Get Mystery Box with random crypto!

'Eshikni qattiq yopma!' Marketing agentligida direktor bo‘li | Hasanov kundaligi 📘

"Eshikni qattiq yopma!"

Marketing agentligida direktor bo‘lib ishlayotgan paytimda biz ishlayotgan biznes markaz qorovuli bilan bir suhbatlashib qolgandik. Qorovul yoshlari katta inson, ko‘pni ko‘rgan edilar, hayotiy tajriba katta.

Xodimlarni ishdan bo‘shatayotganda, har qanday vaziyatda ham ular bilan chiroyli xayrlashish kerakligini uqtirgandilar. O‘zlarida bu borada bo‘lgan tajribani ham ulashgandilar.

Oddiy eshitilsada, lekin amal qilish juda qiyin ekan. Men buni nafaqat xodimlarga nisbatan, barcha uchun qo‘llay boshladim. Do‘stlar, rahbarim, qarindoshlar, tanishlar, hamkasblar, kursdosh...

Kimdir pand berganda, ortimdan ish qilganda, kompaniya muhitini buzganda ham doimo o‘sha nasihatga, har qanday vaziyatda ham "eshikni qattiq yopmaslik"ka harakat qildim.

Bilasizmi, har safar tobora irodangiz tarbiyalanadi, emotsiyalaringizni jilovlashni, vaziyatni boshqarishni, sabrni o‘rganar ekansiz.

Kitobdan o‘qib emas, tajribamdan ulashyapman. Asqatishiga ishonaman!

telegram.me/hasanovblog