Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.98K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 31

2022-11-14 10:31:53 Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?

Aksariyat yoshlar xorijda oʻqish davomida albatta ishlashni (part-time) reja qiladi. Xoʻsh, bunda nimalarga eʼtibor qaratish lozim.

Shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

1. Borayotgan davlatingiz tilini oʻrganing (imkon qadar).
Borayotgan davlatingizning tilini bilish – ish topishni siz oʻylagandan koʻra, ancha osonlashtiradi.

Agar davlat tili ingliz tili boʻlmagan mamlakatga ingliz tilida oʻqishga ketayotgan boʻlsangiz, mahalliy tilni ham imkon qadar oʻrganing: Yaponiyaga boʻlsa – yapon, Ispaniyaga boʻlsa – ispan, Germaniyaga boʻlsa – nemis tilini.

Albatta, davlat tilini bilmasdan turib ham amallab ish topish mumkin. Lekin bu oson kechmaydi. Shu sababli, hech boʻlmaganda kundalik suhbatlardagi oddiy soʻzlashuvlarni ham oʻrganib olgan maʼqul.

2. Ishlash ruxsati qanday olinishini oldindan tekshiring. Baʼzi davlatlarda ishlash ruxsati oʻsha davlatga yetib borishingiz bilanoq – aeroportning oʻzida berilishi mumkin (masalan, Yaponiyada shunday). Bunda odatda talabadan “Ishlash niyating bormi?” deb soʻraladi. Ha, desa, ruxsat muhrini urib berishadi. Yoʻq, desa ruxsat muhri urilmaydi.

Albatta, ruxsatni keyinchalik ham olish mumkin. Lekin bu uchun alohida ariza bilan mahalliy organga murojaat qilish va kutish kerak. Shu uchun aeroportning oʻzida ruxsatni olgan ancha oson va tez.

Koʻp davlatlarda aeroportda ishlash ruxsati berilmaydi. Bunday ruxsatni olish uchun masʼul mahalliy organga ariza bilan murojaat qilish kerak.

Ayrim davlatlarda esa talaba boʻlish avtomatik tarzda ishlash uchun ruxsat beradi: hech qanday ariza shart emas (masalan, Ruminiya).

Borishdan oldin ishlash ruxsati olish tartibini bilib olsangiz, oʻzingiz uchun oson kechadi.

3. Universitetning oʻzida ishlashingiz mumkinligini tekshiring. Koʻplab universitetlar oʻz talabalariga ish taklif qiladi. Borishdan oldin universitetingizdan talabalarga moʻljallangan ish bor yoki yoʻqligini soʻrab oling. Boʻlsa, ariza topshirishingiz mumkin.

4. Qonun boʻyicha haftasiga necha soat ishlash mumkinligini aniqlashtiring. Turli davlatlarda talabalarning bir haftada necha soat ishlashi haqidagi qoidalar turlicha boʻlishi mumkin.

Masalan, Avstraliyada talaba oʻqish payti haftasiga 20 soat, taʼtil paytida haftasiga 40 soatgacha ishlashi mumkin.

Yaponiyada esa talaba haftasiga 28 soatgacha ishlashi mumkin.

Imkon qadar shu qoidalarga amal qiling. Lekin koʻpchilik qonunda ruxsat etilganidan koʻproq ishlaydi. Biroq bu qonun buzilishi ekanligi, aniqlansa, oʻzingizga yomon boʻlishini esdan chiqarmang.

5. Vaqtingizni toʻgʻri taqsimlang. Ishlash oʻqishingizga xalal berib qolmasin. Haftasiga 20 soat ishlash oʻqishingizni qiyinlashtirayotgan boʻlsa, kamaytiring. Vaqtni ish va oʻqish uchun yetarli darajada taqsimlang.

6. Oʻqishingiz muhimroqmi va part-time ishingizdan topayotgan pulingizmi – shuni toʻliq aniqlashtirib oling.

Baʼzilar oʻqishga ketib, oʻqish davomida turli ishlarda zo'r berib ishlab (ofitsiant, kuryer, taksi haydovchisi va h.k.) ishlab oyiga 2-3 ming dollargacha topa boshlashi mumkin.

Va pul topishga qiziqib ketib, oʻqishini tashlab qoʻyishi, yaxshi oʻzlashtirmasligi mumkin.

Lekin oʻqishingizni bitirgach, sohangizni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsangiz, shu soha boʻyicha ishlay boshlaganingizdan bir oz vaqt oʻtib oyiga 4-8 ming dollar topa boshlashingiz mumkin.

