Get Mystery Box with random crypto!

AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamoml | Grantlar.uz

AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), kamida bakalavriatni bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2024-yil oktabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 197 000 JPY (1300 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar