Get Mystery Box with random crypto!

Hasanov kundaligi 📘

Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘 H
Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘
Kanal manzili: @hasanovblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.26K
Kanalning ta’rifi

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...
👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-21 09:14:01 Bilim yetishmayotganini his qilganim uchun ilm olaman.

- Biror bir amalning joiz yoki nojoizligini bilmay qolganimda;
- Ish jarayonida tug‘ilgan muammoni hal qilishda tajribam kamlik qilganida;
- Savol berilganda, asli oddiy bo‘lsa-da javob berolmaganimda;
- Qaror qabul qilish payti yo‘llardan birini tanlashda bilimimga emas, xom tavakkalga asoslanganimda...

Har doim mana shunday vaziyatga tushsam, ilm olish uchun motiv paydo bo‘ladi va olishga harakat qilaman.

Umuman ilm olmaydigan insonlar haqida o‘ylasam, hayron qolaman. Ular o‘zlarida hamma bilim yetarli deb hisoblaydimi shunda yoki boshqa sabab bormi?

telegram.me/hasanovblog
553 viewsedited  06:14
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:53:28 Mijoz korxonalardagi marketing bo‘limi uchun ishga olishga nomzodlar bilan suhbat tashkillashtiryapman.

1. Shunchaki ish bo‘lsa bo‘ldi, ishlab ketaverman deydiganlar suhbatga ham chaqirilmaydi.
2. Soha bo‘yicha umuman tajribasi yo‘qlar suhbatga chaqirilmaydi.
3. Suhbatga kech qoladiganlar ishga olinmaydi.
4. Yolg‘on gapiradigan yoki yolg‘onga neytral qaraydiganlar ishga olinmaydi.
5. Beqaror, ko‘p ish o‘rnini alishtirganlar ham.
6. Rejalari tarqoq, bizda uzoq muddat ishlashni rejalashtirmaganlar ham ishga chaqirilmaydi.

Shuncha filtrdan o‘tsa, tadbirkorga va uning biznesiga foyda olib kelishi mumkin.

P.S. Lekin Buxoroda unaqa odam topish qiyin bo‘lyapti

telegram.me/hasanovblog
697 views07:53
Ochish/sharhlash
2022-08-15 06:40:01 Yangi g'oyalarni rahbariyatga taqdim etishdan oldin, g‘oya borasida o’zimizga berishimiz lozim bo'lgan 10 ta punktdan iborat "Asosiy savollar" ro'yxati:

1. Mijoz uchun qanday foyda beradi?

2. Mijoz foyda nima ekanini darrov tushunib yetadimi?

3. Xodimlarning majburiyatlari qay tarzda o'zgaradi?

4. Bu g'oya hozirda mavjud bo'lgan tizimlarning ishiga qanday ta’sir ko'rsatadi?

5. Shunga o'xshash tajribalar muvaffaqiyatli o'tkazilganmi? Ular bilan tanishish orqali nimalarni o'rganib olsa bo'ladi?

6. Qanday muammoga duch kelish mumkin?

7. Bu g'oya orqali kompaniyada raqobat ustunligi paydo bo'ladimi?

8. Qancha sarf-xarajat qilinadi?

9. Foyda olishga mo'ljallanganmi?

10. Natijalarni baholashni qachon boshlasak bo'ladi?

Bu filtrdan o‘tgan g‘oya rahbariyat tomonidan iliq qabul qilinadi.

telegram.me/hasanovblog
708 views03:40
Ochish/sharhlash
2022-08-13 18:28:04
@chiroylimoliya simply do it
583 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-08-12 09:39:25 Birovning cho‘ntagi

Bizda shu narsaga qiziqish baland negadir. Ayniqsa hamkasblar orasida. Oxirgi vaqtlarda birga ishlayotgan mijozlarim "Korporativ madaniyat"iga xodimlar o‘zaro bir-biridan oyligini so‘ramaslik kerakligini kiritib ketyapmiz.

Insonlarni cho‘ntagiga qiziqish bu xunuk narsa. O‘zini o‘zgalar bilan solishtirib yashaydigan, boshqalarga nisbatan yaxshi yashasagina baxtni tuyadigan odamlar uchungina bu normal holat.

Birovlarning oylik daromadlari bilan qiziqmang, ulardan qancha topishlarini so‘ramang. Boshqalar sizdan bu haqida so‘rashsa, siz ham chiroyli tushuntiring.

telegram.me/hasanovblog
644 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-11 12:57:33 "Eshikni qattiq yopma!"

Marketing agentligida direktor bo‘lib ishlayotgan paytimda biz ishlayotgan biznes markaz qorovuli bilan bir suhbatlashib qolgandik. Qorovul yoshlari katta inson, ko‘pni ko‘rgan edilar, hayotiy tajriba katta.

