Get Mystery Box with random crypto!

Grammar Notes

Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes G
Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes
Kanal manzili: @grammarnotes
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.82K
Kanalning ta’rifi

✅ English Grammar
✅ New words, Reading texts
✅ Tests and Tips
✅ Kanalga taklif qiling: https://t.me/ V7Y_lsVMkokqTC_I
✅ Hamkor : @onlineonatili
©️Kanaldagi barcha ma'lumotlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
👨‍💻 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-06-05 11:01:03 Dars #140 Relative clause (Kirish darsi)

Ingliz tilida relative clause deb gapning biror boʻlagini izohlab kelgan gapga aytiladi. Bunday gaplar oʻzlari mustaqil mazmunni ifodalay olmaydi, lekin gapdagi biror boʻlakka aniqlik kiritadi.

Relative clauseda qoʻllaniladigan nisbiy olmoshlar (relative pronoun) asosan quyidagilar:
who, whom - shaxslarga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
which - predmet (narsa)larga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
that - shaxslar va predmetlarni izohlab keladi.
whose - shaxslar va predmetlarga qaratqich kelishigi qoʻshimchasini qoʻshib izohlaydi.
where - oʻrin-joy otlaridan keyin kelib joyni izohlab keladi.

Relative clause qoʻllanilgan bitta gapni tahlil qilamiz.
The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)
Yuqoridagi gapda who lives next door gapi izohlovchi gap hisoblanadi va the man soʻzini izohlab, qaysi kishi nazarda tutilayotganini aniqlashtirib kelmoqda. Ko’pincha izohlovchi gap oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagidan keyin keladi. Yana bir misol:
We know a lot of people who live in the country. (relative clause people soʻzini izohlab, undan keyin kelyapti.)

Gapning egasini izohlab kelgan relative clauselar, agar gapning egasi shaxs boʻlsa, who olmoshi bilan bilan boshlanadi.
We know a lot of people. They live in the country. (ikkita gap...ikkinchi gapda they olmoshi gapning egasi)
We know a lot of people who live in the country. (bitta gap...who olmoshi they olmoshi oʻrnida kelmoqda)

Misollar:
A teetotaller is someone who doesn't drink alcohol.
What was the name of the man who phoned you last night?
Yuqoridagi gaplarda who olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻyish qoʻllasa ham boʻladi.
What was the name of the man that phoned you last night?

Agarda gapning egasi predmet (jonsiz narsa) boʻlsa, relative clause which olmoshi bilan boshlanadi.
Where is the cheese? It was in the fridge. (ikkita gap...ikkinchi gapda it olmoshi gapning egasi)
Where is the cheese which was in the fridge? (bitta gap... which olmoshi it olmoshi oʻrnida kelmoqda)

Misollar:
I don't like stories which have unhappy endings.
Barbara works for a company which makes furniture.
Yuqoridagi gaplarda which olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻysa ham boʻladi.
I don't like stories that have unhappy endings.

Oʻzbek tiliga tarjima qilganda relative clause oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagining aniqlovchisiga aylanadi.
I don't like stories which have unhappy endings. (Men fojea bilan tugaydigan hikoyalarni yoqtirmayman)
The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)

Yuqoridagi misollarda who va which olmoshlari oʻrnida that olmoshi kelishi mumkinligini koʻrib oʻtdik, lekin ba'zi vaziyatlarda faqat who va which olmoshlarini qoʻllashimiz shart boʻladi. Bunday holatlarni keyingi mavzularda koʻrib chiqamiz.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
5.2K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-06-03 10:09:44
Ingliz tilida eng muhim bosqich bo'lgan Elementary darajani egallashni xohlaysizmi?

5-iyundan tajribali ustoz filologiya fanlari magistri Kuryazova Feruza tomonidan yangi onlayn kurs boshlanadi.
Kurs Headway Elementary kitobi bo'yicha o'tiladi va barcha ko'nikmalarni qamrab oladi.
Kurs muddati 3 oy. Elementary darajani yaxshi egallab olsangiz, keyingi bosqichlardan o'tish oson bo'ladi.

Kurs to'lovi oyiga 150 ming so'm. Kurs Telegram platformasida o'tiladi.

