Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Mening onam 1968- yilda tug‘ilganlar. 2022-Yil 15-fevra | Huquqshunos yordami

Savol: Mening onam 1968- yilda tug‘ilganlar. 2022-Yil 15-fevraldan pensiyaga chiqadi. 1987-yil avgust oyidan buyon ishlaydi meditsina yunalishida. 5 nafar farzandlari bor shundan 2 tasida tug‘ruq tatilida o‘tirgan2 yildan. 3 tasida 3 6 oylik qilib ishga chiqib ketgan. Yendi qaror chiqibdi xar bir farzand uchun 3 yildan olinadi stajidan deb shu to‘g‘rimi.

Javob: Mehnat kodeksining 234-moddasida Bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar haqida unga ko'ra:
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
Ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari (ushbu moddaning birinchi qismi) saqlanib qoladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan uch yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.
Bolani parvarishlash ta’tillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, keyingi haq to‘lanadigan yillik ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shilmaydi.

Sizni oyizni stajini hisoblashda bola parvarishlash ta'tilini quyidagicha hisoblaymiz:

2 nafar farzandiga 2 yildan jami 4 yil. 3 nafar farzandiga 6 oydan jami 1.5 yil. 4 yil + 1.5 yil = 5.5 yil

Sizni oyiz jami 5.5 yil bola parvarishlash ta'tilida bo`lgan ushbu ta'tilning 3 yili stajiga qo'shiladi. Asos Mehnat kodeksining 234-moddasi 5-qismi "Болани парваришлаш таътиллари даврида аёлнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Бу таътиллар меҳнат стажига лекин ҳаммасини жамлаганда кўпи билан уч йил, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига ҳам қўшилади."

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii