Get Mystery Box with random crypto!

Grammar Notes

Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes G
Telegram kanalining logotibi grammarnotes — Grammar Notes
Kanal manzili: @grammarnotes
Toifalar: Taʼlim , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.82K
Kanalning ta’rifi

✅ English Grammar
✅ New words, Reading texts
✅ Tests and Tips
✅ Kanalga taklif qiling: https://t.me/ V7Y_lsVMkokqTC_I
✅ Hamkor : @onlineonatili
©️Kanaldagi barcha ma'lumotlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
👨‍💻 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2021-02-12 18:00:35
The correct answer is D (is said).
Mazkur testda majhul nisbat qurilmasi orqali ma'lumot berish qoidasi qo'llaniladi. Ushbu holatda ikki xil qurilma bo'lishi mumkin:
It is said to + infinitive
something is said to +infinitive
(bizning holatdagi most fast food something o'rnida kelgan)
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.6K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:00:35 Reading to broaden your outlook
#Robin

Kanalda Sizning dunyoqarashingizni kengaytiradigan ingliz tilidagi maqolalarni berib boryapman, bu maqolalarni turli manbalardan saralab olganman va matn ichida o'rganish kerak bo'lgan so'z va iboralarni belgilab bormoqdaman.

Bugun mashhur yozuvchi, liderlik bo'yicha mutaxassis Robin Sharmaning "Who will cry when you die?' asaridan parcha o'qiymiz. Bu asar hayotda o'z o'rnini topolmay yurgan va hayot mazmuni nimadan iborat ekanligini bilishni xohlaydigan shaxslarga bag'ishlanadi.
Kitobni parchalarga bo'lib kanalda berib boraman, mazkur kitob mualliflik huquqiga ega, shuning uchun undan faqat shaxsiy va ta'lim maqsadlarda foydalanasiz degan umiddaman.

Kerakli bo'lgan so'zlar va birikmalarni alohida belgilab qo'yganman.

Demak, kitobning oltmish uchinchi '63. Have a living funeral' parchasini o'qish uchun quyidagi havolani bosing https://teletype.in/@kh_atajanov/funeral
2.7K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:00:29 Dars #110 Aniq artiklning atoqli otlar bilan qo'llanishi (I qism)

Atoqli otlar (joy, tashkilot, davlat nomlari) oldidan artikl qoʻllanishi yoki qoʻllanilmasligi masalasi juda murakkab boʻlib, oʻrganishda sabr va qunt talab qiladi. Albatta, bu yerda geografiya fanini bilish ham muhim ahamiyatga ega, chunki atoqli otlarning qaysi guruhga (daryo, kanal, ko'l va hakozo) mansub ekanlginini bilish lozim. Quyida aniq artikl bilan qoʻllanadigan atoqli otlarning bir guruhi berilgan.

Tashkilotlar: The United Nations, The BBC (lekin NATO)
Kema nomlari: The Titanic, The Mary Jane, The Endeavor, The Queen Elizabeth
Davlat organlari va idoralari: the police, the government, the army
Tarixiy hujjatlar: The Magne Carta, The Constitution
Tarixiy voqealar : The French Revolution, The American Revolution
Ba’zi san’at asarlari nomlari: The Odyssey, the Mona Lisa
Rasmiy unvonlar : The President, the King, the Queen, the Prime Minister
Siyosiy partiyalar: The Labour Party, The Republican Party
Gazeta nomlari (agar ularning nomlari ingliz tilida yozilgan boʻlsa): The Economist, The Times, The Moscow Times, The Sun, The Daily Mirror, The Washington Post, The New York Times