Xodimlarni ishdan bo‘shatayotganda, har qanday vaziyatda ham ular bilan chiroyli xayrlashish kerakligini uqtirgandilar. O‘zlarida bu borada bo‘lgan tajribani ham ulashgandilar.

Oddiy eshitilsada, lekin amal qilish juda qiyin ekan. Men buni nafaqat xodimlarga nisbatan, barcha uchun qo‘llay boshladim. Do‘stlar, rahbarim, qarindoshlar, tanishlar, hamkasblar, kursdosh...

Kimdir pand berganda, ortimdan ish qilganda, kompaniya muhitini buzganda ham doimo o‘sha nasihatga, har qanday vaziyatda ham "eshikni qattiq yopmaslik"ka harakat qildim.

Bilasizmi, har safar tobora irodangiz tarbiyalanadi, emotsiyalaringizni jilovlashni, vaziyatni boshqarishni, sabrni o‘rganar ekansiz.

Kitobdan o‘qib emas, tajribamdan ulashyapman. Asqatishiga ishonaman!

telegram.me/hasanovblog
606 views09:57
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:59:20 Men uchun 24/7 qattiq mehnat qilish, 9 dan 18 gacha ishlashdan afzal.

telegram.me/hasanovblog
690 views14:59
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:24:12 Kuchli marketologlar iste'mol madaniyatini yaratishadi...

Genri Fordning shunday so‘zlari bor: "Agar men insonlardan nima xohlashini so‘raganimda ular tezroq yuradigan ot arava so‘rashardi. Men esa ularga avtomobil taqdim etdim".

Marketologlar iste'molchi jamiyat izmida yurishni bas qilishlari va jamiyatda iste'mol madaniyatini rivojlantirish ustida ishlashlari kerak.

Masalan, yirik kompaniyalar o‘zlarining kompyuterlari, uyali telefonlarida mijozlar tomonidan so‘ralmagan hatto ularning kallasiga kelmagan funksiyalarni qo‘shib sotmoqdalar. Yangi texnika bilan tanishish davomida xaridorlar o‘zlariga nima kerakligini yaxshiroq tushuna boshlaydilar.

Bizda narx tushurib raqobat qilish, aksiyalar, bonuslar, chegirmalar orqali sotish ko‘p sohalarda avjiga chiqqan.
Bunday usuldan haddan ortiq ko‘p foydalanishni bozor uchun yomon ta'siri katta:
- Tadbirkorlar kam foyda evaziga ishlab, innovatsiyalarni biznesiga olib kirishi tobora ilojsiz bo‘lib qoladi, bu tufayli mahalliy tadbirkorlar chet ellik tadbirkorlar bilan raqobat qilolmaydi;
- Iste'molchilar ehtiyojga qarab emas bonuslar, chegirmalar bo‘lgandagina xarid qilishga shoshilishadi.

Marketingning asosiy vazifasi iste'molchi uchun qiymat yaratish. Yaratilgan mahsulotni o‘tkazish emas.

telegram.me/hasanovblog
1.4K viewsedited  04:24
Ochish/sharhlash
2021-02-11 06:00:22 — Kim yostiq, suyanchiqdan uzoq bo‘lsa, yetakchilik unga yaqinlashadi.
– Kim oyoq uzatib yotaverishni lozim tutsa, murodu maqsadidan mahrum bo‘ladi.
– Kim uyquni ko‘paytirsa, atrofidagilar undan o‘zib ketadi.
– Kim amalni tark qilsa, orzu-umidlar ham uni tark qiladi.

Cho‘qqiga ko‘tarilishning asosi o‘rindan turishdadir.


telegram.me/hasanovblog
554 viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash
2021-02-09 21:58:36
Toples kanalidagi yangi video dizayner va marketologlar uchun foydali. Nega?

Yan Toples o’zining kanalida “Bu nima uchun chiroyli? Go’zallik nima o’zi” nomli yangi sonini chiqardi. Video boshlang’ich dizayner va marketologlarga ayniqsa qiziqarli bo’ladi. Chunki ko’rsatuv mavzusi - go’zallik. Va yana:

Ko’rsatuvda biz nega bir narsani chiroyli deb hisoblashimiz o’rganilgan. Shuningdek, dizaynerlar doim ishlatishi kerak bo’lgan (lekin ko’pchiligimiz ehtimol hech qachon eshitmagan) - simmetriya, Fibanachchining oltin spirali, oltin kesim (золотое сечение) kabi qoidalar haqida tushuncha berib o’tilgan.

“Toples” YouTube kanali - mashxur videobloger Yan Lapotkov tomonidan fan, texnologiya, koinot kabi aqlni charxlovchi mavzularni sodda tilda tushuntirib boriladigan kanaldir.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
1.3K views18:58
Ochish/sharhlash