Get Mystery Box with random crypto!

Hasanov kundaligi 📘

Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘 H
Telegram kanalining logotibi hasanovblog — Hasanov kundaligi 📘
Kanal manzili: @hasanovblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.26K
Kanalning ta’rifi

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...
👉https://taplink.cc/hasanov_farrux

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-02 07:48:42 ​​Bizni maqsadlar birlashtiradi!

Bugun Najot Ta'limda multfilm sohasini rivojlantirish uchun grant e'lon qildik. Maqsad bitta, bolalarimiz huda-behuda multfilmlarni emas, onggini zaxarlamaydigan va tarbiya beradigan shu bilan birgalikda, uni qiziqtiradigan multfilmlarni tayyorlash. Ya'ni maqsadimiz aniq, bizni shu maqsad birlashtiradi.

Rejamiz qanday?

Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd so'm atrofida. Buning ichiga 20 nafar yoshlarni 8 oy (!) davomida o'qitish, ular uchun alohida kampus ijaraga olish, kompyuter bilan jihozlash va shu kabi boshqa xarajatlar kiradi. O'qish uchun shunchaki juda kuchli ishtiyoq va qobiliyat bo'lsa bo'ldi, qolgan barchasi bizning hisobimizdan. Dini, millati va vatani uchun yonadigan yoshlar, siz bizga keraksiz!

So'rardimki, ushbu postni boshqalarga ham ulashing, balki biz qidirib yurgan yoshlar sizning yaqiningizdir. Shunga umid qilaman...


Najot Ta'lim HR bo'lim rahbari Ali Zairov (grantlarni saralashga ham ular mas'ul) ushbu grant bo'yicha fikrlarini kanallariga yozib qoldirishibdi. Uni sizlarga quyida keltirib o'taman.

Ushbu grantga quyidagi funksiyalarga ega yoshlar qabul qilinadi):

- to’liq kunini markazda o’tkaza oladigan (biror o’quv yurtida o’qiydiganlar katta ehtimol bilan olinmaydi);
- o’zining shaxsiy fikriga ega bo’lgan, jamiyat hayotini tahlil qila oladigan va kreativligi yuqori bo’lgan;
- ijod qila oladigan;
- qalbida millat va vatanni rivojlantirish dardi bo’lgan;
- iloji boricha hisob kitobga va stereometriyaga yaxshi bo’lgan, kamida qiziqadigan;
- eng muhimi sohaga pul uchun emas, balki shu sohani rivojlantirish maqsadida o’rganishni istagan;
- o’ziga ishongan, hamda bundan oldin hayotida qandaydir natijalarga erishgan;
- o’zining shaxsiy hayotini mustaqil ravishda tartibga sola oladigan, hech bo’lmaganda bunda qarshilikka uchramaydigan yoshlarni grantga topshirishga taklif qilamiz!

Ushbu grantga jamoa “addushi” tayyorlanadi. Yaxshigina filtr qo’yamiz, “chivinni ham o’tkazib yubormaymiz”, Xudo xohlasa)

Qatnashuvchilardan jiddiy yondashishni so’rab qolaman. Barchaga omad!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: http://bit.ly/3aqc9II
1.2K views04:48
Ochish/sharhlash
2021-02-01 07:00:13 Odamlar nimani hech qachon unutmaydi?

Samolyotda oq tanli bir ayol habash erkak bilan yonma-yon o‘tirib qoldi. Bu vaziyatdan u bezovtalandi, behuzur bo‘ldi. Styuardessani chaqirib, o‘ziga boshqa bir joy topib berishni so‘radi. Axir, u qora tanli odamning yonida o‘tira olmasdi-da.

Styuardessa xush muomalalik bilan samolyotning barcha o‘rindiqlari band ekanini, har ehtimolga qarshi, VIP bo‘limida biron bo‘sh joy bo‘lsa, qarab ko‘rishi va bu haqda xabar berishini aytdi.

Yo‘lovchilarning ayrimlari bu voqeani hayrat bilan, ayrimlari esa nafrat bilan kuzatib turishardi. Ularning nigohida shunday ifoda bor edi: "Bu ayol hurmatsizlik qilgani yetmaganday, endi VIP bo‘limida ketadimi?"

Tanasining rangi tufayli kamsitilgan haligi kishi esa indamay o‘tirardi.

Ayol o‘zining VIP bo‘limida ketayotganini tasavvur oynasida jonlantirgancha styuardessani sabrsizlik bilan kuta boshladi.
Bir necha daqiqadan keyin styuardessa qaytib keldi: "Kechikkanim uchun uzr so‘rayman. Nihoyat, VIP bo‘limidan bitta bo‘sh joy topdim. Ammo yo‘lovchilarning joyini o‘zgartirish masalasida uchuvchidan ruxsat olishim kerak edi. Uchuvchimiz "Muammo keltirib chiqaruvchi odamning yonida ketishga hech kim majbur emas", dedi va ruxsat berdi".