Bu summa ofitsiant, taksi haydovchisi yoki boshqa boʻlib ishlash orqali topilgan 2-3 ming dollardan koʻp. Va ishingiz ham nisbatan yuqoriroq mavqega ega boʻladi.

Shu sababli oʻqishni bitirib yaxshiroq ishda ishlash va koʻproq pul topish muhimmi yoki aynan hozirning oʻzida nima ish qilib boʻlsa ham (oʻqishni 2-darajaga surib) imkon qadar koʻproq pul topish muhimmi, oʻzingiz uchun aniqlashtirib oling.

7. ENG MUHIMI: Shu postni 10 soat ichida 10 kishiga yuboring va smayliklardan birini bosing. Shunda o'qishda ham, ishda ham baxtingiz ochilib ketadi.

@grantlar_namuna
1.8K viewsedited  07:31
Ochish/sharhlash
2022-11-14 09:01:00
JANUBIY KOREYA davlatida TALABA bo'lish niyatidagi yoshlar uchun GRANTLAR dasturi davom etmoqda!

30%, 50%, 100% GRANTLAR

Sogang University
Youngsan University
Yonsei University
Konkuk University
Semyung University
Xanyan University
Pusan Foreign Studies University

Hech qanday xarajatlarsiz hujjatlarni firma tomonidan tayyorlatishingiz (apostil, tarjima);

Suhbat davomida beriladigan savollarga puxta tayyorlanishingiz;

Firma to'lovini esa natijadan keyin to'lashingiz mumkin!

Dastur: Til kursi, Bakalavr, Magistratura
Yosh chegarasi: 17-32
Akademik talablar: TOPIK 2 / IELTS 5.5
Kontraktlar: 950$-3500$
Shaharlar: Kwandju, Seul, Pusan, Ulsan, Tegu..

Viza ololmasangiz firma to'lovi 100% to'lab beriladi.

Hoziroq qo'ng'iroq qilib, bu imkoniyatdan foydalanib qolishingiz mumkin!

Tel:
+998938228186
+998974248186

Onlayn murojaat:
@N1_Administration
@N2_Administration

SMART KONSULTING
2.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-11-14 08:04:21 Hozirda Erasmus Mundus dasturining bir qancha grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan hamyurtimizdan biri bizga dastur uchun topshirgan hujjatlari toʻplamini taqdim etdi.

Hujjatlar quyidagilardn iborat:

Motivatsiya inshosi va tavsiyanomalar.

Diplom va olingan baholar.

Talabaning CVʼsi.

Yashash joyi haqida maʼlumotnoma (Proof of Place of Residence).

@grantlar_namuna
2.9K viewsedited  05:04
Ochish/sharhlash
2022-11-13 15:32:52 ​​​​ Janubiy Kareyada bepul ta'lim olish imkoniyati 
KDB bankshot  talab etilmaydigan o'qishlar ro'yxati  

Busan University of Foreign Studies 
Chung - Ang University
Pusan National University
University of Seoul
Sogang
Hanyang University
Inha Technical College
Yonsei University
  Ro'yxatdagi keyingi o'qishlar

Talablar: TOPIK 3 / IELTS 5.5

Til sertifikatiga qarab 100% gacha grant beriladi.
Bu Universitetlarga kirishning  afzalliklari:

Viza chiqishi juda yuqori
KDB bankshot va ota ona yillik daromadi  kerak emas.
Bu degani sizning harajatlaringiz ancha arzon va tavakkalsiz bo'ladi.
Koreyadagi Top universitetlar hioblanadi

Shoshiling qabul muddati tugab bormoqda  

TOP 1000 talikga kirgan universitetlar ma'lumotlari.

Firma to'lov öqishga kirgandan so'ng
Oldin NATIJA Keyin TO'LOV

Murojaat uchun:
️ (95)020-97-99   Yozish
(95)020-98-99   Yozish

Janubiy Koreyada Til Kursi, Bakalavr, Magistratura dasturlarini tamomlab kelgan 10 yillik Tajribaga ega  Mutaxasislarimizdan maslahat olish uchun qo'ng'iroq qiling.

Telegram kanal: \
https://t.me/Forever_Study_Consulting
1.9K views12:32
Ochish/sharhlash
2022-11-11 17:01:00 Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 25-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
7.8K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 12:30:28
Hech qanaqa xarajatlarsiz o'qishni istaysizmi? FAQAT TARGET ORQALI VENGRIYADA 100% GRANT!

