Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.89K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 28

2023-02-04 18:24:43 Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun grant dasturlari

Obunachilarimiz koʻpincha “maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun ham dasturlar bormi”, deb soʻraydi.

Ha, koʻp.

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday dasturlar haqida maʼlumot beramiz.

Worldwide Youth Multimedia Competition tanlovida ishtirok etib, AQSHdagi lagerda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiriting!

12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi!

YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Toshkentdagi Amerika markazidan insholar tanlovi!

“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!

Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Imkoniyatlarni boy bermang!

@grantlar
1.8K views15:24
Ochish/sharhlash
2023-01-31 19:16:09
Ilmiy tadqiqot sohasidagi so'ngi yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling!

Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini qayerdan olish
mumkin?

Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar haqida
eshitganmisiz?

Ilmiy maqolalarni ishonchli jurnallarda chop qilishda nimalarga e'tibor berish
kerak?

Ishonchli OAK va Scopus jurnallarini qayerdan topish
mumkin?

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA
2.9K views16:16
Ochish/sharhlash
2023-01-31 11:03:10
#Natija 26

"Path to the US High Schools" dasturi finalistlaridan biri, AQShning TOP maktablaridan biriga qabul qilindi va grant yutdi.

"Path to the US High Schools" dasturi finalistlaridan biri Sardorbek Sarvarov AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan Leman Manhattan Preparoty School maktabiga qabul qilinib, 15 ming dollar miqdorida grantga ham ega bo'ldi.

Sardorbek ushbu maktabning 11-sinfiga qabul qilindi. Leman Manhattan Preparoty School eng yaxshi maktab-internatlar reytingida AQSH bo'yicha 84-o'rinda, Nyu-York bo'yicha 5-o'rinda turadi.

Jamoamiz Sardorbekning kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

@grantlar_namuna
4.2K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2023-01-26 11:49:05 Turkiya burslari grantining stipendiya miqdorlari oshirildi!

Ushbu grantning stipendiya miqdorlari quyidagicha ochiriladi:
Bakalavriat uchun oyiga 1700 lira (avval 1000 lira edi)
Magistratura uchun oyiga 2400 lira (avval 1800 lira edi)
PhD uchun oyiga 3000 ming lira (avval 1800 lira edi)

Eslatma: Turkiya burslari granti Turkiya universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Bu grant uchun bu yilgi qabul 2023-yil 20-fevralgacha davom etadi.

Turkiya burslari granti haqida batafsil

Turkiya burslari grantni boʻyicha mentorlik kursi

@grantlar
3.2K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-01-24 13:56:24 Oʻqishini xorijga grant asosida koʻchirmoqchi boʻlganlar, qayerdasizlar? :)

Nima gap oʻzi?

Yaponiyadagi 1-raqamli, dunyoda nufuzi boʻyicha 23-oʻrinda turuvchi Tokio universiteti xorijlik bakalavriat talabalariga oʻqishni ushbu universitetga grant asosida koʻchirish imkonini taklif etmoqda (Global Science Course dasturi).

Dastur toʻliq ingliz tilida; hujjat topshirish va oʻqish uchun yapon tilini bilish shart emas.

Grant nimalarni oʻz ichiga oladi?

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1300 dollar stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kurslari
– Yordam uchun masʼul shaxs biriktiriladi

Kimlar topshirishi mumkin?

Hozirda oliy ta'lim muassasasida 2, 3 va 4-kursda o'qiyotgan talabalar ariza topshira oladi. Qabul qilinganlar Tokio universitetida oʻqishni 3-kursdan davom ettiradi.

Bundan tashqari, nomzod kimyo fanidan, shuningdek, matematika, fizika va biologiya fanlarining kamida 2 tasi bo’yicha universitetning bakalavr kurslarida boshlang’ich ta’limni olgan bo’lishi kerak.

IELTS 6.5 talab qilinadi.

Qaysi soha boʻyicha oʻqiladi?

Qabul qilingan talabalar kimyo sohasi boʻyicha oʻqiydi va tadqiqot olib boradi. Lekin oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha bakalavriatda oʻqiyotgan boʻlishi shart emas (talablarga mos boʻlsa, sohasi boshqa boʻlsa ham topshirish mumkin).

