Get Mystery Box with random crypto!

MENI 3 YOShGA TO`LMAGAN FARZANDIM BOR HAFTASIGA QANCHA ISHLAYM | Huquqshunos yordami

MENI 3 YOShGA TO`LMAGAN FARZANDIM BOR HAFTASIGA QANCHA ISHLAYMAN?

Savol: Assalom alekum. Mening savolim shunday. Mening 3 yoshga yetmagan farzandim bor. Turmush o'rtog'im esa talaba Bog'chada 1 stafka haftasiga 40 soat ishlashim mumkinmi. Yana mehnat qonunchiligidagi ayyollarga berilga imtiyozga muvofiq 35 soatga yetmagan holda ishlashim va to'liq oylik maosh olishim mumkinmi. Buning uchun qayerga murojat qilsam boladi?

Javob: Mehnat kodeksining 228-1-moddasi Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalarda ishlayotgan ayollarning ish vaqtining qisqartirilgan muddatiga bo‘lgan huquqi haqida. Unga ko`ra:
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog‘ida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ayollar mehnatiga haq har kungi to‘liq ish muddati chog‘ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Demak, sizni 3 yoshga to`lmagan farzandiz borligi uchun sizga haftasiga 35 soatlik ish vaqti belgilab beriladi, belgilangan 35 soatlik ish haftasiga oylik har kungi to‘liq ish muddati chog‘ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Agar sizga ish beruvchi haftasiga 35 soatlik ish vaqti belgilab bermasa yoki kam haq to`lasa, tuman adliya bo`limiga ariza berishiz kerak. Adliya bo`limi xodimlari sizga amaliy yordam beradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii