Get Mystery Box with random crypto!

Hasanov kundaligi 📘

Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘 H
Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘
Kanal manzili: @hasanovblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.26K
Kanalning ta’rifi

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...
👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-01-21 20:06:11
Marketing, menejment, tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish borasida institut o‘qituvchilari qanchalik ilm bera olishadi, nima deb o‘ylaysiz?

Mana shu savol bilan oldin sizlarga murojaat qilgan edim. Bu boradagi o‘zimning ham fikrlarimni ushbu videoda qisqacha bildirib o‘tdim.

telegram.me/hasanovblog
846 views17:06
Ochish/sharhlash
2021-01-20 11:19:11 ​​Kitob o'qiydigan odam har doim televizor ko'radigan odamlarni boshqaradi.

Bu qanchalik qo'pol tuyulmasin, lekin haqiqat. Kitob sotib olib, moshina yutish yoki "boriga baraka" deb UYdan umid qilish esa shunchaki xayol.

Fikrlaydigan odamlar esa bu ommaviy o'yin va yolg'onlarga hech qachon uchmaydi.

Unutmang, Kitob sotib olib emas, uni o'qib moshinaga ega bo'lasiz
768 views08:19
Ochish/sharhlash
2021-01-19 09:17:33 Bizga "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fani o‘tilyapti. O‘qituvchimiz aytishi bo‘yicha bu fan o‘quvchilarda tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida qo‘yilgan ekan.

O‘zi umuman marketing, menejment, tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish borasida institut o‘qituvchilari qanchalik ilm bera olishadi, nima deb o‘ylaysiz?

Meni tadbirkorlar, talabalar va boshqa soha vakillari kuzatishadi. Bu to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Kommentariyalarda bu to‘g‘risida o‘z izohingizni qoldiring.

telegram.me/hasanovblog
785 viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2021-01-18 06:31:30 Kimdir qaysidir kitobni o‘qib foyda olgani siz ham o‘sha kitobni o‘qisangiz 100% foyda olasiz degani emas.

Kimdir qaysidir biznesni boshlab muvaffaqiyatga erishgani siz ham o‘shanday biznes boshlab muvaffaqiyatga erishasiz degani emas.

Kimdir institutni tashlab ketib milliarderga aylangan bo‘lsa siz ham institutni tashlab ketib milliarder bo‘lib qolishingizni anglatmaydi.

Yoki bir inson biror soha orqali zo‘r daromad topayotgani bu siz ham o‘sha sohani o‘rgansangiz zo‘r daromad olishingizni bildirmaydi.

Bu dunyoda muvaffaqiyatga erishishning ma'lum qonuniyatlari borki, bu qaysidir kitobni o‘qish, qaysidir institutda tahsil olish yoki sohani o‘rganishdanda ko‘ra chuqurroq sabablarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘plab insonlarda xatolar o‘xshash lekin muvaffaqiyat yo‘li turlicha. Xatolardan ibrat oling, ammo o‘z yo‘lingizdan yuring!

telegram.me/hasanovblog
874 views03:31
Ochish/sharhlash
2021-01-17 13:34:34
Narx raqobatidan qutilish

— Hozirgi kunda narx raqobatidan qutilish qanchalik muhim?
— Brend kuchli bo'lishi, narx raqobatiga ta'sir qiladimi?
— Narx raqobatidan qutilish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Shu kabi savollarga #Praktikum55 yopiq tadbiri orqali javob olishingiz mumkin!

Spiker:
Behzod Esonov "Mountain IT and design" asoschisi va rahbari.

Tadbir kuni: 27- Yanvar (Chorshanba)
Vaqti: 18:30 - 22:00 gacha

Siz joyingizni MFaktor ilovasi orqali yoki @MFaktorBot orqali band qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998998020088
+998997020088
714 views10:34
Ochish/sharhlash
2021-01-16 17:06:38 ​​Tadbirkor uzoqni ko‘ra olishi kerak!

Ikki yilcha oldin Buxoro shahar markazida joylashgan bir supermarket marketologi bilan uchrashgandim. O‘z xizmatlarimni taklif qilish maqsadida (u paytda Mountainda ishlamasdim). Lekin marketolog yigit aksincha o‘zi ham ishdan ketayotganini aytdi. Sababi rahbariyat marketing uchun deyarli pul ajratmay qo‘ygan, bunga sabab esa shaharda ulardan boshqa yirik market yo‘qligi edi. Mana hozir esa Buxoro shahrida uchta "Korzinka", uchta "Makro" supermarketlar tarmog‘i ishlab turibdi.