Kursdan ro'yxatdan o'tish uchun @feruza_kuryazova ga yozing.
Demo darsni ko'rish uchun bu yerga kiring: https://t.me/+aIOORSfFSv4wNGE6
3.0K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-06-02 11:00:30 Dars #139 So'roq olmoshlarining qo'llanishi

Soʻroq olmoshlari ingliz tilida asosan soʻroq gaplarni hosil qilishda ishlatiladi. Quyida eng koʻp ishlatiladigan soʻroq olmoshlari keltirib oʻtiladi.

what - nima?
who - kim?
which - qaysi?
when - qachon?
where - qayerga/da?
why - nimaga?
how - qanday?
whose - kimning? kimniki?

What do you want?
Who is the least popular man around here?
Which is better exercise—swimming or tennis?
When are you going home?
Where are we going?
Why hasn't he brought the book?
How do you manage to keep the place so tidy?
Whose is this? It’s Mick's.

what soʻroq olmoshi otlardan oldin kelganda qanday deb tarjima qilinadi.
What colour is your car? (Mashinangiz qanday rangda)

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
3.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-01 11:01:28 Dars #138 this/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining qo'llanishi

this + birlikdagi ot va these + koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari bu, mana shu degan ma'noda yonginamizda, yaqinda turgan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi.
This book is mine. (Bu kitob meniki)
These books are mine. (Bu kitoblar meniki)

that+birlikdagi ot va those+ koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari u/anavi degan ma'noda uzoqroqda, yaqinimizda boʻlmagan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllaniladi.
A: That table is nice, isn't it? (Anavi stol yaxshi, shunday emasmi?)
B: But I don't like those chairs. (Lekin menga anavi kursilar yoqmayapti.)

this/that olmoshlari sanalmaydigan otlar bilan ham qoʻllanadi.
The taste of this soup is bad.
That water is very cold.

this olmoshi insonlarni tanishtirishda, that olmoshi insonlarni koʻrsatishda qoʻllaniladi.
James, this is my friend Rita.
That's Andrew over there.

Telefon suhbatida ham this/that olmoshlari qoʻllanishi mumkin.
Hello. This is Laura speaking.
Whoʻs this/that, please?

that/those olmoshlari oldin tilga olingan otlarni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi.
The salary of teachers are higher than that of doctors. (Oʻqituvchilarning maoshi doktorlarnikiga qaraganda balandroq)
The stories written by OʻHenry are as full of life as those written by M.Twain.
Birinchi gapda that of so'zi salary so'zini, ikkinchi gapda those so'zi the stories so'zini qayta takrorlamaslik uchun ishlatilmoqda.

Bu soʻzlar bilan keladigan odatiy iboralar:
that's right/that's it - toʻgri
that will do - toʻg'ri keladi, boʻladi, yetadi
that won't do - toʻg'ri kelmaydi, boʻlmaydi, yetmaydi

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
3.2K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-05-31 19:32:16
Ingliz tilida eng muhim bosqich bo'lgan Elementary darajani egallashni xohlaysizmi?

5-iyundan tajribali ustoz filologiya fanlari magistri Kuryazova Feruza tomonidan yangi onlayn kurs boshlanadi.
Kurs Headway Elementary kitobi bo'yicha o'tiladi va barcha ko'nikmalarni qamrab oladi.
Kurs muddati 3 oy. Elementary darajani yaxshi egallab olsangiz, keyingi bosqichlardan o'tish oson bo'ladi.

Kurs to'lovi oyiga 150 ming so'm. Kurs Telegram platformasida o'tiladi.

Kursdan ro'yxatdan o'tish uchun @feruza_kuryazova ga yozing.
Demo darsni ko'rish uchun bu yerga kiring: https://t.me/+aIOORSfFSv4wNGE6
2.8K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-05-31 11:01:05 Dars #137 one so'zining qo'llanishi

one olmoshi ingliz tilida otlarni oʻzini qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Sanaladigan otlar uchun birlikda one, koʻplikda ones shaklida qoʻllaniladi. O'zbek tiliga mazkur so'z birlikda -si, ko'plikda -lari qo'shimchasi sifatida ishlatiladi.
Don't use that cloth. Use this clean one. (Anavi matoni ishlatma. Mana bu yangisini ishlat)
I don't want to wear my old shoes. I want to wear my new ones. (Men eski oyoq kiyimlarimni kiyishni xohlamayman. Men yangilarini kiyishni xohlayman)
Can I take this book ? No, take that one. (that one=that book)

this/that/these/those/each/another/which olmoshlari yoki orttirma darajadagi sifatdan keyin ones/one soʻzlari tushib qolishi mumkin.
I don't like these sweaters. I prefer those over there. (=those ones)
I tried all these numbers, and each was engaged. (=each one)
The last question is the most difficult. (=the most difficult one)

