Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.98K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 32

2022-10-27 18:08:28 Live stream finished (1 hour)
15:08
Ochish/sharhlash
2022-10-27 17:01:58 Live stream started
14:01
Ochish/sharhlash
2022-10-27 09:19:04 Dunyoning 7-raqamli universitetida toʻliq grant asosida oʻqiyotgan oʻzbek talaba bilan video chat!

Feruza Muhammadiyeva
– AQSHning Princeton universitetida 1-kurs. Kompyuter fanlari (Computer Science) yoʻnalishida tahsil oladi.

Princeton universiteti nufuzi boʻyicha dunyoda 7-raqamli universitet boʻlib, yillik oilaviy darmodi 100 000 dollardan kam boʻlgan barcha bakalavriat talabalarni toʻliq moliyaviy yordam bilan taʼminlaydi.

@grantlar_namuna jamoasi Feruza bilan video chat oʻtkazadi. Chat davomida Princeton universitetiga hujjat topshirish jarayoni, hujjatlarni qanday tayyorlash, qabul uchun eng muhim jihatlar va boshqa muhim maʼlumotlar haqida bilib olasiz.

Suhbat oxirida savollaringizni shaxsan Feruzaning oʻzidan soʻrab olishingiz mumkin.

Suhbat manzili: @grantlar_namuna telegram kanali
Suhbat vaqti: 2022-yil 27-oktabr, 19:00 (Oʻzbekiston vaqti bilan)

Soʻraydigan savollaringiz boʻlsa, hozirdan shu post ostida “Fikrlar (Comments)” boʻlimiga yozib qoldirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
20.5K views06:19
Ochish/sharhlash
2022-10-24 16:33:41 Magistraturani Gollandiyada oʻqiymizmi?

Aksariyat Gollandiya (Niderlandiya) universitetlarida 2023-2024-oʻquv yil uchun qabul boshlandi yoki boshlanish arafasida. Golland universitetlari magistratura talabalariga koʻplab qisman va toʻliq grantlar taklif qiladi.

Demak, bugun magistratura boʻyicha Gollandiyada taʼlim va grantlar haqida gaplashamiz.

Taʼlim tizimi

Gollandiya taʼlim tizimi dunyodagi eng kuchli va sifatli taʼlim tizimlari 10 taligiga kiradi (2020-yil 8-oʻrin, 2021-yil 10-oʻrin).

2022-yil oktabr oyi holatiga koʻra, Gollandiyadagi jami 55 ta universitetning 13 tasi dunyoning TOP 400 universitetlari roʻyxatidan joy olgan (QS reytinggi boʻyicha).

Gollandiyada Yevropa Ittifoqidan boʻlmagan talabalar uchun 1 yillik kontrakt toʻlovi (magistratura) oʻrtacha 8 ming yevrodan 20 ming yevrogacha.

Grantlar

Quyida baʼzi eng nufuzli golland universitetlari tomonidan magistraturada oʻqish uchun beriladigan toʻliq va qisman grantlar roʻyxatini keltiramiz.

1. Maastricht universiteti: UM Holland-High Potential Scholarship dasturi taklif etiladi. Grant kontrakt summasi, yashash xarajatlari, viza va sugʻurta xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Joy – 24 ta. Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. BATAFSIL

2. Radboud universiteti: Radboud Scholarship dasturi taklif etiladi. Viza, sugʻurta xarajatlari toʻliq qoplanadi, kontrakt summasi uchun deyarli 85% chegirma qilinadi. Joy – 26 ta. Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi. BATAFSIL

3. Twente universiteti: University Twente Scholarship dasturi taklif etiladi. Grant kontrakt summasini toʻliq yoki qisman qoplaydi, shuningdek, ajratilgan mablagʻning bir qismi yashash xarajatlariga ham sarflanishi mumkin. Joy – 50 ta. Arizalar 2023-yil 1-fevral va 2023-yil 1-maygacha qabul qilinadi. BATAFSIL

4. Groningen universiteti: EBF Talent Grant dasturi taklif etiladi. Grant kontrakt summasi, safar, turar joy va yashash, sugʻurta va viza xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. BATAFSIL

5. TU Delf universiteti: The Justus & Louise van Effen Scholarships dasturi taklif etiladi. Grantning yillik summasi 30 ming yevro boʻlib, kontrakt summasi va yashash xarajatlarini qoplaydi. Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. BATAFSIL

6. Leiden universiteti: Leiden University Excellence Scholarship taklif etiladi. Grant kontrakt summasini qisman qoplaydi. Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. BATAFSIL

Yuqorida universitetlarning baʼzilari keltirildi, xolos. Yana koʻplab golland universitetlari magistratura uchun toʻliq va qisman grantlar taklif qiladi.

