Get Mystery Box with random crypto!

Yangi g'oyalarni rahbariyatga taqdim etishdan oldin, g‘oya bor | Hasanov kundaligi 📘

Yangi g'oyalarni rahbariyatga taqdim etishdan oldin, g‘oya borasida o’zimizga berishimiz lozim bo'lgan 10 ta punktdan iborat "Asosiy savollar" ro'yxati:

1. Mijoz uchun qanday foyda beradi?

2. Mijoz foyda nima ekanini darrov tushunib yetadimi?

3. Xodimlarning majburiyatlari qay tarzda o'zgaradi?

4. Bu g'oya hozirda mavjud bo'lgan tizimlarning ishiga qanday ta’sir ko'rsatadi?

5. Shunga o'xshash tajribalar muvaffaqiyatli o'tkazilganmi? Ular bilan tanishish orqali nimalarni o'rganib olsa bo'ladi?

6. Qanday muammoga duch kelish mumkin?

7. Bu g'oya orqali kompaniyada raqobat ustunligi paydo bo'ladimi?

8. Qancha sarf-xarajat qilinadi?

9. Foyda olishga mo'ljallanganmi?

10. Natijalarni baholashni qachon boshlasak bo'ladi?

Bu filtrdan o‘tgan g‘oya rahbariyat tomonidan iliq qabul qilinadi.

telegram.me/hasanovblog