Ammo one/ones soʻzlarini the/every yoki oddiy darajadagi sifatlardan keyin ishlatilishi shart.
The film wasn't as good as the one we saw last week.
I rang all the numbers but every one was engaged. (every one = har biri)

everyone va every one soʻzlarini farqlay bilish lozim. everyonehamma, barcha degan ma’nolarda faqat insonlar uchun qoʻllaniladi.
Everyone is ready to begin the test.
every onehar biri(si) degan ma’noda narsalar va insonlar uchun ham qoʻllaniladi va of bilan birikmalarda kela oladi.
Jack is invited to a lot of parties and he goes to every one.
I have read every one of these books. (Men bu kitoblarning har birini o'qib chiqqanman)

one olmoshini yolg'iz oʻzini noaniq artikl bilan qoʻllab boʻlmaydi, uning oldida sifat boʻlishi yoki hech qanday soʻz boʻlmasligi lozim.
I have been looking for a coat, but I can't find a nice one.
I have been looking for a coat, but I can't find one.

one olmoshi ega oʻrnida kelib rasmiy uslubda odamlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin. Oʻzbek tilida shaxsi noma'lum gaplar sifatida tarjima qilinadi.
One cannot have 30 eggs for breakfast. (Nonushtaga 30 ta tuxum yeb boʻlmaydi)
One mustn't be late for the lesson. (Darsga kech qolmaslik kerak.)
One shouldn't believe what one reads in the newspapers. (Gazetada oʻqiydigan hamma narsalarga ishonavermaslik kerak)

one+payt so'zinoaniqlikni bildirish uchun oʻtgan yoki kelasi zamonlarda ishlatilishi mumkin.
One day Robin Hood met a poor peasant.
One day I hope to see flying cars.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.7K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-05-30 14:01:42 Dars #136 there/it so'zlarining qo'llanishi

There +to be + ot qurilmasi biror predmet/shaxs borligini, mavjudligini bildirish uchun qoʻllaniladi.
There are some eggs in the fridge.

There + to be +ot qurilmasi a lot of, many, much, more, enough soʻzlari va sonlar bilan qoʻllaniladi.
There were a lot of problems to discuss.
Will there be enough chairs ?
There are thirty days in April.

It olmoshi ingliz tilida predmet/harakat/vaziyat/fikr o’rnida qo’llaniladi.
You have bought a new coat. It's very nice. (it = the coat, predmet)
A: You have to do all the exercises from 1 to 100 in this lesson.
B: It is impossible. (it=doing all the exercises)
I find astrology fascinating. I am really interested in it. ( it=astrology, predmet)

It olmoshi vaqtni/ob-havoni/masofani/miqdorni bildirish uchun gapda nominal ega bo’lib qoʻllaniladi.
It was much warmer yesterday. (ob-havo)
It is half past five already. (vaqt)
It is fifty miles from here to Brington. (masofa)

Biror predmet haqida birinchi marta gapirilganda, uning mavjudligini bildirish uchun there soʻzini qoʻllanadi. Ikkinchi marta tilga olganda predmetni bildirish uchun birlikda it soʻzini qoʻllash kerak.
There was a picture on the wall. It was an abstract painting.

Ba'zan ob-havoni tasvirlashda ham yuqoridagi soʻzlar oʻxshash tarzda qoʻllaniladi. Unda quyidagi qurilma boʻyicha ish koʻramiz.
It + to be + sifat
It was very foggy that night.
There + to be + ot
There was a lot of fog everywhere.

Agar there soʻzidan keyin bir necha ot kelsa, kesim ularning birinchisi bilan moslashadi.
When I opened the fridge, there was a bottle of milk, some eggs and some butter.
When I opened the fridge, there were some eggs, a bottle of milk and some butter.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.7K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-05-30 11:21:35
Ingliz tilida eng muhim bosqich bo'lgan Elementary darajani egallashni xohlaysizmi?

5-iyundan tajribali ustoz filologiya fanlari magistri Kuryazova Feruza tomonidan yangi onlayn kurs boshlanadi.
Kurs Headway Elementary kitobi bo'yicha o'tiladi va barcha ko'nikmalarni qamrab oladi.
Kurs muddati 3 oy. Elementary darajani yaxshi egallab olsangiz, keyingi bosqichlardan o'tish oson bo'ladi.

Kurs to'lovi oyiga 150 ming so'm. Kurs Telegram platformasida o'tiladi.

