigi 2.6%, lekin Linuxdan 0.41% ga ko'p. O'zbekiston bo'yicha esa Windowsning ulushi 88.54%, Chrome OS esa 0.06%.

Ammo butunlay Chrome OSga o'tishni maslahat bermaymiz, negaki OS hali "xom", baglar, xatoliklar va kamchiliklar istisno emas. Agarda Chrome OSni yaqin 1-2 yil ichida to'liq optimizatsiya qilishsa, sizning qariya kompyuteringiz uchun ayni muddao bo'ladi.

Chrome OS Flex

@ITMavzu / #chromeos #google #OS