Get Mystery Box with random crypto!

Mijoz korxonalardagi marketing bo‘limi uchun ishga olishga nom | Hasanov kundaligi 📘

Mijoz korxonalardagi marketing bo‘limi uchun ishga olishga nomzodlar bilan suhbat tashkillashtiryapman.

1. Shunchaki ish bo‘lsa bo‘ldi, ishlab ketaverman deydiganlar suhbatga ham chaqirilmaydi.
2. Soha bo‘yicha umuman tajribasi yo‘qlar suhbatga chaqirilmaydi.
3. Suhbatga kech qoladiganlar ishga olinmaydi.
4. Yolg‘on gapiradigan yoki yolg‘onga neytral qaraydiganlar ishga olinmaydi.
5. Beqaror, ko‘p ish o‘rnini alishtirganlar ham.
6. Rejalari tarqoq, bizda uzoq muddat ishlashni rejalashtirmaganlar ham ishga chaqirilmaydi.

Shuncha filtrdan o‘tsa, tadbirkorga va uning biznesiga foyda olib kelishi mumkin.

P.S. Lekin Buxoroda unaqa odam topish qiyin bo‘lyapti

telegram.me/hasanovblog