Bu gapni eshitgan yo‘lovchilar hayron bo‘lishdi. Bu orada oq tanli ayol mag‘rur ifoda bilan o‘rnidan turib, VIP bo‘limidagi yangi joyga o‘tishga hozirlana boshladi. Ayni shu onda styuardessa jimgina o‘tirgan qora tanli odamga yuzlanib, "Janob, sizni samolyotning VIP bo‘limidagi joyga olib borishimga ruxsat bersangiz, marhamat", dedi. – "Kapitanimiz bunday noxush vaziyat yaratuvchi odamning yonidan o‘tirish majburiyatida qoldirgani uchun butun kompaniyamiz nomidan sizdan uzr so‘radi."
Barcha yo‘lovchilar nima bo‘lganini anglab yetgach, samolyot ekipajini birgalikda olqishlay boshlashdi…

O‘sha yil ayni shu voqea sabab kapitan va styuardessa yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quyidagi fikrlar esa barcha ofislarning ko‘zga ko‘rinarli yeriga yozib qo‘yiladigan bo‘ldi:

"Insonlar ularga nima deganingizni unutishlari mumkin. Insonlar ularga nima qilganingizni ham unutishlari mumkin. Ammo insonlar ularga o‘zlarini qanday his qildirganingizni aslo unutmaydilar."

Turk tilidan Otabek Tillayev tarjimasi

P.S Buyuk kompaniya qurmoqchi bo‘lsangiz insonlar kompaniyangiz tufayli faqat yoqimli narsalarni his qilsinlar.

telegram.me/hasanovblog
936 views04:00
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:25:46 Xonaga bir chiroyli qiz kirib kelgan paytda hamma qizni tomosha qilayotganda qolganlarni tomosha qilgan odam psixolog, kuzatish natijasida kimga nima sotishni bilib olgan odam esa marketologdir.

telegram.me/hasanovblog
820 views12:25
Ochish/sharhlash
2021-01-29 13:13:42 ​​Бизнесдаги муаммоларга ечим бор

Исталган бизнес борки уларда турли муаммолар учраб туради

Булар:
Ходимлар билан боғлиқ муаммолар
Пул оқимини бошқариш
Режалар қилинади, лекин амалда бажарилмайди
Ойлик маош ошириб берилса ҳам ходимлар самадорлиги ўзгармайди
Аниқ хисоб-китоб йўқ
Қарздорлик, мижозларда пул қолиб кетиши
Маркетинг умуман ишламаслиги
Ҳеч қандай система йўқ

Юқоридаги муаммоларга ечим топмоқчи бўлсангиз, биз 19 йиллик тажрибани йиғган ҳолда «Бизнесни бошқариш сирлари» номли бизнес коучингга сизни таклиф этамиз.

Бизнес коучингда қатнашиш учун қуйидаги «Рўйҳатдан ўтиш» тугмасига босинг.
870 views10:13
Ochish/sharhlash
2021-01-28 17:17:03 "Mountain"нинг "MFaktor"даги пуллик тадбири барча учун очиб қўйилди!

27-январь куни "MFaktor"да "Mountain" компанияси лидери Бехзод Эсоновнинг чиқиши бўлиб ўтди.

Тадбирда:
Нарх рақобатидан қутилиш йўллари
Қачон мижозлар қимматроқ тўлашга тайёр бўлиши
Қадоқлаш брендга нега зарур эканлиги
Қадоқлашнинг 8 муҳим омили каби долзарб саволларага жавоб берилди.

MFaktor #Praktikum55 "Нарх рақобатидан қутилиш" тадбири

қисм -


қисм -



Youtube'да ҳам бизни кузатинг
Youtube каналимизга аъзо бўлиш |
839 views14:17
Ochish/sharhlash
2021-01-28 07:25:52 Adashmaslikni emas balki haq bo'lib chiqishni istash.

Tasavvur qiling bir bola misol ishlab o'tiribdi, va daftariga shunday narsani yozdi: 7+6=15
shu payt bizning ichimizda o'z o'zini himoya qilish mehanizmi ishga tushadi va darxol bu narsa xato ekanligini signal beradi, va biz bolakayni to'g'irlashga urinamiz: "Bolakay sen xato qilding, 7+6 15 ga emas 13 ga teng bo'ladi". Bolakay bo'lsa sizga kulib qaraydi va indamay boshqa misollarni ishlashda davom etadi. Siz bo'lsa bolakayni axmoq ekan deb o'ylasiz. Hechnarsani bilmaydigan, maktabda yaxshi o'qimayotgan ikkichiga chiqarasiz. Manashu yerda sizning haq bo'lib chiqish istagi sizning aqlingizdan ustun keldi. Nega deysizmi? Chunki siz bolakayni nima bilan mashg'ul ekanligini surishtirib ham o'tirmay o'zingiz bilgan bilimlardan kelib chiqib uni xato qilyabdi deb aytdingiz. Xaqiqiy aqlli odam avvalambor bolakaydan nega 7+6=15 deb yozding deb so'ragan bo'lardi. Xaqiqiy aqlli odam o'z bilimlarini shubxa ostiga qo'yardi. Chunki, unga haq bo'lib chiqishdan ko'ra adashmaslik muhimroq.