Siz imkon kelishini kutayotgan vaqtingizda, tengdoshlaringiz o'z VIZALARIGA EGA BO'LISHMOQDA! Aslida imkoniyatlar kelmaydi, siz ularni o'zingiz kashf qilishingiz kerak! XOZIROQ BOSHLANG!

IMKONIYATLAR
:
Oyiga 120 EUROdan stipendiya
Bepul yotoqxona va tibbiy sug'urta
Bepul o'qish (Kanktrakt summasi)
Yevropa bo'ylab sayohat uchun viza

TALAB:
Maktab attestati yoki diplom
IELTS 5.5 (MINIMUM)
Motivatsion insholar

Do'stlaringizga ulashing va birga Vengriyada ta'lim oling!

Bizga aloqaga chiqing!

Ro'yxatdan o'tish

Target consulting:
(71)200-92-99

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | YouTube | Facebook
TikTok | Instagram
3.6K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-11-07 15:37:10 Global UGRAD dasturiga qabul boshlandi!

Global UGRAD dasturi bakalavriat talabalariga 1 semestr davomida AQSHda toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Arizalar 2022-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha toʻliq yoʻriqnoma tayyorlagan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan iborat:

Global UGRAD dasturi, qabul talablari va imkoniyatlari haqida maqola

Global UGRAD dasturi gʻoliblari bilan suhbatlar:
2021-2022-yilgi dastur gʻolibi bilan suhbat
2018-2019-yilgi dastur gʻolibi bilan suhbat

2019-2020-yilgi dastur gʻoliblarining insholari va ulardan insholarni yozish boʻyicha maslahatlar

2021-2022-yilgi dastur gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari toʻliq shaklda

2021-2022-yilgi dasturning deyarli barcha gʻoliblari ishtirokida tahliliy material

Global UGRAD dasturiga topshiriluvchi baholar varag'i qanday tayyorlanadi?

Global UGRAD dasturiga arizani toʻldirish haqida video

Global UGRAD dasturiga necha kishi qabul qilinadi?

@grantlar
1.6K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-11-03 16:01:00
Singapurda o'qish va sayohat qilishni xohlaysiz va sizga buni amalga oshirishda professional yordam kerakmi?

Sizga hamyonbop va yuqori sifatli ta'lim dasturi kerakmi?

Kontrakt toʻlovi: 1950$ (viza chiqib, Singapurga borganda toʻlanadi)
Kontraktni 6 ga bo'lib tolash imkoniyati bor
Kontrakt toʻloviga 300$ chegirma ham bor

Onlayn oʻqish uchun kontrakt to'lovi yo'q
Imtixon toʻlovi 743ming so'm (onlayn ta'lim uchun)

To'liq maʼlumot olish uchun hoziroq murojat qiling:

+998958890580
@SamEmpireinc (oflayn taʼlim)
@Students_coordinator (onlayn ta'lim)

Telegram kanal: @freeonlineeducations
2.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-11-03 13:02:24
Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari Markaziy Osiyo uchun EducationUSA onlayn taʼlim koʻrgazmasini oʻtkazmoqda!

Ushbu koʻrgazmada AQSHning akkreditatsiyadan oʻtgan 50 ta universiteti vakillari bilan onlayn uchrashish imkoniga ega boʻlasiz.

Koʻrgazma davomida jonli vebinarlarda ishtirok etishingiz, qiziqqan universitetlaringiz vakillari bilan suhbatlashishingiz hamda savollaringizni soʻrab olishingiz mumkin.

Koʻrgazma vaqti: 2022-yil 5-noyabr, 14:00 dan 20:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)

Ishtirok uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.

Roʻyxatdan oʻtish
https://educationusafair.easyvirtualfair.com/

@grantlar_namuna
10.5K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2022-10-28 09:28:17
Dunyoning 7-raqamli universitetida toʻliq grant asosida oʻqiyotgan talaba bilan suhbat videosi

2022-yil 27-oktabrda Princeton universitetida (AQSH) tahsil olayotgan oʻzbek talabasi Feruza Muhammadiyeva bilan video chat uyushtirdik.

Yuqoridagi videoda shu chatni koʻrishingiz mumkin.

Chatda Princeton universitetining moliyaviy yordam dasturi, hujjat topshirish jarayoni, qabul qilinish uchun eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar va boshqa muhim masalalar haqida suhbatlashildi.

Maʼlumot uchun: Princeton universiteti yillik oilaviy daromadi 100 ming dollardan kam boʻlgan har qanday bakalavriat talabasi uchun toʻliq grant ajratadi. Bu grant oʻqish va yashash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi. Bu grant haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
21.3K views06:28
Ochish/sharhlash