Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Mirziyoyev “tonirovka” masalasida qaror imzolaganini | Ilyos Safarov

Prezident Mirziyoyev “tonirovka” masalasida qaror imzolaganini e’lon qildi

“Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan masalalardan ham xabardorman. Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham ko‘plab e’tirozlar to‘planib qolgan.

Shu bois, bugun haydovchilar va yo‘lovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini ko‘taradigan qarorni imzoladim”, dedi davlat rahbari bugungi yig'ilishda.

Unga ko'ra, 1-iyuldan boshlab:

– avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;

– old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

– ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.

10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

P.S: Umuman olganda, qarorning imzolanish vaqti mamlakatdagi hozirgi jarayonlar va xalq kayfiyatidan kelib chiqib juda yaxshi tanlandi.

Shuningdek, bu yetarli bo'lmasa, islohotlar davomi sifatida blokda qolayotgan tarmoqlar ham yaqin orada (avgust oyiga qadar) ochib yuborilishi mumkin. Yanayam kim biladi deysiz, balki "tonirovka"ni o'zi ham yetarli bo'lar. Shukrga o'rgangan xalqmiz.

@haqiqatdaIlyos