Get Mystery Box with random crypto!

Kuchli marketologlar iste'mol madaniyatini yaratishadi... Gen | Hasanov kundaligi 📘

Kuchli marketologlar iste'mol madaniyatini yaratishadi...

Genri Fordning shunday so‘zlari bor: "Agar men insonlardan nima xohlashini so‘raganimda ular tezroq yuradigan ot arava so‘rashardi. Men esa ularga avtomobil taqdim etdim".

Marketologlar iste'molchi jamiyat izmida yurishni bas qilishlari va jamiyatda iste'mol madaniyatini rivojlantirish ustida ishlashlari kerak.

Masalan, yirik kompaniyalar o‘zlarining kompyuterlari, uyali telefonlarida mijozlar tomonidan so‘ralmagan hatto ularning kallasiga kelmagan funksiyalarni qo‘shib sotmoqdalar. Yangi texnika bilan tanishish davomida xaridorlar o‘zlariga nima kerakligini yaxshiroq tushuna boshlaydilar.

Bizda narx tushurib raqobat qilish, aksiyalar, bonuslar, chegirmalar orqali sotish ko‘p sohalarda avjiga chiqqan.
Bunday usuldan haddan ortiq ko‘p foydalanishni bozor uchun yomon ta'siri katta:
- Tadbirkorlar kam foyda evaziga ishlab, innovatsiyalarni biznesiga olib kirishi tobora ilojsiz bo‘lib qoladi, bu tufayli mahalliy tadbirkorlar chet ellik tadbirkorlar bilan raqobat qilolmaydi;
- Iste'molchilar ehtiyojga qarab emas bonuslar, chegirmalar bo‘lgandagina xarid qilishga shoshilishadi.

Marketingning asosiy vazifasi iste'molchi uchun qiymat yaratish. Yaratilgan mahsulotni o‘tkazish emas.

telegram.me/hasanovblog