Get Mystery Box with random crypto!

Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturla | Hujjat topshirish jarayonlari

Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturlar

Bugun maktab (kollej/litsey) oʻquvchilari qatnashishi mumkin boʻlgan va arizalar qabul qilinayotgan tanlovlar hamda dasturlarning yangilangan roʻyxatini keltiramiz:

1. Immerse Education Blog Competition. 13-18 yoshlilar uchun blogpost (maqolalar) tanlovi. Ishlar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar: Oksford va Kembrij universitetlarining onlayn yozgi kurslariga 100% gacha grant yutish mumkin.

Maqolalar 2022-yil 7-maygacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

2. Ichki Ishlar Vazirligidan 12-17 yoshlilar uchun shiorlar tanlovi. Shiorlarni oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida topshirish mumkin.

Mukofotlar: planshet, elektron kitob oʻquvchi, fitnes bilaguzuk.

Shiorlar 2022-yil 11-may, 24:00 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

3. “Samarkand – USA English Camp – 2022” yozgi lageri. 9-10-sinf maktab oʻquvchilar va 1-kurs kollej/litsey oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

1 oy davomida Samarqandda ingliz tili lagerida mashgʻulotlar boʻladi. Qatnashish bepul, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalandi.

Arizalar 2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

4. Global Peace Photo Award – tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar tanlovi.

Mukofotlar: 10 000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat.

Suratlar 2022-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

5. YHSA(Asia) tanlovi. Maktab, kollej va litsey oʻquvchilar turli fanlardan 1-3 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar: 5000 dollargacha pul mukofoti va sertifikatlar.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

BATAFSIL

6. Ocean Awareness Contest. Bu tanlovda vizual san’at asarlari, sheʼr, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa asarlari va raqs, interaktiv va multimedia ishlari bilan qatnashish mumkin.

Gʻoliblar 1500 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

7. Breakthrough Junior Challenge tanlovi. 13-18 yoshlilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: 400 ming AQSH dollari.

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

8. Goi Peace Foundation inshoar tanlovi. Tanlovda 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov mavzusi: My Values (Mening qadriyatlarim).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (840 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

9. IvyPanda insholar tanlovi. Berilgan mavzular boʻyicha ingliz tilida 500-700 soʻzli insho yoziladi.

Mukofotlar: 1000 dollargacha pul mukofoti.

Insholar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinad.

BATAFSIL

10. Storytelliing Writing Contest. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin. Insho karantindagi hayot haqida boʻlishi, ingliz tilida yozilishi va 1000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Sovrindorlar 100 dollardan 300 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Dedlayn: 2022-yil 31-iyul.

BATAFSIL

11. ClimateScience Olympiad 2022. Bu olimpiadada 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Olimpiada ingliz tilida, iqlim mavzusiga oid savollar asosida boʻlib oʻtadi.

Gʻoliblar 5000 dollargacha pul mukofoti, sertifikatlar, medallar va Misrga sayohat imkoniyati bilan taqdirlanadi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2022-yil 10-avgust.

BATAFSIL

12. Immerse Education Essay Competition. 13-18 yoshlilar uchun ingliz tilida insholar tanlovi.

Mukofotlar: Kembrij, Oksford kabi universitetlarning yozgi maktablarida qatnashish haqida 100% gacha grant yutish mumkin.

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

BATAFSIL

BONUS: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilariga oʻqishini xalqaro maktab/kollejlarda grant asosida davom ettirish imkonini beruvchi dasturlarni BU YERDAN topasiz.

Olgʻa!

@grantlar_namuna