@grantlar_namuna
9.9K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-10-18 08:37:11 TechGirls dasturi boʻyicha savol-javob guruhi!

Hozirda TechGirls dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 4 hafta taʼlim olish imkonini beradi. Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Biz TechGirs dasturining oʻtgan yilgi gʻolibasi Gulasal Butaeva bilan hamkorlikda savol-javob guruhi ochdik.

Dasturga ariza topshirayotganlar yoki ularning ota-onalari guruhga qoʻshilib, dastur va qabul yuzasidan savollarini soʻrashi mumkin.

GURUHGA QOʻSHILISH

Savol berishdan oldin MANA BU MAQOLANI oʻqib chiqing.

@grantlar_namuna
27.6K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-10-15 16:01:07 Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursiniga 2-qabulni eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 30-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
41.9K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 11:10:16
UWC dasturi g'olibi bilan video chat yozuvi

2022-yil 2-oktabrda UWC dasturi g'olibi Javlonbek Khamzaev bilan video chat qilgandik.

Chatda ariza topshirish va qabul jarayoni, qabul qilinish uchun e'tibor qaratiladigan jihatlar va boshqalar haqida gaplashildi. Shuningdek ishtirokchilar savollariga javob berildi.

Maʼlumot uchun: UWC dasturi maktab, litsey/kollej o'quvchilariga o'qishini dunyoning 4 ta qit'asida joylashgan 18 ta kollejdan birida toʻliq yoki qisman grant asosida davom ettirish imkonini beradi. Bu yilgi qabul 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.

Javlonbek Khamzaev kanali: @javlonbekkhamzaev

@grantlar_namuna
2.4K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:46:18 Oktabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil oktabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin! (dedlayn: 1-oktabr)

Getty Foundation: Olim va tadqiqotchilar uchun AQSHda 9 oygacha rezidensiya dasturi; stipendiya 65 ming dollargacha (dedlayn: 3-oktabr)

Faculty Enrichment Program: OTM oʻqituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 10-oktabr)

Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant! (dedlayn: 12-oktabr)

Ozarbayjon: Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik mavzusidagi xalqaro talabalar forumi! (dedlayn: 12-oktabr)

FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 13-oktabr)

OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi! (dedlayn: 15-oktabr)

Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi! (dedlayn: 15-oktabr)

Estoniyada 5 oygacha tadqiqot uchun 660 yevro stipendiya – yo’l xarajatlari ham qoplanadi! (dedlayn: 15-oktabr)

AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 17-oktabr)

Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 28-oktabr)

Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya! (dedlayn: 28-oktabr)

AQSH: Oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 6 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar! (dedlayn: 31-oktabr)

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalarAQSHda 4 haftalik oʻquv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1020 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

SUSI for Scholars: AQSHda 5-6 haftalik malaka oshirish kursi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi! (dedlayn: 31-oktabr)

Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-oktabr)

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
1.9K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-10-02 17:20:51 Live stream finished (1 hour)
14:20
Ochish/sharhlash
2022-10-02 17:01:00
XALQARO MAQOLALAR TANLOVI

O‘z ilmiy maqolangiz bilan Xalqaro maqolalar tanlovida qatnashing.

Tanlov hay‘ati a‘zolari tomonidan har bir maqola o‘rganib chiqiladi va munosib o‘rin va diplom bilan taqdirlanadi.

TANLOVDA QATNASHING VA QUYIDAGI IMKONYATLARNI BOY BERMANG

Tanlovda yutsangiz sizdagi diplom:
1. Davlat mukofotlari faoliyatiga doir ilmiy ish hisoblanadi.
2. Davlat Stipendiyalariga (Prezident, A.Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom Al-Buxoriy).
3. Chet el grantlarini yutishda.
4. Xorijda tahsil olmoqchi bo'lganlarga muhim hujjat vazifasini bajaradi.

ISSN: 2654-8259
Mamlakat: Indoneziya
Tanlov sayti: journal.imras.org

Indekslanishi: Google Scholar 100%

Murojaat uchun: @imras_uzbekistan

Kanalga a‘zo boling: @imrasuz
2.7K views14:01
Ochish/sharhlash