Get Mystery Box with random crypto!

“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga fayllarni y | Hujjat topshirish jarayonlari

“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga fayllarni yuklamay ariza topshirganlar qayta ariza topshirishi kerak!

Ushbu lagerning ariza shakli bilan texnik xatolik yuzaga kelgani haqida yozgandik.

Xatolik tuzatildi. Xatolik boʻlgan vaqtda kerakli fayllarni, yaʼni Parental Permission va School Transcripts rasmini joylamay ariza topshirgan boʻlsangiz, arizani qayta toʻldirib, shu fayllar rasmini ham joylab, arizangizni qayta topshiring. Lager tashkilotchilarining oʻzi shunday qilish kerakligi aytdi.

Language Certificate rasmi ham soʻralgan. Bu majburiy emas, agar boʻlsa, rasmini joylaysiz, boʻlmasa – joylamaysiz.

MUHIM: Faqatgina soʻralgan fayllar rasmini yuklamasdan ariza topshirganlar qayta ariza topshirishi kerak. Texnik xatolikdan oldin yoki u tuzatilgandan keyin kerakli rasmlarni yuklab ariza topshirgan boʻlsangiz, aslo qaytadan ariza topshirmang!

@grantlar_namuna