Get Mystery Box with random crypto!

Grammar Notes

Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes G
Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes
Kanal manzili: @grammarnotes
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.82K
Kanalning ta’rifi

✅ English Grammar
✅ New words, Reading texts
✅ Tests and Tips
✅ Kanalga taklif qiling: https://t.me/ V7Y_lsVMkokqTC_I
✅ Hamkor : @onlineonatili
©️Kanaldagi barcha ma'lumotlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
👨‍💻 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-28 06:50:03
2.7K views03:50
Ochish/sharhlash
2023-06-27 13:59:59 Hurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili ixlosmandlari!
Bugun Sizlarga ajoyib bir yangilik va taklif e'lon qilmoqchiman.
2023-yil 3-iyuldan boshlab ingliz tili bo'yicha bilimlarini yuqori darajaga (advanced level) ko'tarmoqchi bo'lganlar uchun maxsus kurs ochmoqchiman.
Kurs to'laligicha Destination C1&C2 bo'yicha bo'ladi va taxminan 40 kun davom etadi;
Kurs 2023 yil 3-iyuldan 2023 yil 18-avgustgacha davom etadi.
Kitobda 26 ta unit bor (13 Grammar+13 Lexical Resource);
Haftada besh kun (Dushanba-Juma kunlari) dars bo'ladi (bir kun grammatika, bir kun vocabulary);
Har bir darsdan keyin uy vazifalari beriladi va keyinchalik ular tahlili bilan tushuntiriladi;
Dam olish kunlari (Shanba, Yakshanba) 2-3 ta 30 talik grammatika (vocabulary) testi bo'ladi va keyinchalik ular tahlili bilan tushuntiriladi;
Qiyinroq yoki qo'shimcha grammatika qoidalari bo'yicha qo'shimcha darslar qilinadi;
Kurs talabi: Intermediate va undan yuqori darajadagilar uchun
Kurs formati: online tarzda maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio va Video)
Kurs to'lovi: bir martalik 200 ming so'm.

Darslar Grammar Notes kanali asoschisi Atajanov Hamdambek tomonidan o'tiladi va darslarning sifatiga kafolat beriladi. Kurs oldindan tuzilgan reja-dastur asosida o'tiladi.
Natija esa Siz va Bizning qattiq mehnatimizga bog'liq bo'ladi. Eng asosiysi, bizning darslarda Siz nafaqat mustahkam va ishonchli bilim, o'zingizga kuchli ishonch ham olasiz.

Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop

Murojaat uchun: @kh_atajanov
2.8K views10:59
Ochish/sharhlash
2023-06-27 11:00:00 Dars #161 Gradable and non-gradable adjectives (nisbiy va nisbiy bo'lmagan sifatlar)

Bugungi darsimizda ko'pchilik uchun yangi bo'lgan ma'lumotlarni bo'lishmoqchiman. Kanal a'zolaridan ba'zi sifat va ravishlarning qiyosiy va orttirma darajasi bormi, bor bo'lsa qanday shaklda bo'ladi degan savollar tushadi. Bugungi postimda mazkur savollarga javob bermoqchiman, ya'ni ingliz tilida qiyosiy va orttirma darajasi yasalmaydigan sifat va ravishlar ham borligi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Ingliz tilida darajalanishi mumkin bo'lgan, ya'ni qiyosiy va orttirma darajasi mavjud bo'lgan sifat va ravishlar gradable (difficult, important, happy, tired), darajalana olmaydigan sifat va ravishlar non-gradable (impossible,essential, alive, exhausted, wrong) deb ataladi.

Masalan, biz ingliz tilida 'more impossible' degan iborani ishlata olmaymiz, o'zbek tilida ham 'ilojsizroq' degan sifat g'aliz eshitilsa kerak.
Non-gradable sifat va ravishlarda o'zi biror belgi to'liq mavjud bo'ladi va ularning darajasini berib bo'lmaydi. Yana bir misol alive - tirik so'zi, bu sifatdan qiyosiy daraja hosil qilib, biz 'more alive - tirikroq' deyishimiz xato bo'ladi, chunki jonzot yo o'lik yo tirik bo'lishi mumkin.

Gradable- so'zini nisbiy deb tarjima qilib, gradable adjective birikmasini nisbiy sifatlar deb berishimiz mumkin. Demak, nisbiy sifatlarni qiyosiy va orttirma darajasi mavjud bo'lishidan tashqari, ular oldidan quyidagi daraja-miqdor ravishlarini ishlatilishi mumkin.
a bit, dreadfully, extremely, hugely, immensely, intensely, rather, reasonably, slightly, very
angry, big, busy, clever, common, different, fast, friendly, happy, important, low, popular, quiet, rich, strong, weak, young
She was extremely rich.
It’s hugely popular.
The people there are reasonably friendly.
They're slightly different.

Non-gradable adjectives - y'ani nisbiy bo'lmagan sifatlar darajalana olmaydi va ularning oldidan 'very, extremely' daraja-miqdor ravishlarini ishlatilib bo'lmaydi. Vaholanki, nisbiy bo'lmagan sifatlar oldidan faqat to'liq, butunlay degan ma'nodagi absolutely, completely so'zlarini ishlatilishimiz mumkin.
absolutely, completely, entirely, perfectly, practically, simply, totally, utterly, virtually; almost, exclusively, fully, largely, mainly, nearly, primarily awful, excellent, huge, impossible, superb, terrible, unique, unknown, wrong; domestic, environmental, agricultural

Ko'pgina biror narsaning turini bildirishda ishlatiladigan sifatlar nisbiy bo'lmagan sifatlar hisoblanadi va ularning qiyosiy va orttirma darajalari mavjud emas:
atomic, chemical, digital, domestic, environmental, medical; general, occasional, northern

Ba'zi sifatlar ma'no o'zgarishiga qarab, nisbiy va nisbiy bo'lmagan sifatlarga o'zgarishi mumkin.
Smith is a very common name. (= frequently found; gradable, ko'p uchraydigan degan ma'noda)
We have a lot of common interests. (= shared; non-gradable; umumiy degan ma'noda)
The house is very old. (= existed many years; gradable eski ma'nosida)
I met my old politics professor the other day. (= former; non-gradable; avvalgi degan ma'noda)

Yuqoridagidek ishlatiladigan sifatlarga misollar:
civil, clean, critical, electric (= ‘exciting’ when gradable), empty, false, late, odd, original, particular, straight

Demak darsning oxirida Sizga mavzuni tushunganingizni aniqlash maqsadida savol beraman.
Ingliz tilida 'very impossible' deyish mumkinmi? - Ha, - Yo'q
Fikringizni izohlarda qoldiring!

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-26 11:00:00 Dars #160 Sifat va ravishlarning orttirma darajasi

Sifat va ravishlarning orttirma darajasi ikkitadan ortiq narsa va shaxslar orasida eng koʻp biror bir belgiga ega boʻlganini ajratib koʻrsatish uchun qoʻllaniladi.
Of the three girls Jane is the prettiest. (Uchta qizdan eng chiroylisi - Jeyn.)

Bir boʻg'inli va ba'zi bir ikki boʻg'inli (-y bilan tugaydigan) sifat va ravishlarning orttirma darajasi ularga -est qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi.
quick - quickest
big - biggest
new - newest
happy - happiest

Koʻpchilik ikki va undan ortiq boʻg'inli sifat va ravishlarning orttirma darajasi ular oldiddan most soʻzini keltirish bilan hosil qilinadi.
difficult - most difficult
expensive - most expensive
delicious - most delicious

Orttirma darajadagi sifat va ravishlar oldidan aniq artikl (the) qoʻllaniladi.
the quickest
the biggest
the most expensive
the most delicious

Orttirma daraja quyidagi strukturadagi gaplar bilan qoʻllaniladi.
That was the most delicious meal (that) I've ever eaten. (Present Perfect Simple)
Melanie is the nicest person you could meet.
That was the best performance I've ever seen. (Present Perfect Simple)

by far soʻzi bilan orttirma daraja ishlatiladi.
They are by far the most dangerous creatures on the island.


Orttirma daraja qoʻllanilganda, joy yoki odamlar guruhi ma'nosini beruvchi otlar oldidan in predlogi qoʻllaniladi.
It's the most expensive hotel in Oxford.
Who is the best player in the team?

Agar guruhda ikkita odam yoki predmet bo'lsa, orttirma daraja o'rnida qiyosiy daraja ishlatilgani ma'qul.
I like Lily and Mia, but I think Mia's the nicer of the two.
I'll give you the bigger steak: I am not very hungry.

Payt yoki vaqt ma'nosini beruvchi otlar oldidan of predlogi qoʻllaniladi.
November is the wettest month of the year.
Tell me about the happiest day of your life? (in your life emas)

Orttirma darajada ham the most soʻzi oʻrniga the least soʻzini qoʻyish bilan eng kam xususiyatga ega boʻlgan otni ajratib koʻrsatish mumkin.
A Fiat costs $200 000, a Ferrari costs $400 000 and a Skoda costs $50 000.
A Skoda is the least expensive car in the lot. (eng arzoni)
A Ferrari is the most expensive car in the lot.

Qiyosiy va orttirma darajalarni qoʻllashda ularning qaysi soʻzlar yoki gaplar bilan kelganligini hisobga olish kerak. Masalan odatiy qurilmalar:
This chair is more comfortable than that one. (qiyosiy)
This chair is as comfortable as that one. (oddiy)
This chair is the most comfortable of all. (orttirma)
This is the most boring film I've ever seen. (orttirma)

ever payt ravishi bilan orttirma daraja qoʻllanishini koʻrdik. Ammo never payt ravishi bilan qiyosiy daraja qoʻllanadi.
I have never seen a nicer person than Jill.

Darajani bildiruvchi too/extremely/absolutely/completely/very va shunga oʻxshash juda, oʻta ma’nodagi soʻzlar oddiy darajadagi sifat/ravish bilan ishlatiladi.
He speaks too quickly.
You are absolutely right.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-25 11:00:47 Dars #159 as+sifat/ravish+as qurilmasining ishlatilishi

as soʻzi -dek degan ma'nosida juft holda qoʻllanilib, sifat va ravishlarni qiyoshlash uchun ham qoʻllaniladi. Bunday hollarda sifat va ravishlar oʻzlarining oddiy darajasida qoʻllaniladi.
The chair is as expensive as the table. (Kursi stoldek qimmat.)
A Fiat costs as much as a Citroen. (Fiat Sitroendek narxda)

Inkor gaplarda bu qurilmaning qiyoslash ma'nosi yaqqol koʻrinadi.
Richard isn't as old as he looks. (Richard ko'ringanidek qari emas)
I don't know as many people as you do.
How much did it cost? Fifty pounds? No, not as much as that.
We can't do crosswords as quickly as you do. (Biz krosvordlarni sizdek tez yecholmaymiz ... siz tezroq yechasiz degan ma'noda)

Inkor gaplarda birinchi as oʻrniga so soʻzini qoʻllashimiz ham mumkin.
It's cold, but it isn't so cold as yesterday.

as…as qurilmasining ustunligi - bu sifat (ravish) belgisining qancha barobar (twice/three times...) farq qilishini ham bildira olishidir. Boshqa qurilmalar bunday imkoniyatga ega emas.
A Ferrari costs $400 000. A Fiat costs $200 000.
So a Ferrari costs twice as much as a Fiat. (...ikki barobar qimmat.)
Their house is three times as big as ours. (...uch marta katta.)

Bu qurilmada as … as orasida sifat yoki ravishni oddiy darajasi kelishi va than soʻzi qatnashmasiligini esda saqlash lozim.
Our house is as big than yours. (xato)
Our house is as bigger as yours. (xato)
Our house is as big as yours. (toʻg'ri)

the same +noun+as qurilmasini ham esdan chiqarmaslik lozim. Mazkur qurilma ot bilan ishlatilsa ham, qiyoslash ma'nosini bera oladi.
Tom is the same age as Jill. (= Tom is as old as Jill)
George lives in the same street as Liz.

Quyidagi qurilmaga e'tibor bering:
as +sifat+noaniq artikl +ot+ as
He is not as skilled a worker as I am.

Qiyosiy darajaning yana bir shakli bu sifat va ravishlar oldidagi more soʻz oʻrniga less soʻzini qoʻyib qoʻllashdir. Bunday hollarda less soʻzi biror xususiyat otda kamroq ekanligi koʻrsatiladi. O'zbek tiliga tarjima qilinganda, ingliz tilida ishlatilgan sifat (ravish)ning antonimi bilan tarjima qilinadi.
This chair is less comfortable than that one. (Bu kursi narigisiga qaraganda noqulayroq)
A Ferrari costs $400 000, a Fiat costs $200 000.
So, a Fiat is less expensive than a Ferrari. (arzonroq)

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-24 15:06:59 Dars #158 Juft qiyosiy darajaning qo'llanishi

Ingliz tilida muayyan vaziyatlarda qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar juft qo'lda qo'llaniladi. Bular quyidagilardir:

Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan holatlar uchun juft qiyosiy daraja qoʻllanadi. Bu holatda juft qiyosiy darajadagi sifatlar 'and' bog'lovchisi bilan ishlatiladi.
The city is growing fast. It's getting bigger and bigger. (Shahar tez o'smoqda. U kattaroq va yanada kattaroq bo'lib bormoqda)
The caravan was rolling faster and faster down the hill. (tezroq va yanada tezroq)
Prices go up and up. Everything gets more and more expensive.

Ingliz tilidagi qanchalik…, shunchalik… degan ma'nodagi natija ergash gaplarda ham juft qiyosiy daraja qoʻllaniladi. Bu hollarda qiyosiy darajadagi sifat yoki ravish oldidan aniq artikl the qoʻllanilib, gap boshida keladi.
There is no time to lose. The faster you drive the better. (Vaqtimiz yo'q. Qanchalik tez haydasangiz, shunchalik yaxshi)
What time shall we leave? The sooner the better.
The sooner we leave, the sooner we'll get there.
The more you study, the smarter you will become. (Qanchalik ko'p o'qisang, shunchalik bilimli bo'lasan)

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.9K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash
2023-06-23 11:00:00 Dars #157 Qiyosiy darajaning qo'llanishi

Sifatlarning qiyosiy darajasi ikkita narsa, shaxsdagi belgilarni qiyoslash uchun qoʻllanilib, oʻzidan keyin than - qaraganda soʻzini talab qiladi.
The giraffe is taller than the elephant.
Detective stories are more interesting than algebra.

Ravishlarning qiyosiy darajasi esa harakatning belgisini bildirib keladi, qiyoslanayotgan shaxs yoki predmet mavjud bo'lsa, than soʻzini talab qiladi.
Jim runs faster than Tom.
I was too nervous to go higher than half the tower.

Qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar than soʻzi boʻlmasa ham qoʻllanishi mumkin. Bunday gaplarda sifat va ravishdagi -roq (qiyoshlash) ma'nosi anglashilib turadi.
This jacket is too small. I need a larger size. (...kattaroq oʻlchov)
We can't understand you. Can you speak more clearly? (...aniqroq gapira olasizmi?)

than soʻzi faqat oʻzidan keyin qiyoslanayotgan predmet boʻlsagina qoʻllaniladi.
This jacket is more expensive than that jacket. (... that jacket qiyoslanayotgan narsa)

Quyidagi soʻzlar qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar oldidan kelib, ularning belgisini bildirib keladi. Bunday vaziyatda qiyoslanish darajalari koʻrsatiladi.
much - ancha
(quite) a lot - ancha
far - ancha
a good (great) deal - ancha
(quite) a bit - ozgina
a little - ozgina
slightly - ozgina
considerably - ancha
somewhat - biroz

Qiyoslash uchun misollar:
The Grand Hotel costs $50 a night. A room in The Intercontinental Hotel costs $200 a night. (Grand mehmonxonasida bir kecha tunash 50 dollar, Intercontinental mehmonxonasida bir kecha tunash 200 dollar turadi.)
So, The Grand Hotel is much cheaper than The Intercontenintal Hotel. (Demak, Grand mehmonxona Intercontinental mehmonxonasidan ancha arzonroq.)
So, The Intercontinental Hotel is much more expensive than the Grand Hotel. (Intercontinental mehmonxonasi Grand mehmonxonasidan ancha qimmatroq.)
This bag is a bit heavier than the other one. (Bu sumka narigisiga qaraganda ozgina og'irroq.)
Could you speak a little more slowly? (....ozgina sekinroq gapirolmaysizmi?)

no/any/even/just soʻzlaridan keyin ham qiyosiy darajadagi soʻzlar kelishi mumkin.
Your second throw at the basket was no nearer than your first. (yoki wasn't any nearer than...)
I got up 6 oʻclock. But Jack got up even earlier.

If you want to do some good to your friends just share this post
@grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
3.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-22 17:24:51 Hurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili ixlosmandlari!
Bugun Sizlarga ajoyib bir yangilik va taklif e'lon qilmoqchiman.
2023-yil 3-iyuldan boshlab ingliz tili bo'yicha bilimlarini yuqori darajaga (advanced level) ko'tarmoqchi bo'lganlar uchun maxsus kurs ochmoqchiman.
Kurs to'laligicha Destination C1&C2 bo'yicha bo'ladi va taxminan 40 kun davom etadi;
Kurs 2023 yil 3-iyuldan 2023 yil 18-avgustgacha davom etadi.
Kitobda 26 ta unit bor (13 Grammar+13 Lexical Resource);
Haftada besh kun (Dushanba-Juma kunlari) dars bo'ladi (bir kun grammatika, bir kun vocabulary);
Har bir darsdan keyin uy vazifalari beriladi va keyinchalik ular tahlili bilan tushuntiriladi;
Dam olish kunlari (Shanba, Yakshanba) 2-3 ta 30 talik grammatika (vocabulary) testi bo'ladi va keyinchalik ular tahlili bilan tushuntiriladi;
Qiyinroq yoki qo'shimcha grammatika qoidalari bo'yicha qo'shimcha darslar qilinadi;
Kurs talabi: Intermediate va undan yuqori darajadagilar uchun
Kurs formati: online tarzda maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio va Video)
Kurs to'lovi: bir martalik 200 ming so'm.

Darslar Grammar Notes kanali asoschisi Atajanov Hamdambek tomonidan o'tiladi va darslarning sifatiga kafolat beriladi. Kurs oldindan tuzilgan reja-dastur asosida o'tiladi.
Natija esa Siz va Bizning qattiq mehnatimizga bog'liq bo'ladi. Eng asosiysi, bizning darslarda Siz nafaqat mustahkam va ishonchli bilim, o'zingizga kuchli ishonch ham olasiz.

Kurs haqida fikrlar: https://t.me/grammarnotesshop

Murojaat uchun: @kh_atajanov
3.2K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2023-06-22 11:00:00 Dars #156 Sifat va ravishlarning darajalari

Belgini bildiruvchi soʻz turkumlari (ravish va sifatlar )ning koʻpchiligini darajalab boʻladi, ya'ni u yoki bu xususiyat predmetda koʻproq yoki kamroq ekanligini, bir predmet boshqalar orasida eng koʻp shu xususiyatga ega ekanligini bildirish darajalash deyiladi. Sifat va ravishlarning uchta darajasi mavjud.
Oddiy daraja (Positive form)
Qiyosiy daraja (Comparative form)
Orttirma daraja (Superlative form)

Sifat va ravishning oddiy darajasi bu ularga hech qanday qo'shimcha qo'shilmagan shakli bo'lib, o'zakda ham hech qanday o'zgarish bo'lmaydi.

Sifatning qiyosiy darajasi ikkita shaxs/predmetdagi belgi-xususiyatni qiyoslash uchun qoʻllaniladi.
Nosir is taller than Usmon. (Nosir Usmondan balandroq)

Ravishning qiyosiy darajasi ikkita ish-harakatning belgisini qiyoslashda qoʻllaniladi.
Nosir runs faster than Usmon. (Nosir Usmondan tezroq yuguradi)

Qiyosiy darajaning yasalishi:
i)
Bir boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ularga -er qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. -y harfi bilan tugagan ikki boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ham -er qoʻshimchsini qoʻshish bilan yasaladi va oʻzakda oʻzgarish boʻladi.
hard - harder
high - higher
cheap - cheaper
large - larger
busy - busier
lovely - lovelier
friendly - friendlier
early - earlier

ii)
Koʻpchilik ikki va undan ortiq boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ular oldidan more soʻzini keltirish bilan yasaladi.
expensive - more expensive
easily - more easily
often - more often
nicely - more nicely

iii) Ba'zi sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi -er qoʻshimchasi yoki more soʻzi bilan yasalishi mumkin.
quiet simple common cruel gentle narrow shallow

Misollar:
clever - cleverer yoki more clever
polite - politer yoki more polite

Yuqoridagi holatda faqat bitta qo'shimcha yoki so'zni ishlatishi lozim, ya'ni more quieter deyish noto'g'ri.

Noto'g'ri sifat va ravishlar jadvali
Oddiy daraja - Qiyosiy daraja - Orttirma daraja
good/well - better - the best
bad/badly - worse - the worst
far - farther/further - the farthest/the furthest
many/much - more - the most
old - older/elder - the oldest/the eldest
little - less - the least

further soʻzining uzoqroq degan ma'nosidan tashqari yana, qoʻshimcha degan ma'nosi ham mavjud. Bu ma'noda mazkur so'z news/details/instructions/information/discussion degan soʻzlar bilan qoʻllaniladi.
If there is any further news, let me know. (qo'shimcha yangiliklar)

older/elder soʻzlari yoshdagi farqni bildirib kelishlari mumkin, ammo ularning qoʻllanishida biroz farq bor.
elder soʻzi faqat oila a'zolariga nisbatan ishlatiladi va than soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari bu soʻz faqat ot bilan kelishi lozim.
My elder sister is a teacher.
older soʻzi barcha vaziyatlarda qiyoshlash uchun ishlatiladi va than soʻzi bilan ham qoʻllana oladi.
My older/elder sister got married last year.
Mr Jonhson is a lot older than Bill. (... elder than emas)

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.9K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-06-21 11:01:27 Dars #155 enough va too so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi

enough - yetarli(cha) degan ma'noda qoʻllaniladi va qaysi soʻz turkumi bilan qoʻllanilishiga qarab gapdagi joyi oʻzgaradi.
adjective and adverb+ enough
enough+ noun

Yuqoridagi qurilmadan ham bilsa boʻladiki, enough soʻzi sifat va ravishlardan keyin, otlardan oldin keladi.
I can't run very far. I am not fit enough. (Men juda uzoqqa yugurolmayman. Men yetarlicha sog'lom emasman...sifat+enough)
Let's go. We have waited long enough. (Ketdik. Biz yetarlicha uzoq kutdik...ravish+enough)
I can't run very far. I haven't got enough energy. (Men juda uzoqqa yugurolmayman. Menda yetarlicha kuch yoʻq...enough+ot)

too- juda, o'ta degan ma'noda sifat va ravishlardan oldin kelib, ularning ma'nosini kuchaytiradi.
You never stop working. You work too hard. (Siz hech qachon ishlashni toʻxtatmaysiz. Siz juda qattiq ishlaysiz...too+ravish)
I can't understand him. He speaks too quickly. (Men uni tushuna olmayman. U juda tez gapiradi...too+ravish)

too+sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasiga e'tibor bering.
It is too urgent a matter to postpone. (Bu kechiktirish uchun juda muhim masal - kechiktirib bo'lmaydi degan m'anoda)

Qiyoshlash uchun:
He speaks very quickly. (...juda tez gapiradi, lekin tushunsa boʻladi)
He speaks too quickly. (...juda tez gapiradi, tushunib boʻlmaydi.)

too many/too much iboralari otlar oldidan juda koʻp degan ma'noni bildirib keladi.
There is too much furniture in this room. There isn't enough space. (juda ko'p mebel, too much+sanalmaydigan ot)
There were too many people and not enough chairs. (juda ko'p odam, too many+sanaladigan ko'plikdagi ot)

too va not...enough soʻzlarini gaplarda qiyoslaymiz. Ular odatda bir-biriga antonim ma'no beradi.
You never stop working. You work too hard. (yetarlidan ortiq qattiq ishlaysiz.)
You are lazy. You don't work hard enough. (yetarlicha qattiq ishlamaysiz)

enough soʻzi yolg'iz oʻzi oldin tilga olingan otni takrorlamaslik uchun ham qoʻllaniladi.
We don't need any more money. We have got enough. (=enough money)

Quyidagi qurilmalarga e'tibor bering:
enough/too...for somebody/something
We haven't got enough money for a holiday. (ta'til uchun)
Is Joe experienced enough for the job?
This shirt is too big for me. I need a smaller size.
enough/too...to do something
We haven't got enough money to go on holiday. (ta'tilga ketish uchun)
Is Joe experienced enough to do the job?
They are too young to get married.
They are not old enough to get married.

Quyidagi misollarda too va enough soʻzlarining infinitiv bilan qoʻllanishiga e'tibor bering.
These boxes are too heavy to carry. (...to carry them emas)
This chair is not strong enough to stand on. (to stand on it emas)

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
3.0K views08:01
Ochish/sharhlash