Qabul qachongacha?

Arizalar 2023-yil, 23-mart, soat 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot bormi?

Bor. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Boshqa universitet va davlatlarga ham oʻqishni grant asosida koʻchirsa boʻladimi?

Koʻp hollarda, ha, boʻladi. Bu haqida BU YERDA batafsil bilib oling.

@grantlar_namuna
22.9K views10:56
Ochish/sharhlash
2023-01-23 19:12:35 Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruga qabul!

Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlarni, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Oʻtgan yili mentorlik kursiga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – bakalavr

Oʻtgan yili mentorlik kursiga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – magistr

Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 2023-yil 31-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
6.7K views16:12
Ochish/sharhlash
2023-01-19 15:01:58
#Natija 25

Turkiya burslari granti g'olibi Abdurahmon bilan tanishing!

O'tgan yilgi mentorlik kursimizga qatnashgan Abdurahmon Turkiya burslari grantini yutib olgan va Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan Anqara universitetining magistratura bosqichida (lingvistika yo'nalishi) o'qishga qabul qilingan.

Bu bilan Abdurahmon butun magistratura davomida bepul ta'lim olish, oylik stipendiya, bepul turar joy va sug'urta, Turkiyaga borish va kelish chiptasi, bir yillik bepul turk tili kursida o'qish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Abdurahmonning kelgusidagi faoliyatida davomida muvaffaqiyat tilaymiz!

Turkiya burslari granti bo'yicha bu yilgi mentorlik kursimizga qabul davom etmoqda. Siz ham mentorlik kursiga qatnashing va Abdurahmon ega bo'lgan imtiyozlar asosida Turkiyada o'qish imkoniyatini qo'lga kiriting.

Mentorlik kursi haqida

Turkiya burslari granti haqida

@grantlar_namuna
2.3K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-01-19 08:44:17
#Natija 24

Turkiya burslari granti g'olibi Umidjon Nuraliyev bilan tanishing!

O'tgan yilgi mentorlik kursimizga qatnashgan Umidjon Nuraliev Turkiya burslari grantini yutib olgan va Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Çukurova Üniversitesiga bakalavriat darajasi Biologiya yoʻnalishida o'qishga qabul qilingan.

Bu bilan Umidjon butun bakalavriat davomida bepul ta'lim olish, oylik stipendiya, bepul turar joy va sug'urta, Turkiyaga borish va kelish chiptasi, bir yillik bepul turk tili kursida o'qish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Umidjonning kelgusidagi faoliyatida davomida muvaffaqiyat tilaymiz!

Turkiya burslari granti bo'yicha bu yilgi mentorlik kursimizga qabul davom etmoqda. Siz ham mentorlik kursiga qatnashing va Umidjon ega bo'lgan imtiyozlar asosida Turkiyada o'qish imkoniyatini qo'lga kiriting.

Mentorlik kursi haqida

Turkiya burslari granti haqida

@grantlar_namuna
3.4K viewsedited  05:44
Ochish/sharhlash
2023-01-18 16:53:50 Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursiga qabul tugashiga 2 kun qoldi!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik dasturini eʼlon qiladi.

Dastur kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Dasturning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturni kim olib boradi?

Dastur Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlarni, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 2023-yil 20-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Dastur, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
8.1K viewsedited  13:53
Ochish/sharhlash
2023-01-18 12:11:42 Stipendium Hungaricum grantiga ariza topshirish boʻyicha qoʻllanma

Stipendium Hungaricum granti uchun qabul 2023-yil 23-yanvargacha uzaytirilgani haqida xabar qilgandik.

Bir qancha obunachilar hujjat topshirishda tushunmovchiliklar kelib chiqayotgani yuzasidan bizga murojaat qilmoqda.

Shu sababli, bu grantga ariza topshirish boʻyicha qoʻllanma tayyorladik (yuqoridagi PDF fayl). Yuklab olib, foydalanishingiz mumkin.

Foydali:

Bakalavriat va magistraturada o'qish uchun shu grantni yutgan oʻzbek talabalarining dasturga topshirgan hujjatlari

Shu grantni doktoranturada o'qish uchun yutgan o'zbek talabaning dasturga topshirgan hujjatlari

@grantlar
2.7K views09:11
Ochish/sharhlash