Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onaning roziligi uchun xotinga zulm qilmang! Shubhasiz, o | Hubbuna

Ota-onaning roziligi uchun xotinga zulm qilmang!

Shubhasiz, ota-onaga yaxshilik qilish farzdir. Ammo shuni unutmangki, ota-onaga yaxshilik qilish uchun xotinga zulm qilish shart emas. Ham ularga, ham turmush oʻrtogʻingizga goʻzal muomalada boʻlishingiz, ikkita fazilatni bir vaqtda jamlashingiz kerak. Chunki zimmangizda ayolingizning ham haqqi bor. Buni siz amalga oshirishingiz kerak. Unga turmush oʻrtoqdek munosabatda boʻlish, moddiy ehtiyojlarini taʼminlab berish sizning majburiyatingiz. Shunday ekan, ota-onaning roziligi uchun xotinga zulm qilmang, xotinni rozi qilaman deb, ota-onani tashlab qoʻymang. Alloh barchamizni Oʻzi rozi boʻladigan amallarga yoʻllab qoʻysin!

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida