Get Mystery Box with random crypto!

Houserning ketishi, TakeTwo'ning 'ishorasi', analitikning tahm | IT-MAVZU

Houserning ketishi, TakeTwo'ning "ishorasi", analitikning tahmini — GTA 6 chiqadi(mi)?

Fevral oyi geymerlar uchun shov-shuvli yangilik bilan boshlandi. Redditda 1 kun ichida mingdan ortiq muhokamalar, Youtuberlar uchun virusli kontent — barchasi GTA 6 bilan bog'liq. Rostdan ham GTA 6 chiqadimi?

Fevralning boshida Rockstar o'zining rasmiy Twitter-akkauntida GTAning yangi versiyasi ustida ishlar avjida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Bundan avvalroq esa TakeTwo investorlar uchun hisobotida 2024-yili kompaniya byudjeti 2023-yilga qaraganda 14% oshishini kutayotganini bildiradi. Analitiklar fikricha, TakeTwo bunday natijaga erishishi uchun o'yinlarni kamida 9mlrd $ ga sotishi kerakligini aytishdi, ekspertlar esa bunday natijaga faqat GTA o'yinlarini sotish bilan erishish mumkinligini ta'kidlashdi.

Bundan avvalroq TakeTwo GTA 5ning chiqishini ham shu tariqa bildirgan edi.

Ammo Twitterda AccNGT nomi ostida tanilgan analitik GTA 6 ustida olib borilayotgan ishlar tartibsiz va xaotik ketmoqdaligini, o'yin uni kutayotganlarni umidini puchga chiqarishini aytib o'tdi.

Bunga esa Dexerto portalining yozishicha, Rockstar Gamesdan studiyaning vitse-prezidenti Den Houserning ketishi sabab bo'lmoqda ekan.

Reytingi eng past va baglar bo'yicha rekordsmen GTA Trilogydan boshqa 2013-yildan beri biror tayinli yangilik qilmayotgan Rockstardan vanihoyat sado chiqdi. Nima bo'lganda ham, asosiy e'tiborni syujetga emas, funksionallik va optimizatsiyalashgan grafikaga qaratishsa soz bo'lardi. Baribir xohlagan o'yinni uni multipleyeri "ushlab turadi".

@ITMavzu