Get Mystery Box with random crypto!

Huquqshunos yordami

Telegram kanalining logotibi huquqshunos_yordami — Huquqshunos yordami H
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Педагоглар
Telegram kanalining logotibi huquqshunos_yordami — Huquqshunos yordami
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Педагоглар
Kanal manzili: @huquqshunos_yordami
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 75.82K
Kanalning ta’rifi

Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504
Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇
@Online_maslaxatchii
@telefon_orqali_maslaxat

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 153

2021-11-25 08:06:51 BAYRAM VA DAM OLISh KUNLARI ISHLAGANIM UCHUN QO`SHIMCHA HAQ TO`LANADIMI?

Savol:
Assalomu alaykum Men Jizza viloyati Uchtepa tumani tuma tibbiyot birlashmasida ishlayman
Bizga bayram kunlari , yakshanba kunlari navbatchi bo'lib ishlaganimiz uchun ish haqimizga qo'shilmas ekan
Agar bosh vrach o'zi buyruq bilan chaqirib olsa qo'shiladi deyishdi

Shu tog'rimi Bu muammo bo'yicha qayerga murojaat qilsak bo'ladi

Javob: sizga bayram va dam olish kunlari ishlaganiz uchun qo`shimcha haq to`lanadi. Asos Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq to‘lash:

Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Sizga agar dam olish va bayram kunlari uchun qo`shimcha haq to`lanmasa, tuman Adliya bo`limiga ariza berishiz kerak, ular sizga amaliy yordam beradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
35.5K views05:06
Ochish/sharhlash
2021-11-24 08:03:18 MENI 3 YOShGA TO`LMAGAN FARZANDIM BOR HAFTASIGA QANCHA ISHLAYMAN?

Savol: Assalom alekum. Mening savolim shunday. Mening 3 yoshga yetmagan farzandim bor. Turmush o'rtog'im esa talaba Bog'chada 1 stafka haftasiga 40 soat ishlashim mumkinmi. Yana mehnat qonunchiligidagi ayyollarga berilga imtiyozga muvofiq 35 soatga yetmagan holda ishlashim va to'liq oylik maosh olishim mumkinmi. Buning uchun qayerga murojat qilsam boladi?

Javob: Mehnat kodeksining 228-1-moddasi Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalarda ishlayotgan ayollarning ish vaqtining qisqartirilgan muddatiga bo‘lgan huquqi haqida. Unga ko`ra:
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog‘ida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ayollar mehnatiga haq har kungi to‘liq ish muddati chog‘ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Demak, sizni 3 yoshga to`lmagan farzandiz borligi uchun sizga haftasiga 35 soatlik ish vaqti belgilab beriladi, belgilangan 35 soatlik ish haftasiga oylik har kungi to‘liq ish muddati chog‘ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Agar sizga ish beruvchi haftasiga 35 soatlik ish vaqti belgilab bermasa yoki kam haq to`lasa, tuman adliya bo`limiga ariza berishiz kerak. Adliya bo`limi xodimlari sizga amaliy yordam beradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
33.0K views05:03
Ochish/sharhlash
2021-11-23 07:43:54 Savol: Mening onam 1968- yilda tug‘ilganlar. 2022-Yil 15-fevraldan pensiyaga chiqadi. 1987-yil avgust oyidan buyon ishlaydi meditsina yunalishida. 5 nafar farzandlari bor shundan 2 tasida tug‘ruq tatilida o‘tirgan2 yildan. 3 tasida 3 6 oylik qilib ishga chiqib ketgan. Yendi qaror chiqibdi xar bir farzand uchun 3 yildan olinadi stajidan deb shu to‘g‘rimi.

Javob: Mehnat kodeksining 234-moddasida Bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar haqida unga ko'ra:
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
Ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari (ushbu moddaning birinchi qismi) saqlanib qoladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan uch yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.
Bolani parvarishlash ta’tillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, keyingi haq to‘lanadigan yillik ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shilmaydi.

Sizni oyizni stajini hisoblashda bola parvarishlash ta'tilini quyidagicha hisoblaymiz:

2 nafar farzandiga 2 yildan jami 4 yil. 3 nafar farzandiga 6 oydan jami 1.5 yil. 4 yil + 1.5 yil = 5.5 yil

Sizni oyiz jami 5.5 yil bola parvarishlash ta'tilida bo`lgan ushbu ta'tilning 3 yili stajiga qo'shiladi. Asos Mehnat kodeksining 234-moddasi 5-qismi "Болани парваришлаш таътиллари даврида аёлнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Бу таътиллар меҳнат стажига лекин ҳаммасини жамлаганда кўпи билан уч йил, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига ҳам қўшилади."

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
32.5K viewsedited  04:43
Ochish/sharhlash