Gazeta nomlari boshqa tilda berilsa, artikl qoʻllanilmaydi: Le Monde (fransuz gazetasi), Der Spiegel (nemis gazetasi), Darakchi (oʻzbek gazetasi)
Oila nomlari: The Browns, the Wilsons, the Usmanovs
Okean, dengiz, daryo, kanal va ko'llar guruhlari nomlari: The Pacific Ocean, The Indian Ocean, The Black Sea, The Dead Sea, The Mediterranean (Sea), The Thames, The Amudaryo, The Panama Canal, The Suez Canal, The Great Lakes
Choʻllar nomlari: The Sahara (Desert), The Gobi
Gulf (koʻrfaz); strait (boʻg'ozlar) nomlari : The Persian Gulf, The Bering Straits, The Bosphorus
Tog' tizmalari va orollar guruhi nomlari : The Swiss Alps, The Rocky Mountains, The Pamirs, The Himalays, The Azors, The Bahamas, The British Isles

Lekin birlikdagi orollar va tog'lar (choʻqqilar) oldidan artikl qoʻllanilmaydi: Ben Nevis, (Mount) Everest, Corsica, Malta
Bay (qo'ltiq) nomlari bilan ham artikl qo'llanilmaydi: Cape Cod Bay, Hudson Bay, San Francisco Bay (Lekin The Bay of Naples)

kingdom/union/united/republic/federation soʻzlari qatnashgan davlatlar nomlari oldidan : The United Kingdom, The United States, The Republic of China, The Russian Federation, The Republic of Uzbekistan
Ba'zi davlat va shahar nomlari oldidan (istisno sifatida) : The Ukraine, The Crimea, The Congo, The Netherlands, The Caucasus, The Sudan, The Yemen,The Lebanon, The Transvaal, The Hague, The Vatican, The Bronx
Argentina oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. The Argentine Republic mazkur davlatning rasmiy nomi hisoblanadi.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2021 #newlessons
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.7K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 08:00:51 Idioms of the day

Bugungi postda biz uxlamoq, mizg'ib olmoq yoki o'xshash ma'nolarini beradigan ajoyib ingliz iboralarni o'rganamiz.

to catch some Z's - to sleep (uxlamoq, uxlashga yotmoq)
You look tired. Yeah, I am going home to catch some Z's.

not sleep a wink - to not sleep at all (mijja qoqmaslik)
Last night I didn’t sleep a wink.

to go out like a light - to fall asleep quickly (qotib qolmoq, tez uxlab qolmoq)
Why didn't somebody come and tell me? —Because you were out like a light.
She returned to bed and went out like a light

to drop/nod offto (briefly and unintentionally) fall asleep (beixtiyor uxlab qolmoq)
After our busy day, we both sat and nodded off in front of the TV

to have forty winks - to have a short sleep during the day (kun davomida mizg'ib olmoq)
He usually has forty winks going home on the train.

Mazkur iboralarni IELTS Speaking Sectionda qo'llashni tavsiya etamiz.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #idiom
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-02 08:00:55 Idioms of the day

Bugungi postda biz 'have' fe'li bilan keladigan iboralarni o'rganamiz.

to have mixed feelings - to feel both positive and negative about someone or something (ikkilanmoq)
Sarah had mixed feelings about meeting her ex-boyfriend again.
My friend had mixed feelings about giving up his job.

to have a sweet tooth - to enjoy eating sweet food (shirinlikka o'ch bo'lmoq)
I have a sweet tooth, so I will definitely have dessert.
Mary eats candy all the time. She must have a sweet tooth.

to have a weakness for something - to have passion for something (juda yoqtirmoq)
My son has a weakness for chocolate.
My little brother has a weakness for ice-cream.

to have an eye for something - the ability to do something well (yaxshi tushunmoq)
She has an eye for colour.
He has an eye for antique furniture.

Mazkur iboralarni IELTS Speaking Sectionda qo'llashni tavsiya etamiz.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #idiom
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
563 views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-02 06:01:00 A Business Plan - Transcript
1.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-02-02 06:00:24 ESL Podcast series - Podcast 196
A Business Plan

ESL podcast is the best proven way to improve your Listening skills. Transcript is in the pdf file below.

Don't forget to listen to this podcast every day and to share it with your friends.

Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
1.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 18:00:29
The correct answer is D (pesticides).
Mazkur testda javob sifatida pesticides - zaharli kimyoviy moddalar olinadi, chunki mazkur moddalar qishloq xo'jaligida ishlatilishi atrof-muhitga zarar yetkazadi.
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
2.0K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:00:29 Reading to broaden your outlook
#Robin

Kanalda Sizning dunyoqarashingizni kengaytiradigan ingliz tilidagi maqolalarni berib boryapman, bu maqolalarni turli manbalardan saralab olganman va matn ichida o'rganish kerak bo'lgan so'z va iboralarni belgilab bormoqdaman.

Bugun mashhur yozuvchi, liderlik bo'yicha mutaxassis Robin Sharmaning "Who will cry when you die?' asaridan parcha o'qiymiz. Bu asar hayotda o'z o'rnini topolmay yurgan va hayot mazmuni nimadan iborat ekanligini bilishni xohlaydigan shaxslarga bag'ishlanadi.
Kitobni parchalarga bo'lib kanalda berib boraman, mazkur kitob mualliflik huquqiga ega, shuning uchun undan faqat shaxsiy va ta'lim maqsadlarda foydalanasiz degan umiddaman.

Kerakli bo'lgan so'zlar va birikmalarni alohida belgilab qo'yganman.

Demak, kitobning ellik to'rtinchi '54. Get a coach' parchasini o'qish uchun quyidagi havolani bosing https://teletype.in/@kh_atajanov/coach
2.3K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:00:16 Dars #101 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns)

Ingliz tilida a/an/some/any/much/many/a few/a little va boshqa soʻzlarni toʻg'ri qoʻllay olish uchun otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligini bilishimiz lozim boʻladi.

Sanaladigan (countable) otlar umumiy qoidaga binoan birlik va koʻplik shakllarida kela oladi.
a box - two boxes an apple - some apples

Umumiy ma'nodagi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan noaniq artikli (a/an) qoʻllanilishi lozim.
A dog is an animal. (It - hayvon.)
My friend works as a driver. (Do'stim haydovchi sifatida ishlaydi)
Sanaladigan otlar lug'atda [C] (Countable) belgisi bilan ajratiladi.

Sanalmaydigan (uncountable) otlar umumiy qoidaga binoan faqat birlik shaklida qoʻllaniladi. Koʻplik qoʻshimchasini olmaydi.
bread, blood, gold
Sanalmaydigan otlar umumiy ma'noda kelsa, ular oldidan hech qanday artikl va aniqlovchi soʻz qoʻyilmaydi.
Blood is red. (Qon qizil rangda)
This ring is made of gold. (Bu uzuk oltindan yasalgan)
Sanalmaydigan otlar lug'atda [U] (Uncountable) belgisi bilan ajratiladi.

Ba'zibir otlar gapdagi ma'nolariga koʻra sanaladigan yoki sanalmaydigan boʻlib kelishi mumkin.
a paper C - gazeta, hujjat, maqola
I am reading a paper. (Men gazeta o'qiyapman)
paper U - qog'oz
I need some writing paper. (Menga biroz yozish qog'ozi kerak)
a glass C - stakan
I broke a glass this morning.
glass U - shisha
Glass is made from sand.
a hair C - soch tolasi
There is a hair in my soup!
hair U - soch (boshdagi)
She has got black hair.
a stone C - tosh (bir dona)
I picked up a stone and threw at the birds.
stone U - tosh (qurilish materiali)
We used stone to build up walls.
an experience C - voqea, hodisa
It was a terrifying experience.
experience U - tajriba
He gained little experience in that job.
a workC - asar
The works of A.Navoiy are worth reading.
work U - ish
I have got some work to do.

Bu izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin agar yaxshi lug'at qoʻl ostimizda boʻlsa, lug'atdan foydalanib yuqoridagidek otlarning sanaladigan va sanalmaydigan ma'nolarda ishlatilishini oson bilib olish mumkin.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2021 #newlessons
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
4.8K views11:00
Ochish/sharhlash