Get Mystery Box with random crypto!

Dars #138 this/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining | Grammar Notes

Dars #138 this/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining qo'llanishi

this + birlikdagi ot va these + koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari bu, mana shu degan ma'noda yonginamizda, yaqinda turgan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi.
This book is mine. (Bu kitob meniki)
These books are mine. (Bu kitoblar meniki)

that+birlikdagi ot va those+ koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari u/anavi degan ma'noda uzoqroqda, yaqinimizda boʻlmagan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllaniladi.
A: That table is nice, isn't it? (Anavi stol yaxshi, shunday emasmi?)
B: But I don't like those chairs. (Lekin menga anavi kursilar yoqmayapti.)

this/that olmoshlari sanalmaydigan otlar bilan ham qoʻllanadi.
The taste of this soup is bad.
That water is very cold.

this olmoshi insonlarni tanishtirishda, that olmoshi insonlarni koʻrsatishda qoʻllaniladi.
James, this is my friend Rita.
That's Andrew over there.

Telefon suhbatida ham this/that olmoshlari qoʻllanishi mumkin.
Hello. This is Laura speaking.
Whoʻs this/that, please?

that/those olmoshlari oldin tilga olingan otlarni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi.
The salary of teachers are higher than that of doctors. (Oʻqituvchilarning maoshi doktorlarnikiga qaraganda balandroq)
The stories written by OʻHenry are as full of life as those written by M.Twain.
Birinchi gapda that of so'zi salary so'zini, ikkinchi gapda those so'zi the stories so'zini qayta takrorlamaslik uchun ishlatilmoqda.

Bu soʻzlar bilan keladigan odatiy iboralar:
that's right/that's it - toʻgri
that will do - toʻg'ri keladi, boʻladi, yetadi
that won't do - toʻg'ri kelmaydi, boʻlmaydi, yetmaydi

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2023 #newlessons
Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA