Get Mystery Box with random crypto!

Hasanov kundaligi 📘

Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘 H
Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘
Kanal manzili: @hasanovblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.26K
Kanalning ta’rifi

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...
👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-09 16:02:52 Nega marketingni tanladim?

To‘g‘rirog‘i marketing meni tanlagan. Chunki marketolog bo‘laman deb umuman orzu qilmaganman.

Boshlang‘ich sinflarda - iqtisodchi bo‘laman;
Bitiruvchi sinf bo‘lganimda - farmatsevt bo‘laman;
Kollej o‘qiyotganimda - Dasturchi bo‘laman;
Institut kirgach - tadbirkor bo‘laman deb niyat qilardim.
Ammo hozir marketing sohasida faoliyat yurityapman.

Bu sohani menga yoqishining 3 ta sababi bor:

1. Marketing qachonki insoniyat yo‘qolib ketsagina keraksiz sohaga aylanadi)
2. Bu sohaning kuchli mutaxassislari dunyoni tubdan o‘zgartira olganlar.
3. Shunchaki bu kasbni o‘zim yaxshi ko‘raman.

Sizchi? Marketing haqida qanday fikrdasiz?

telegram.me/hasanovblog
1.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-02-09 08:07:57 Ilmga* sho‘ng‘ish nafl ibodatlardan afzaldir.

Alloma Muhammad Avvoma o‘gitlaridan.

Ilm* — bu yerda nafaqat diniy balki insoniyat va jamiyat uchun foydali ilmlar ham nazarda tutilgan.

telegram.me/hasanovblog
696 views05:07
Ochish/sharhlash
2021-02-08 13:46:05
Hozirda webclass.uz onlayn maktabida rus tilidan dars olyapman.

Ushbu videoni esa o‘qituvchim, topshiriqlarni vaqtida bajara olmayotganligim sabab menga yubordi.

Vazifa shunday: Ushbu videoni bir necha bor takroran ko‘rish va tushunganlarimni gapirib berish.

O‘quvchining vaziyatini to‘g‘ri baholay oladigan o‘qituvchilarni hurmat qilaman!
Sizga ham manfaati tegadi degan umidda blogimga joyladim.

telegram.me/hasanovblog
723 views10:46
Ochish/sharhlash
2021-02-08 09:51:02 Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

Peter F. Drucker

telegram.me/hasanovblog
693 views06:51
Ochish/sharhlash
2021-02-06 07:19:52 Hurmatli rahbar, ishchilarga yaxshi xodim qanday bo‘lishini so‘zlab bermang, ko‘rsating.

Aziz ota-onalar, yaxshi farzand qanday bo‘lishini gapirib bermang, namuna bo‘ling.

Birodarlar, yaxshi musulmon qanday bo‘lishi to‘g‘risida amru-ma'ruf qilmang, amalda ko‘rsating.

Umuman bugun barcha sohada aql o‘rgatuvchilar yetarli. Bizga namuna bo‘luvchilar kerak.

telegram.me/hasanovblog
1.1K viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2021-02-05 12:51:13 Qanday qilib kuchli marketolog bo‘lish mumkin?

Men kuchli marketolog emasman. Shu sababdan bu boradagi "Zamonaviy marketing otasi" Filip Kotler ro‘yxatini keltirishni lozim topdim.

Bular:
1. Muloqotni yoqtirish
2. Muammolar va raqobatdan qo‘rqmaslik
3. Innovatsiyalarga va ijodga moyillik
4. Maʼlumotlar bazasi bilan ishlay olish
5. Sotuvni avtomatlashtirish
6. Internet-marketing
7. Offis dasturlari bilan ishlay olish
8. Marketing asoslarini bilish
9. Moliya tilini bilish
10. Qo‘shimcha tillar bilish

Bu ro'yxatdagi ilk uchta faktor xarakter, qolgan yettitasi esa instrument hisoblanadi. Siz instrumentlarni o'rganishingiz mumkin ammo o'zingizda marketologga oid xarakterni shakllantirmas ekansiz bu sohada o'sa olmaysiz.

Bu ro'yxat o'zimga as qotyapti shu sababli sizga ham ilindim.

telegram.me/hasanovblog
1.4K views09:51
Ochish/sharhlash
2021-02-04 17:38:40 ​​TO‘R — Tovarlarni o‘tkazishni rag‘batlantirish.

TO‘R reklamadan farqli ravishda mijozlarni aynan hozir xarid qilishga undovchi vositadir. Masalan, xaridorlar uchun kuponlar, maxsus chegirmalar, yutuqlar o‘ynalishi, mukofotlar shular jumlasidan.

Omad Shou, Boriga baraka singari o‘yinlar TO‘R ga yaqqol namuna bo‘la oladi.

TO‘R dan asosan qisqa muddatli sotuvlarda juda ko‘p foydalaniladi. Ammo yirik va mashhur brendlar bunday usulni unchalik afzal deb bilishmaydi. Bunga sabab bunday jalb qilish usuli arzon narxlar yoki mukofotlar izlab yuruvchi doimiy bo‘lmagan, qaysidir bitta savdo markasiga ixlos qo‘ymagan xaridorlarni jalb qiladi.

TO‘R ni endi biznes boshlaganlar ilk bor mijozlarni jalb qilish uchun foydalanishi samarali hisoblanadi.

"Zamonaviy marketing" kitobidan

telegram.me/hasanovblog
1.0K views14:38
Ochish/sharhlash
2021-02-03 18:56:47 Qisqa umrimdan qisqa xulosa:

Nafs va oila tarbiyasida atrof-muhitning taʼsiri katta. Lekin odam o‘zi uchun o‘zi astoydil harakat qilmasa, Makkada ham o‘nglanmaydi.

Ikrom Sharif

telegram.me/hasanovblog
6.3K viewsedited  15:56
Ochish/sharhlash
2021-02-03 07:00:14 #marketing

Marketing bo‘limi kompaniyada "Mijozlar ishlab chiqarish"ga javob beradi.

"Zamonaviy marketing" kitobidan

telegram.me/hasanovblog
1.0K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-02-02 09:17:20 Filip Kotler o‘z kitobida shunday deydi: "Ilk marketolog Iblisdir."

Qur'oni Karimda "Alloh Odamni daraxt mevasini yeyishdan man qildi. Iblis vasvasa qilib: "Ey odam, men senga abadiyat daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulku davlatni ko‘rsataymi?" dedi." (Toha surasi, 120-oyat).

Harom narsalarning nomlarini o‘zgartirish orqali ziynatlab ko‘rsatish Iblisning odatidir.

Insonlar uchun manfaatsiz bo‘lgan narsalarni maqtab, ko‘klarga ko‘tarib sotayotgan sotuvchi, targ‘ib qilayotgan marketolog, ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarni o‘sha Iblisdan hech qanday farqi yo‘q men uchun.

telegram.me/hasanovblog
1.7K viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash