Get Mystery Box with random crypto!

Urush haqida koʻp oʻqib boryapman, har xil odamlar bilan shu m | Iqtisodchi Kundaligi

Urush haqida koʻp oʻqib boryapman, har xil odamlar bilan shu mavzuda gaplashaman va bir narsaga eʼtibor berishni boshladim. Kreml ham, gʻarbdagi siyosatchilar ham va eng muhimi Ukrainalik siyosatchilar ham, bir masalada hamfikrlar, lekin menga bu narsa bunchalik trivial koʻrinmaydi.

Gʻoya quyidagicha: “Agar Rossiya urushni yutqazsa, unda Putin rejimi ham qulaydi”. Bu gʻoyaga Kreml ishonib qolgan, buni yaqqol koʻrsa boʻladi — qanchalar koʻp qurbonliklar boʻlmasin, qanchalik koʻp vayronagarchilik boʻlmasin, qanchalar Rossiyaliklarni iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli yomonlashmasin, urushni “ekzistensial” deb oʻylashmoqda Rossiyalik boshqaruvchilar. Rus propagandasi ham, bu urushda magʻlubiyat cheksak — boʻldi, tamommiz degan narrativni xalqqa sotmoqda. Menga tushunarsiz koʻrinayotgani, gʻarb siyosatchilari ham oʻylashyaptiki, urushni Rossiya yutqazsa Putin rejimi qulaydi deb. Menimcha bu unchalik trivial emas, juda koʻp diktatorlar urushlarni yutqazib koʻp yillar oʻz taxtida qolgan. Gʻarbliklar va Ukrainaliklarda bu “wishful thinking” — yaʼni shunday boʻlishini xohlashgani uchun, shunday taxmin qilishmoqda, Kremlda esa, bu analitik xato.

Shu masala qiziq, jang maydonidagi dushmanlar — bir xil masalalarda hamfikrlar. Vaholanki, bu fikr toʻgʻriligiga shubhalanish mumkin.