Yana boshqa, o‘xshash voqea:

Buxoroda karantin davrida yetkazib berish xizmati ishga tushgandi. Boshida "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i, sal o‘tib Buxoro shahridagi oshxonalardan ovqat yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishgandi. Xizmatlaridan bir necha bor foydalanganman. Xizmat ko‘rsatish sifati yaxshi, shahar ichida 6900 so‘mga mahsulotlarni eltib berishardi. Ammo... Ammo "Lebazar" undan keyin esa "Express24" Buxoro bozoriga kirib kelgach bankrotga uchrashdi.

Ikkala tadbirkorlarning xatosi o‘z raqiblarini ko‘zdan qochirgan holda uzoq muddatli marketing strategiya bilan ish boshlamaganliklarida.

Men esa Mountain kompaniyasining marketologi sifatida yuqoridagi ikki holat biz bilan sodir bo‘lmasligini oldini olishim zarur va shuning uchun ham bugun MFaktorda "Marketing strategiyasidagi xatolar" mavzusida bo‘lib o‘tayotgan treningda qatnashdim.

Muvaffaqiyatingiz — qanchalik uzoqni ko‘ra olishingiz bilan bog‘liq!

telegram.me/hasanovblog
775 views14:06
Ochish/sharhlash
2021-01-15 07:51:15 Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q!

2021-yilda o‘qish uchun o‘zimga kitoblar ro‘yxatini tuzib olganman. Yil davomida ro‘yxat boyib borishini hisobga olgan holda, bu yil 40 ga yaqin kitob mutolaasi rejamda bor.

Ko‘pchilik kitob o‘qishga vaqtim yo‘q deb hisoblaydi. Keling, hisob-kitob qilib ko‘ramiz. Bir yilda 365 kun bo‘lsa, siz shundan faqatgina 250 kunida bor yo‘g‘i 10 betdan kitob varaqalasangiz ham yil davomida o‘rtacha 7-8 ta kitobni o‘qib qo‘ygan bo‘lasiz. Buning uchun esa 1 kunda 30 daqiqa vaqt ajratishingiz kifoya.

Birdaniga ko‘p o‘qib o‘zingizni kitobdan bezdirmang. O‘qigingiz kelgan vaqtda 5-10 bet o‘qib qo‘ying. Sekin asta bu mashg‘ulot o‘zingizga ham yoqib qoladi. Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q demang. Bu vaqt sizda bor faqat uni boshqa ishga sarflayapsiz.

Agarda men kuniga 35 betdan o‘qib borsam yillik kitobxonlik maqsadimga bemalol erisha olar ekanman. Maslahatim, kitob o‘qish bo‘yicha rejangiz bo‘lmasa siz ham o‘zingiz uchun bunday ro‘yxatni shu hafta yakuniga qadar albatta tuzing. Istasangiz bu borada sizga men ham yordam beraman.

telegram.me/hasanovblog
7.0K views04:51
Ochish/sharhlash
2021-01-14 09:54:11
Абдукарим ака шогирдлар ва ҳамкасблар даврасида:
32 кунда 43 та китоб ўқидим.
785 views06:54
Ochish/sharhlash
2021-01-13 09:01:17 Boshlandi...

Hozirda institutda bitiruvchi kursman. Bizda bitiruvchi kurslarga yangi o‘quv semestri boshlandi. Yangi o‘quv semestri, yangi o‘qituvchilar ammo eski tizim, eskicha fikrlash.

Institutimizda ba'zi o‘qituvchilar doimgidek o‘zlarining shablon gaplari bilan darslarni boshlab berishdi. "Konspekti yo‘qlar baho ololmaydi", "Kurs loyihasini topshirmaganlar yakuniyga kirmaydi", "Dars qoldirganlar mavzuni bitta-bitta o‘zlashtiradi", ... .

Bu gaplarni aytayotgan o‘qituvchilarning fikrlash chegarasi sessiyagacha, maksimum talaba diplomini olgunicha bo‘lsa kerak. Ammo undan uzog‘ini ko‘ra olmaydi. To‘g‘rirog‘i qolgani qiziq ham emas deb o‘ylayman.

Mamlakatimiz eng kambag‘al 40 davlat qatoriga kiradi. Xalq ko‘plab muammolardan qiynalyapti. Biz bugun taraqqiyotga juda muhtojmiz. Bunda muammolarni hal qiluvchi kadrlar va ularni yetishtirib beruvchi ta'lim muassasalarining o‘rni juda katta. Qachondir bizda ta'lim tizimi ham yaxshilanadi degan umiddaman.

P.S. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin "institutim" muhitiga tushib qolgach moslashib ketishim qiyin bo‘lyapti )

telegram.me/hasanovblog
975 views06:01
Ochish/sharhlash