Shunday qilib bolakay yoniga boshqa odam keldida bolakaydan nega 7+6=15 deb yozganini so'radi. Shunda bolakay "Men bu misolni 8 lik sanoq sistemasida ishlayabman" deya javob berdi. U odam esa 8 lik sanoq sistemasini o'qib o'rganishga tushdi...

Xulosa qilib shuni aytardimki, ba'zi narsalar qanchalik aniq va sodda ko'rinmasin, ularni tushunish uchun sizda bilimlar yetishmasligi mumkin. Kimnidir xato qilyabsan, u adashyabdi deyishdan avval u aytayotgan gaplarga dalillar va sabablarni so'rash kerak. Bilimingizga qanchalik ishonchingiz komil bo'lmasin unga oz bo'lsada shubxa bilan qarashdan to'xtamang. Bilimingizga shubxa qilmay qo'ygan kuningizdan boshlab siz uning quliga aylanasiz va u sizni turli be'maniliklarga (masalan, kibrga, o'zini dunyodagi eng aqlli odam bilishga va sizning fikringizga qo'shilmagan odamlarni jazolashgacha) yetaklashi mumkin.
manba

P.S O‘z ilmiga shak-shubha bilan qarash insonni o‘sishga yetaklaydi. Keyingi maqolada shak borasida Imom G‘azzoliyning qarashlarini keltiraman.

telegram.me/hasanovblog
928 viewsedited  04:25
Ochish/sharhlash
2021-01-26 13:27:07
Assalomu alaykum, aziz do'stlar

"MOUNTAIN" kompaniyamiz asoschisi va rahbari — Behzod Esanovning #Praktikum55 tadbiriga taklif qilib qolaman.

Tadbiridan nimalar kutilmoqda:
— Brendingning savdoni oshirishga ta'siri qanday?
— Narx raqobatida brending ustunlik beradimi?
— Qanday qilib narx tushayotgan paytda siz narxni ko'tarib savdoni oshirishingiz mumkin?

Tadbir kuni: 27-yanvar (chorshanba)
Vaqti: 18:30 - 22:00

Siz joyingizni MFaktor ilovasi orqali yoki @MFaktorBot orqali band qilishingiz mumkin.

Yangiliklarni kanalimiz orqali kuzatib boring: @mountain_uz
678 viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2021-01-25 09:06:59 Ko‘pchilik muvaffaqiyatli insonlarni kuzatar ekan, o‘z muvaffaqiyatsizligini jamiyat yoki ota-onani ayblash orqali oqlamoqchi bo‘ladi.

Masalan, o‘qiy olmagani sababini ota-onasi vaqtida taʼlimga investitsiya ajratolmaganligida deb fikrlovchilar mavjud. Yoki ota-onam oddiy odamlar bo‘lgani uchun mendan yaxshi tadbirkor chiqmaydi deb o‘ylaydi. Baʼzilar esa millonerlar faqat meros orqali qoladigan ulkan boylik evaziga muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AQSHda hozirgi millionerlarning faqat 3 foizi ota-onasidan ulkan boylikni meros qilib olgan ekan.

Millionerlarning yarimidan ko‘pi noldan biznes yaratib muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, qolganlari o‘z sohasida eng zo‘r mutaxassis bo‘lib millionlarga ega bo‘lgan.

Demak, barchasi o‘zingning qo‘lingda! Avvalo o‘zing o‘zgarishing shart! O‘zgarmasang, o‘zgarishga harakat qilmasang, o‘z ustingda ishlamasang ayni holating uchun ota-onang aybdor emas. Ular sening biologik shakllanishing uchun keragicha mehnat qilishgan. Shaxs sifatida rivojlanish esa sening zimmangda.

Doimgiday tanlash imkoniyatiga egasan: o‘z muvaffaqiyatsizliging uchun ota-onang yo jamiyatni ayblab yashaysanmi, yoki dunyoni o‘zgartirishni o‘zingdan boshlaysanmi?

Firuz Allayev

telegram.me/hasanovblog
639 views06:06
Ochish/sharhlash
2021-01-22 05:56:46 - Qalaysizlar?
- Topganda shukr, topmaganda sabr qilib yashayapmiz.
- Eh, ajdodlaringiz topmaganda shukr, topganda ehson qilardilar.

Aslanov K.

telegram.me/hasanovblog
773 views02:56
Ochish/sharhlash