Kursdan ro'yxatdan o'tish uchun @feruza_kuryazova ga yozing.
Demo darsni ko'rish uchun bu yerga kiring: https://t.me/+aIOORSfFSv4wNGE6
2.6K viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash
2023-05-29 17:55:29 Hurmatli kanal a'zolari!
4 oylik Grammatika va Vocabulary kursi 1-iyundan boshlanadi.
Kurs universal: unda abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik qilayotganlar yoki CEFR va IELTSga tayyorgarlik ko'rishdan oldin o'z grammatikaga oid bilimlarini mustahkamlash hamda lug'at boyligini oshirmoqchi bo'lganlar ham o'qishi mumkin.
Kursda Siz jami 52 ta dars o'tasiz:
Ingliz tili grammatikasini to'liq o'rganasiz (260 dan ortiq mavzu);
Destination B1 va B2 topik lug'atlarini o'zlashtirasiz;
Mavzuga oid testlarni ishlab borasiz (2000 tadan ortiq);
Har bir darsdan keyin berilgan mashqlarga tahlilni eshitib, xatolaringiz ustida ishlaysiz;
Kurs tugagandan keyin 30 talik DTM standarti asosida tuzilgan testlarda o'z bilimingizni sinab, o'tilgan mavzularni mustahkamlaysiz.
Darslarni shaxsan o'zim olib boraman. Ingliz tilidan dars berish bo'yicha 15 yillik tajribaga egaman. Amaldagi IELTS ballim 8 (Listening 8,5; Reading 9;, Writing 7; Speaking 7) . Darslar o'z mualliflik materiallarim asosida tashkil etilgan.
Namuna dars ko'rishni xohlasangiz, bu yerga bosing.
Ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lsangiz: @kh_atajanov

Kurs to'lovi: har oy uchun 150 ming so'm.

Talabgorlar saralab olinadi.
Saralash kanaliga link:
https://t.me/+En-RcAsdfZJiZGQy
2.7K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2023-05-29 14:01:36 Dars #135 another/other so'zlarining qo'llanishi

another soʻzi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllaniladi va quyidagi ma'nolarni anglatadi:
boshqa
Come another day. (Boshqa kuni keling)
yana bir, qoʻshimcha
Give me another example. (Yana bir misol keltiring)
We need another day to complete the work.

one after another birikmasi ketma-ket degan ma’noda qoʻllaniladi.
The bills kept coming one after another.

another - yana degan ma'noda miqdor/masofa/og'irlikni bildiruvchi koʻplikdagi otlar oldidan qoʻllaniladi:
He gave me another fifty dollars. (U menga yana ellik dollar berdi)
We have to walk another six miles to reach the station. (Biz stansiyaga yetib borishimiz uchun yana olti mil yurishimiz kerak.)

other soʻzi koʻplikdagi sanaladigan otlar va sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda boshqa degan ma'noda qoʻllaniladi.
It is interesting to read about other countries. (Boshqa davlatlar haqida oʻqish maroqli)

other sozi otlashib boshqalar degan ma'noni berishi mumkin.
He is very selfish. He doesn't care about others.

other olmoshi some (ba'zi) so'zi bilan qoʻllanilganda qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi.
Some holidays are cheap and other holidays are expensive. (Ba'zi ta'tillar arzon va boshqa ta'tillar esa qimmat)

other olmoshi no/any/one/many so'zlaridan keyin qo'llaniladi.
There is no other work available at the moment.
There is only one other person who could help us.
Are there any other people we should ask?

the other olmoshi narigi/qolgan/ikkinchi degan ma'noda birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar bilan qoʻllaniladi.
This one is mine and the other one is yours. (Bu meniki va narigisi sizniki.)
John went cycling and the other boys went with him. (Jon velosiped haydab ketdi va qolgan bolalar ham u bilan ketishdi)

the other/the others olmoshi narigisi/qolgani/narigilari/qolganlari degan ma'nolarda birlikdagi yoki koʻplikdagi otlarni ifodalashi mumkin.
John went cycling and the others went with him. (qolganlar)
I met two strangers on the way to work. One of them greeted me and the other didn't. (ikkinchisi)

the other day soʻzi bir necha kun oldin degan ma'noda oʻtgan zamonni ifodalaydi.
John came to see me the other day. It was last Friday I think.

other than - biror shaxs/narsadan tashqari (except) degan ma'noda ishlatiladi.
The truth was known to no one other than herself.
He doesn't eat out at all, other than at Burger King.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.9K views11:01
Ochish/sharhlash